1. Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari. Bino va inshootlarning qurilish qismini montajga qabul qilish


Jihoz va rostlash armaturlarini montaj oldi tekshiruvdan o‘tkazish



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə3/5
tarix28.07.2022
ölçüsü100,26 Kb.
#62919
1   2   3   4   5
Montaj ishlariga tayyorgarlik va tashkil qilish

4. Jihoz va rostlash armaturlarini montaj oldi tekshiruvdan o‘tkazish
Jihozlar omborlarda uzoq vaqt saqlanganda barcha detal va yig‘ma birliklar jihozning texnik hujjatida ko‘rsatilgan muddatlarda yoki yiliga kamida bir marta ko‘zdan kechirilib reviziya qilinishi lozim.
Mashina yoki apparat ishlab chiqarilganidan so‘ng kamida 9 oy omborda saqlangan va reviziyadan keyin 6 oydan so‘ng montaj qilinishi mo‘ljallangan bo‘lsa, montaj oldi reviziya qilinadi.
Agar jihozning kafolatli saqlanish muddati 9 oydan kam bo‘lsa, uning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda montaj oldi ryeviziya qilinadi.
Montaj oldi reviziya buyurtmachi yoki montaj tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Dastlab ish joyi tayyorlanadi, yuviladi va tozalab artiladi.
Har bir detal ajratilib tozalab yuviladi, artiladi. Boltli birikmalarni ochishda bolg‘a va zubila ishlatish tavsiya etilmaydi. Bir nechta gaykali birikmlarda, dastlab barchasi bir tekis bo‘shatiladi, so‘ngra navbat bilan ochib olinadi.Ochilgan detallar yig‘ishga qulay qilib teriladi.
Ishlov berilgan detallar sirtlarida tirnalishlar, yoriqlar, shpilka, gayka rezьbalarida shikastlanish, iflosliklar bo‘lmasligiga e’tibor beriladi. Prokladka va salniklar, podshipnik moylari ko‘zdan kechiriladi.
Montaj oldi reviziyasida aniqlangan kichik nuqsonlar bartaraf qilinadi.
5. Montaj maydonchasi va ustaxonalarini tashkil qilish
Ishlab chiqarish va maishiy binolarni, vaqtincha saqlash va jihozlar, truboprovod detallari, metallokonstruksiya elementlarini yig‘ish maydonchalari ishlab chiqarish ishlari loyihasi asosida tashkil qilinadi. Montaj ishlari boshlanguncha odamlarning o‘tishi uchun xavfli zonalar aniqlanib, maxsus ogohlantiruvchi yozuvlar osilib, ajratiladi.
Yong‘in xavfi mavjud joylar yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanadi. Birinchi tibbiy yordam aptechkasi bilan ta’minlanadi.
Nostandart jihoz va montaj yig‘ma birliklari, metallokonstruksiyalar alohida zavodlarda tayyorlanadi.
Metallokonstruksiyalar zavodi uzoq bo‘lsa, zavod huzuridagi ustaxonalardan foydalaniladi.
Yig‘ma birliklar va truboprovodlardan to‘g‘ri chiziqli qismlarni tayorlash 4 bosqichdan iborat: tayyorlov (detal va trubalarni tanlash, truboprovod armatura va detallarini tayyorlash), trubalarga ishlov berish (kesish, egish), yig‘ish (elementlarni yig‘ish va payvandlash), yakuniy (sinovdan o‘tkazish, sifatni tekshirish).
6. Montaj ishlarini bajarish bo‘yicha

Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin