1-Loyiha ishi Bajardi: 218-21 guruh talabasi Toirov Doston


BOB. ISHLAB CHIQILGAN DASTURIY TA’MINOTDAN



Yüklə 149,3 Kb.
səhifə2/10
tarix27.12.2023
ölçüsü149,3 Kb.
#199380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5463246723189061948

3 BOB.
ISHLAB CHIQILGAN DASTURIY TA’MINOTDAN
FOYDALANISH YO‘RIQNOMASI……………...……………………………33
3.1. Toshkent metropoliteni kassasi ma’lumotlar bazasini tizimi ma'lumotlar ombori va
ma’lumotlar jadvali……………………..…………………………………...……33
3.3. 3 – Bob bo‘yicha xulosa……………………………………….…….……….39
UMUMIY XULOSA……………………………………………………………..40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..…....41

Kirish
Toshkent metropoliteni 42 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning qurilishi uchun Sharof Rashidov bor kuch-g‘ayrati bilan mehnat qilgan.
Toshkent metrosi yaqin vaqtgacha Markaziy Osiyoda yagona edi. O’sha vaqtlarda O’zbekiston kommunistik partiyasi Markaziy kengashining 1-kotibi bo’lgan Sharof Rashidov 1966-yildagi kuchli zilziladan so’ng vayronagarchiliklarni saranjomlagach, Toshkentda yerosti yo’li qurilishi uchun kurasha boshlaydi. Dastlab, SSSR hukumati uning bu harakatiga qarshi chiqadi. Markazdagilar hali zilzilani, hali yerosti suvlarini bahona qilib, metro qurilishiga rozi bo‘lishmaydi. Biroq Sharof Rashidov eng bilimdon va tajribali mutaxassislar ishtirokida tahliliy ma’lumotlar tayyorlatib, Toshkentda metropoliten qurishga asos borligini isbotlab bergan. 
Yana bir qiziq tomoni, o’sha vaqtlarda Kreml metroni Toshkentda emas, Olmaotada qurishni ko’zlagan. Lekin Rashidov “yerosti relsi”ni Toshkentga bura olgan.
Ana shundan so’ng 1972-yili poytaxtda metro qurilishi boshlangan. Qurilish 1977-yili yakunlanib, metro 6-noyabrda ilk bora ishga tushirilgan. 
Mana shundan beri, biz eng arzon va eng tezyurar transport vositasidan mamnunlik bilan foydalanamiz. Bugun ishlab turgan metro stansiyalarining hammasi bir vaqtda qurib, ishga tushirilmagan. Ya’ni, 1977-yili “Olmazor”, “Chilonzor”, “Mirzo Ulug’bek”, “Hamza” (hozirgi “Novza”), “Milliy bog’” (avvalgi “Yoshlik”), “Xalqlar do’stligi”, “Paxtakor”, “Mustaqillik maydoni”, “Amir Temur xiyoboni” bekatlari ishga tushirilgan bo‘lsa, 1980-yili “Hamid Olimjon”, “Pushkin”, “Buyuk ipak yo’li” bekatlari foydalanishga topshirilgan. 
1984-yili “Alisher Navoiy”, “O’zbekiston”, “Kosmonavtlar”, “Oybek” va “Toshkent” bekatlari ishga tushgan va shu tarzda yillar davomida yangi metro bekatlari qo’shilib boravergan. Bu jarayon hamon davom etmoqda. Bugungi kunda Toshkent metropolitenida 3 ta yo‘nalish 29 ta bekat yo’lovchilarga xizmat ko’rsatayapti. Uning umumiy uzunligi 38,25 km.ni tashkil etadi.
Aytgancha, bugun nafaqat metro ishga tushgan kun balki, uning ochilishida fidoyilik ko‘rsatgan inson – Sharof Rashidov tug’ilgan sana. U 1917-yili 6-noyabr kuni Jizzaxda tug’ilgan. Rashidov nafaqat davlat arbobi balki, yozuvchi ham bo‘lgan. Uning “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin” romanlari, “Kashmir qo’shig’i”, “Komde va Mo’dan” kabi qissalari chop etilgan.

1-bob 1-rasm Toshkent metrosi
“Toshkent, O’zbekiston poytaxti – bu dunyodagi eng chiroyli bezatilgan metro liniyalaridan biriga ega boʻlgan shahar. 29 ta bekatining aksariyati mozaikalar va rangli toshlar bilan bezatilgan. Ushbu asl sanʼat asarlari Sovet kosmosidan tortib qadimgi tarix, sanoat va qishloq xo’jaligigacha bo’lgan ko’plab mavzularni aks ettiradi.
Yaqin vaqtgacha Toshkent metrosi tashqi dunyodan yashirin edi.Yillar davomida milliy xavfsizlik maqsadida Toshkent metrosida suratga olish qatʼiyan taqiqlangan edi. Ammo 2016-yilda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirgan islohotlari tufayli ushbu taqiq olib tashlandi”.
1977-yilda ochilgan Toshkent metropoliteni Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatadigan ikkita metrodan biridir (ikkinchisi – Olma-Ota shahrida, Qozog’istonda.) Poyezdlar ertalab soat besh yarimdan tungacha ishlaydi, bir qatnov narxi 1400 soʻm yoki taxminan 15 sentabr.
Birinchi metro liniyalarining yaratilish tarixiga nazar solib, bekat nomlari va ularning dizaynininig oʻzgarishini tarixdagi muhim davrlar va mamlakatda davlat tuzumining o’zgarishi bilan bog’lanadi.
“Masalan, oktyabr inqilobi bekati XIV asrning buyuk sarkardasi Amir Temur sharafiga o’zgartirilgan. Dastlab Sovet adabiyotining asoschi-otasi sharafiga nomlangan Maksim Gorkiy stansiyasi Buyuk Ipak yo’li deb qayta nomlangan.
Ushbu loyiha ishini tayyorlashda asosiy masala Toshkent metropoliteni kassasi ma’lumotlar bazasini yaratish bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni Toshkent metropoliteni kassasi xodimlarining ishini yengillashtirish va ularning tizimiga kamchilik yetkazmasdan elektron Toshkent metropoliteni kassasi axborot tizimi yaratishdir. Loyiha ishi davomida ma’lumotlar bazasi sifatida PostgreSQL dasturiy vositalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.



Yüklə 149,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin