1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularning turli belgilari bo`yicha guruhlarga ajratish


Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə8/8
tarix27.03.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#90535
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularnin

Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish. Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari bilan mo‘ljal qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda-orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o‘ngra. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga. Shunday qilib bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Masalan,

Bayroqchaga qarab yur” o‘yini.
Maqsad: Bu o‘yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.
O‘yinning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan “8 qadam oldinga yur, o‘ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak shakldagi bayroqchani topasan. O‘yin bir necha marta takrorlanadi.
Yüklə 43,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin