M. Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” maqolalari, Sh. Mirziyoyevning Yoshlarga murojaatini tahlil etish va esse tayyorlash.
Muhtaram birodarlar! Siz xizmat qilaturgon doiralarda sizdan katta va sizdan oz ishlaydurgon va siz- larg'a ish buyuraturg'on kishilar borki, sizdan besh, hatto, yigirma daf’a ziyoda vazifa olur. (Ba’zi bonka va tijoratxonalarda oyinda besh yuz so‘m, hatto ming so‘m olaturgon kishilar bor va alarni tijorat maktabig‘a o ‘qugoni besh-olti yilginadur.) Muning sababi nadur? Sizning qo‘l ostingizda sizdan ko‘p ishlaydurgon va qattig1 xizmat qilaturgon va yuk ko‘tara turgon musulmon va yo o'ruslar borki, sizdan ham oz vazifa olur. Muning sababi nadur? Albatta, munga javob berursizki, bizni ustimizdan qaraydurgonlarni(ng) «ilmi zamoniy»si bizdan ziyoda va mehnatkashlarni ilmi bizga ham emas. Mana sabab shudur. Biz ham dermizki, javobingiz durust. Bas, ma’lum boldiki, hozirgi zamon ishlarig‘a xoh tijorat va hukumat va san’atxonalarga boisun, kirib vazifa olmoqg‘a va ish qilmoqg‘a ilmi zamoniy degan nimarsa lozim ekan va har kim baqadar bilgusi vazifa olur ekan. Bas, siz muhtaramlar ham o ‘z avlodingizni va aziz bolalaringizni, agarda xohlasangizki, sizdan ko‘ra taraqqiy etsa, din va millatg‘a xizmat etsa. (Din va millatg'a xizmat ilm va oqcha ila bo'lur.) Shu ilmi zamoniyni tahsil qilmoq uchun harakat qilmog‘ingiz lozimdur. Hamvatanlarimiz mulkini sotib toy qilganidek siz-da, hatto, lozim bolganda mulkingizni sotsangizda o ‘g‘lingizni zamoncha o ‘qumoqig‘a sa’y qilsangiz. To'yga isrof qilinaturgon oqchalarni o'qumoq yo‘lig‘a sarf qilsangiz! Zamoncha oqutmoq tariqasidan boshqa maqolada arz qilinur.

MUHTARAM YOSHLARG A MUROJAAT
Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig'a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bolgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo'lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bolgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so'raymiz (mollari yoki so'zlari ila millat foidasig'a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar). Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng awal, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko ‘ payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoe va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizayi hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub boiur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o'zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho'ldan berur. Ana ushbu yoilar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar.