1. Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari. Bino va inshootlarning qurilish qismini montajga qabul qilish



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə2/5
tarix28.07.2022
ölçüsü100,26 Kb.
#62919
1   2   3   4   5
Montaj ishlariga tayyorgarlik va tashkil qilish

montajga qabul qilish
Bino va inshootlarni montaj qilishga kirishishdan oldin temir beton konstruksiyalar, ish maydonchalari, jihozlar poydyevori, truboprovodlar kanallari, pol qoplamalari, devorlar himoyasi tayyor bo‘lishi lozim.
Qurilish tashkiloti bosh o‘qlar va balandlik belgilarini belgilab chiqishi lozim.
Qabul qilishda dinamik mashinalar poydevorlari mufassal tekshirilishi kerak. Fundamentda asosiy va yordamchi o‘qlar, balandlik belgilari bo‘lishi lozim.
Poydevorda yoriq va o‘yiqlar bo‘lmasligi, poydevor boltlari rezьbalari bo‘lishi lozim. Beton sifati, quduqchalar tozaligi, poydyevor o‘lchamlari tekshiriladi.
Qo‘shni poydevorlar bosh o‘qlarining parallellikdan og‘ishi 5 mm. dan oshmasligi lozim.
Poydevorning montajga tayyorligi haqida akt tuziladi va unga poydevor anker boltlarining asosiy va bog‘lovchi o‘lchamlari, byeton sifati haqidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
Binoni qabul qilishda devor, to‘siq va pollardagi truboprovodlar va metallokonstruksiyalar uchun qo‘yilgan teshiklar holatining to‘g‘riligiga ishonch hosil q ilish lozim.
Ob’yektning tayyorlik akti qurilish va montaj tashkilotlari tomonidan buyurtmachi vakili ishtirokida tuziladi.
3. Ob’yektning ishlab chiqarish texnologik jihozlanganligi
Ob’yektning ishlab chiqarish texnologik jihozlanganligi dyeganda uning jihozlari, asosiy va yordamchi materiallar, montaj mexanizmlari, moslama va instrumentlari bilan ta’minlanganligi tushuniladi. Shu maqsadda tashkil qilingan guruh ob’yektni zavod ishlab chiqarish jihozlari, nostandart jihozlar, metalloprokat, truba, nazorat- o‘lchov asboblari, yordamchi materiallar bilan ta’minlashni tashkil qiladi.
Birinchi navbatda kran, elektrotal kabi yuk ko‘tarish vositalari bilan ta’minlanadi.
Texnologik jihozlar, nazorat- o‘lchov asboblari, boshqarish asboblari dastlab omborlarga qabul qilinadi va montaj jarayonida montaj tashkiloti buyurtmasiga muvofiq montaj ishlari ketma-ketligi va muddatida berib boriladi. Buyurtmachi jihozni montajga berishdan oldin uning barcha qismlari to‘liqligi, hujjatlarining mavjudligi, jihoz holati, shikastlangan, singan va boshqa nuqsonlar mavjudligini tekshirishi lozim. Kamchiliklar haqida tayyorlovchi- zavodga reklamasiya yuboriladi.
Jihoz montajga qabul qilinayotganda quyidagilar tekshiriladi:
- jihozning loyiha chizmalariga mosligi;
- zavod spesifikasiya qismlarning to‘liqligi;
- sinish, shikastlanish yoki boshqa nuqsonlarining yo‘qligi;
- tayyorlovchi- zavod tomonidan yetkazilishi lozim bo‘lgan maxsus moslama va instrumentlar mavjudligi;
Jihozni montajga qabul qilish buyurtmachi va montaj tashkiloti hamkorligidagi akt bilan rasmiylashtiriladi va buyurtmachi jihoz bilan birgalikda montaj tashkiloti zavod texnik hujjatlarini ham tekshirishi lozim.



Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin