1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularnin
Shunday qilib, bolalarning shartli o‘lchov haqidagi bilimlari ularning umumiy o‘lchov haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib keladi.
3-mavzu amaliy
1. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining maktab ta`limiga tayyorlash jarayonida matematik bilimlarini rivojlantirishning qanday usul va yo`llarini bilasiz?
2. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining qanday afzalliklari bor?
3. Ilk va maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablarida olti yoshli bolalarning matematik jihatdan qanday ko`rsatkichlari ko`rsatilgan?
Javoblar
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida matematik ta’lim berish usulining mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish?). Ya’ni, bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar hozirgi zamon talablariga mos keladigan bo‘ladi. 3. Matematik bilim berish usullarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma-qo‘llanmalar, pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish). 5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish?) Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Mashg‘ulot jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib yanada samaraliroq hal qilish kerak?). Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishda mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar kun davomida o‘tkazilib boriladi. Kunning birinchi kismiga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar ancha yaxshiroq samara beradi. Mashg‘ulot jarayonida bolalarda mustakil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish, aytilgan fikrlarni takrorlash tarbiyachi tomonidan o‘rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda necha marta mashg‘ulot o‘tkazish bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi. Matematika mashg‘ulotlari kunning birinchi yarmida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar – maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etishning asosiy shaklidir. Ular maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiy bo‘lib, ular uchun dastur mazmuni belgilangan, kundalik rejimda doimiy vakt ajratilgan, ularning kancha vakt davom etishi tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” dasturi asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: · bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi; · o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topishi va undan foydalanishi; · predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunib, ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qilishi; · raqamlar, hisob-kitobni bilishi va ularni hayotda qo‘llay olishi; · makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutishi; · elementar matematik hisoblashlarni amalga oshira olishi; · atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatishi hamda tadqiq qilishi; · atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon eta olishi kerak.
Davlat talablariga binoan, 6-7 yoshli bolalar hayotda - son va sanoqning ahamiyatini tushunishi; - geometrik shakllar va figuralarni bilishi; - 20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarishi; - 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =); - son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi, - guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?); - hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ketlikda joylashtira olishi; - shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olishi kerak.
3-mavzu nazorat savollari
1.Bolalarda fazoda mo‘ljal olish qanday rivojlantiriladi?
2.Idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zning ahamiyati qanday?
3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni kuzatishning ahamiyatini ayting.
4.Bolalarda fazoviy tasavvurning rivojlanishiga nimalar yordam beradi?
Javoblar
Fazoviy tasavvur – fazodagi obyektlarni ongimizda aslidagidek idrok etish jarayonida narsa va hodisa to‘g‘risidagi mantiqiy fikrlab, xulosa qilingan bilimlar yig‘indisi asosida aks ettirilgan obrazdir.Talabalarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan malakani oshirish grafik faoliyatning eng muhim tarkibiy qismidir. Zero, hech bir o‘quv fani fazoviy tasavvur va fazoviy farazni chizmachilikday rivojlantirolmaydi. Ilmiy- metodik adabiyotlarda fazoviy tasavvur, fazoviy faraz, fazoviy tushuncha, fazoviy tafakkur kabi so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. Ammo bu so‘zlar mazmuniga ko‘ra har xil mohiyat kasb etadi, chunki tasavvur tafakkurdan,tafakkur esa tushunchadan keskin farq qiladi. Chizmachilik darslarida bu atamalarni qo‘llashda proyeksiyani qurish bilan narsaning fazoviy qiyofasini tasavvur etishni tushunamiz. Buyumlar va ularning fazoviy munosabat va xususiyatlarini anglatish bilan bog‘liq bo‘lgan bu tushunchalar talabalarda tasodifan sodir bo‘lmay, balki grafik savodni o‘rgatish jarayonida chizmachilik o‘qituvchilarining yordami bilan hosil bo‘ladi.Fazoviy tasavvur real obyekt yoki model asosida u haqida sezgi organlari orqali kelib tushuvchi ma’lumotlarni tahlil qilish, idrok etish natijasida olingan bilimlar birliklari va ularning obrazlaridir.Tasavvurning chuqurligi idrokning yaxlitligi, ya’ni obyektni yaxlitligicha ko‘rish hamda uning tuzilmasini, elementlari orasidagi aloqadorlikni, boshqa obyekt bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlash, u yoki bu figuraning hosil bo‘lish usulini tushunish, uning keyingi harakatini oldindan ko‘ra bilib qobilyatlarini belgilaydi. Fazoviy tasavvurning bunday sifati tasvirli axborotni tahlil qilish, standartlarni o‘zgarmas obrazlarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash va hosil bo‘lgan fazoviy obrazlarni yangi aloqadorlikda ko‘rish bosqichida namoyon bo‘ladi.Fazoviy tasavvur kengligi xususiy vaziyatlarida qo‘llaniladigan harakatlarning umumlashgan usullarini shakllantirish qobilyati bilan tavsiflanadi. Ya’ni bu sifat tanish vaziyatlarda yangi ma’lumotlarni e’tiborga olishga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. Bu sifat muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda grafik axborotni tahlil qilish bosqichida, standartlarni o‘zgarmas obrazlarini aniqlash, ayniqsa, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar olish jarayonida, fazoviy tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda qatnashadi.Fazoviy tasavvurning egiluvchanligi harakatlar usullarning variativlik xossasi bilan xarakterlanadi. Harakat sharoitlari o‘zgarganda qayta qurishning yengilligi, bir harakat turidan boshqasiga oson o‘tish, bir predmet sifatini boshqasiga oson ko‘chirish, qabul qilingan an`anaviy grafik amallar chegarasidan tashqarisiga chiqish, obyektning o‘zgartirilganda uning asosiy xususiyatlarini saqlab qolish mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatlarni ko‘rish qobilyatlari bilan xarakterlanadi. Tasavvurning bu sifati muhandislik grafikasini o‘qitishda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning barcha bosqichlarda namoyon bo‘ladi.Fazoviy tasavvurning barqarorligi dastlab yaratilgan obrazning ko‘rgazmali asosini inobatga olgan holda obraz ustida amallar bajarishda erkinlik darajasi bilan belgilanadi. Bu erkinlik yaqqollikning bir ko‘rinishidan boshqasiga o‘tishda, uning mazmunini o‘ziga xos tarzda esda saqlab qolgan holda, obyektda o‘zgarishlarni qayd etish, fazoviy obyekt obrazini tahlil qila olish malakasida namoyon bo‘ladi.Geometrik shaklning turli xil tasvirlarini solishtirish, tahlil qila olish, sintezlash malakalarni egallash fazoviy tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi.Fazoviy tasavvurlarning to‘liqligi fazoviy obrazning tarkibiy tuzilmasi, ya’ni elementlar to‘plami, ular orasidagi aloqadorlik, ularning dinamik nisbatini ongimizda ekrin idrok etish bilan xarakterlanadi. Hosil qilingan obrazda nafaqat obyektning tarkibiy tuzilmasiga kirgan elementlar, balki uning fazoviy joylashuvi ham aks ettiriladi. Shunda, ongimizda hosil qilingan geometrik obyektlar obrazida ularning shakli, kattaligi, uning boshqa obyektlarga nisbatan yoki uning qismlarining bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi haqidagi tasavvurlar va ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi.Fazoviy tasavvur to‘liq bo‘lishi uchun quyidagi malakalarga ega bo‘lish kerak:- geometrik obyekt obrazini qismlarga ajrata olish;- geometrik obyekt obrazinining o‘cham qiymatlarini aniqlay olish;- geometrik obyekt obrazini boshqa obrazlarga nisbatan o‘zaro joylashuv nisbatini aniqlay olish;- geometrik obraz elementlarining bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashishini aniqlay olish;- chiziqli va burchakli kattaliklarni ko‘rib baholay olish;- shakllangan obrazda unnig hususiyatlarini va elementlarning o‘zaro joylashuvi haqida tasavvurini yetarli bo‘lishi.Quyidagi malakalarni egallash fazoviy tasavvur dinamikligini rivojlantirishga yordam beradi:- kuzatish, qarash nuqtasini tanlay olish va o‘zgartira olish;- geometrik figuralar obrazi mazmundagi o‘zgarishlarni qayd eta olish.Dinamiklik sifati proyeksiya tushunchasini shakllantirish asosida yotadi, fazoviy tasavvurlarni rivojlanish jarayonida tekis va fazoviy shakllarni birgalikda o‘rganish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkich ko‘proq kuzatish nuqtasini hayolan o‘zgartirishni talab qiladigan masalalarni hal qilishda namoyon bo‘ladi. Obyektga turli kuzatish nuqtasidan qaray olish malakasi geometrik vazifalarni hal qilishda: fazoviy shakllarning qirqimi, kesimini qurish, geometrik qayta tuzish amallarini, proyeksion vazifalarini bajarish va hokazolarda muhim ahamiyatga ega.Bu sifatlarning to‘liq egallanishi fazoviy tasavvurlar ustida amallar bajarish, murakkab fazoviy obyektlarni qiyinchiliksiz osongina tasavvur eta olishni ta’minlaydi hamda fazoviy tafakkurning to‘liq, barqaror shakllanganini ifodalaydi.