1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularning turli belgilari bo`yicha guruhlarga ajratish



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə2/8
tarix27.03.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#90535
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularnin

Mashg’ulot nomi: Elementar matematika.

Mashg’ulot mavzusi: Miqdor. Narsalarni qismlarga bo’lish.
Maqsad: Bolalarda butun va qism haqida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Har bir bola uchun 2 tadan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi varaq. Har bir bola uchun 2 tadan oval shaklidagi oq qog’oz. “Domino” o’yini uchun kartochkalar, 12 ta olma.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: - Bolajonlar, sizlar narsalarni bo’laklarga bo’lishni bilasizmi?
Bolalar: _____________________________________
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan to’g’ri to’rtburchakni teng 2 ga bo’lishni o’rganamiz. Hammamiz qo’limizga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz parchasini olamiz. Uning uchlarini birlashtirib, teng qilib buklaymiz. Buklangan chizig’idan yaxshilab barmoq yuritib chiqamiz. Endi varaqni ochamiz, qaychini olib, buklangan chiziqdan qirqamiz. Bitta katta qog’ozni o’rtasidan bo’lib, 2 ta teng bo’lak yoki qism hosil qildik. Bu bo’laklar qanday shaklga o’xshaydi.
Bolalar:________________________________
Tarbiyachi: - Bu bo’laklarni butun varaqning ikkidan bir qismi deyishimiz ham mumkin. Endi bolajonlar, bo’laklardan birini olib butun varaq ustiga qo’yib, taqqoslab ko’ramiz. Qaysi katta? Qaysi kichik?
Bolalar:_________________________________
Tarbiyachi: - To’g’ri bolajonlar, butun varaq qismdan katta. Bitta bo’lak butun varaqdan kichik. Endi 2 ta yarim bo’lakni birlashtirib qo’yamiz. Butunga teng bo’limi? Yo’qmi?
Biz yarim bo’laklarni birlashtirib, 1 ta butun to’g’ri to’rtburchakni hosil qildik.
Butun shaklni 2 xil usulda – bo’yiga yoki eniga 2 ga bo’lishimiz mumkin:





Bolalar uchun amaliy ish:
Tarbiyachi: - Bolajonlar, endi hammangiz oldingizdagi oval shaklidagi varaqni olib mustaqil holda uni 2 ta teng qismga bo’ling. Bolalar harakati.

  1. Jamolbek, tushuntirib beringchi, siz ovalni nechta qismga bo’ldingiz? Bitta qism butundan kichkinami, kattami? (3-4 ta boladan so’raladi.) qismlarni butun ovalni ustiga qo’yib o’lchab ko’riladi.

Tarbiyachi: - Bolajonlar, butun ovaldan butun qovunni yasaymiz. Yarimta qismlarni yarimta qovun shakliga keltiramiz.
Buning uchun oval shaklidagi qog’ozni to’g’ri chiziq bilan teng o’rtasidan bo’lamiz va hosil bo’lgan qovunimizning rangi qanday bo’lishini xohlasak, o’sha rangga (sariq, yashil) bo’yaymiz. Mana, qovunlarimiz tayyor bo’ldi. Endi ovalni qismlarini bo’yaymiz.



Yüklə 43,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin