1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularning turli belgilari bo`yicha guruhlarga ajratish



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə3/8
tarix27.03.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#90535
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularnin

Tetiklshtiruvchi mashq:
Tarbiyachi: - Bolajonlar, bir qator bo’lib turib olinglar. Men “kvadrat” desam, kvadrat shaklida turib olasizlar. “2 ta kvadrat” desam, 2 ga bo’linib, 2 ta kvadrat bo’lib turasizlar. Men “doira” desam, 2 ga bo’linib, 2 ta doira bo’lib turasizlar. “Uchburchak” desam, uchburchak shaklida, “2 ta uchburchak” desam, 2 ta uchburchak shaklida turasizlar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  • Ikkita qismdan nechta butun yasash mumkin?

  • Bitta butunni nechta qismga bo’ldik?

  • Butun kichkinami yoki qismmi?

  • Qanday holda qism hosil bo’ladi?

  • Butun kattami yoki qism kattami?

  • Butun qovunni nechta qismga bo’ldik?

  • To’g’ri to’rtburchakning 2 tadan bir qismini ko’rsating.

Yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashgan bolalarni rag’batlantirish.

1-mavzu nazorat savollari


1.Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlar qanday shakllantiriladi?
2.Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimi qanday tarkib toptiriladi?
3.Natural son qatori, miqdor, tartib son xususiyatlarini tavsiflang.
Javoblar

  1. Son va sanoqning dastlab qachon paydo bo‘lganligi noma’lum. Lekin bundan bir necha o‘n ming yillar burun odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun turli buyumlar yasab, mehnat qilganlar. Buning natijasida sanoqqa duch kelganlar. Shu bilan birga savdo-sotiqning yuzaga kelishi ham shuni taqozo qiladi. Odamlar kiyikning nechta shoxi, qushning nechta qanoti bo‘lsa, odamning shuncha qo‘li borligini bilganlar. Ular ikkigacha sanashni o‘rganganlar. Masalan, yangi Gvineyada, Avstraliyada sonlar quyidagicha: «bir» (uratun) va 2 (okoza). Ular shunday hisoblashgan (okoza — uratun-3) (okoza-okoza - 4 (okoza- okoza-uratun - 5). Shu uslubda 7 gacha sanashni bilganlar. Undan kattalarini «ko‘p» deb ataganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «Yetti o‘lchab bir kes», «Bir kishi ishlaydi, yetti kishi yeydi» va boshqa shu kabi maqollar saqlanib kelgan. Keyinchalik boshqa sonlar paydo bo‘ldi. Buyumlarni sanashni osonlashtirish uchun ularni beshtalab, o‘ntalab, dyujinalab buyumlarga ajrata boshladilar.

Dyujina (bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum) ni ikki, uch, to‘rt va oltita teng bo‘lakka bo‘lish oson bo‘lgan. Lekin dyujinaga qaraganda 5 va 10 talab sanash osonroq bo‘lgan. Bu barmoqlar orqali amalga oshirilgan. Gorssova orollaridagi kishilar faqat barmoqlarini emas tananing boshqa qismlar orqali tartibiy ravishda foydalanib 33 predmetgacha sanaganlar. Keyinchalik maxsus so‘zlar paydo bo‘lgan. Floridalar «na-kua» 10 tuxum, «na-banara» 10 korzinka degan so‘z edi. «Na» esa 10 ta degani. Pul paydo bo‘lganda o‘nlik sistema yuzaga keldi. Bunda o‘nta o‘n yuztani, o‘nta yuzlik mingni tashkil qilgan. Bunday holda bir necha kishi sanagan. Birinchi kishi qo‘llaridagi barmoqlarini birin-ketin yumib birlikni sanagan. Sanovchida 10 ta barmoqning hammasi yumilgandan keyin, u barmoqlarini ochib yuborgan. Ikkinchi sanovchi esa 6 barmog‘ini yumgan. Uning barmoqlari nechta to‘la o‘nliklar sanalganini ko‘rsatgan va h.k. Ana shunday o‘nlik sistemasi hindularning faktik sanashlari ham ko‘rinadi. Bunda ular 10 ta predmetni bir qatorga qo‘yganlar, 2 chisi yangi qatordan boshlaganlar. Bu usul uchun XI-XVI asrlarda Meksika sonini ifodalovchi illyustratsiya usuli qabul qilingan. Bir nuqta bilan ifodalanganlar, ikkini 2 ta nuqta bilan, uchni esa bunday va h.k.
Qadimgi sanoqlar yangicha bo‘lib, ular piramidalarda (ular qushlar, odamlar va hayvonlarni ifodalovchi nerogriflar ) saqlanib qolgan. Ana shunday yozuvlar Markaziy Amerika va Peruda ham bo‘lgan. Bular yozishning ilk bosqichlari bo‘lgan. Bularni 30-yillargacha noma’lumligi saqlanib qolli. Chunki buning uchun qadimgi Misr va Vavilonlarning tilini o‘rganish kerak edi. 30-yillarda Pasxi orolidan topilgan qazilma uni aniqlashga xizmat qildi. Ikkita matematik papirus saqlanib qolgan. Biri Londondagi Britaniya muzeyida, biri, Moskvadagi Pushkin muzeyidadir. Bunday tayoqcha 1 ni, qurbaqa 100.000 ni, qo‘lini osmonga ko‘tarib turgan odam 1.000.000 ni bildirgan.

  1. Bolalar 5-6 yoshga kelib, sanoq operatsiyasini o‘rganib olgandan so‘ng sonlarning ketma-ketlik munosabatini ongli ravshda o‘zlashtira boshlaydi. Bolalar uchun har bir son, o‘zidan oldin kelgan sondan bitta katta va o‘zidan keyin kelgan sondan bitta kichik ekani aniq bo‘la boshlaydp. Bu esa bolalarning sonlar orasidagi munosabatlarni tushunishi, natural sonlar qatorini qat’iy bir sistema ekanini egallashga yordam beradi. Natural son qatori qancha? Degan savolga javob beradi. Sonlarning tarkibiy birikmalardan iborat ekanligni, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rs atadi. Natural sonlar qatori quyidagi xususiyatlarga egadir. 1. Bir son hech qanday sondan keyin kelmaydi. 2-dan, har bir sondan keyin bittagina son keladi. Masalan: 3 sonidan keyin 4 soni. 3. Har bir son bir-biridan birga ko‘p yoki birga kam bo‘ladi: 3 soni 4 sonidan 1 ga kam, 4 soni 3 esa 1 ga ko‘p.


  2. Yüklə 43,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin