1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə5/6
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#103946
1   2   3   4   5   6
115230 1 mavzu

Quticha:

  • Qutichalar qattiq daraxt turidan yasalib, har xil yiriklikda bo‘lishi mumkin va unga yog‘och cho‘plar bilan urib chalinadi.

  • Qutichani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan yog‘och cho‘plarini qutichaning o‘rta qismiga urib chalinadi. Ba'zan bir juft yog‘och cho‘p bilan ham ijro etiladi. Bunda quticha stul ustiga qo‘yib chalinadi.

  • Tanbur – eng qadimiy cholg‘ulardan biri bo‘lib, nomi ham qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan. Tan - qalb, bura – ta'sir etish, burash ma'nosini anglatadi. Demak, tanbur - qalbga ta'sir etuvchi degan ma'noni bildiradi. Bu cholg‘u – barcha cholg‘ular ustozi sanaladi.

  • Chang – qadimgilar cholg‘ular kelinchagi deb atashgan bu cholg‘u sharq arfasining avlodi. Uni Venera sayyorasiga bag‘ishlangan deb bilganlar. Venera sayyorasi barcha musiqachi va sozandalar homiysi sanalgan. Venera yoki sharqda uni Zuhro deb atashgan, odatda chang ko‘rinishida tasvirlanadi. Sharqda keng tarqalgan aqidaga ko‘ra, Venera yoki Zuhro – samo sozandasidir. Qadimgi afsonalardan birida aytilishicha, ikki farishta – Xorut va Marut, yerni aylanib yurib, barcha oddiy insonlar singari go‘zallikka bo‘lgan intilish va tuyg‘ularga oshno bo‘lganlar. Vavilon shahrida ularning ikkisi ham sozanda va go‘zal qiz Zuhroni sevib qoladilar. Qizning iltimosiga ko‘ra, farishtalar unga Olloxni osmondagi farishtalar kabi madx etishni o‘rgatadilar.

  • Farishtalardan o‘rgangan madxiyasini kuylagan zamon, Zuhro o‘zining cholg‘usi – chang bilan birgalikda samoga olib chiqib ketilgan va u yerda ikki farishta – Xorut va Marutlarning o‘rnini egallagan.

  • Yana bir ajoyib afsonada aytilishcha, chang sozi Eron shoxi Jamshid tomonidan yaratilgan. Jamshid davrida Eron oltin asrni boshidan kechirgan edi. Afsonada keltirilishicha, u changni bezgak kasalini davolash uchun o‘ylab topgan.

  • Kunlardan bir kuni Jamshid bukchaygan, qarilik va kasallikdan qaltiroq tutgan bir qari darveshni uchratadi. Qariyaning qo‘llari ko‘ksiga ko‘yilgan bo‘lib, dam bir qadam oldinga, dam bir qadam ortga yurar edi. Buyuk shox bu manzarani ko‘rgach, shunday cholg‘u asbobini yaratish kerakki, uning tovushlari kasallarni tuzatsin va ularga malxam bo‘lsin deb o‘ylab qoladi.

  • Sharqning buyuk faylasuf va shoiri Abduraxmon Jomiy o‘zining bir baytida shunday degan edi:

  • Doimiy tashvishdan tanim mening,

  • Egilddi chang misol.

  • Ko‘zimda shashqator yoshim mening,

  • Chang torlari misol.

  • Nay - ushbu cholg‘u ham qadimiy cholg‘ular sarasiga kiradi.

  • Bir afsonada aytilishicha, Muxammad payg‘ambar yerga qaytganidan so‘ng, u yerda ko‘rganlarini o‘zining qarindoshi, xalifa Aliga so‘zlab bergan. Biroq, eng muxim haqiqatni hyech kiimga, hatto Aliga ham aytolmasdi va bu uni juda qiynar edi. Shunda yuqoridan vahiy kelib, unga ko‘ra sirni quduqqa aytib berdi. Keyinchalik o‘sha suv bo‘yida - qamish o‘sib chiqdi va yosh cho‘pon yigit uni kesib olib surnaycha – Nay cholg‘u asbobini yasaydi..

  • Shundan beri nay yoki fleyta qamishdan yasaladi, biroq bugungi kun sozandalari jarang va ijro imkoniyatlari kengroq bo‘lgan (chunki uning teshik pardalari ko‘proq - 8 ta), quruq yog‘ochdan yasalgan nayda chaladilar.

  • Ud – rivoyatlarga ko‘ra ud – «barcha cholg‘u asboblari shoxi». Uning 12 ta ipak torlari bo‘lib, 6 juft ko‘rinishida joy olgan.

  • Jarang sifati va tovush diapazoni kengligi bo‘yicha ud torli cholg‘ular orasida eng yaxshisi sanalgan. Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar bu cholg‘uning kelib chiqishini ham Eron shoxi Jamshid bilan bog‘laydilar.

  • Aytilishiga ko‘ra Jamshid chuqur o‘yga tolib, boshini qo‘liga tirab o‘tirar edi. O‘zini mana shu o‘tirishida ko‘z oldiga keltiradi va o‘zining hozirgi shakliga o‘xshash cholg‘u asbobini yaratishni o‘ylab qoladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Jamshidda mukammallikda uddan o‘tadigan cholg‘u asbobi bo‘lmagan, va aynan shuning uchun ham musiqashunos va olimlar udni cholg‘ular shoxi deb atashgan.

  • G‘ijjak – bu cholg‘uning paydo bo‘lishi Maxmud /aznaviy davri (11-asrning oxiri, 12-asrning boshlari)ga tqaladi. Uning ixtirochilari esa o‘z davrining mashhur faylasufi Nosir al Hisrov va buyuk tabib, qomuschi olim, musiqashunos va sozanda Abu Ali ibn Sinodir.

  • Bizning nazarimizda ertak va afsonalar maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshlari, dunyoqarashlariga mazmun va moqiyati jihatidan mos keladi va ularga tushunarli til bilan hikoya qiladi.

  • Masalan, notalar va ularning beshta nota chizig‘ida joylashishi to‘g‘risidagi murakkab bilim, «etti opa-singillar» ertagida oddiy va sodda tilda bolalarda ilk tasavvurlarni shakllantiradi.

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish Dasutri «Bolajon»ning musiqa ta'limi bo‘limidan joy olgan va bolalar tanishlari va farqlashlari lozim bo‘lgan xalq cholg‘u asboblari bilan tanishtirish davomida, ularning yaratilishi haqida qiziqarli afsona yoki ertakni hikoya qilib berish, maktabgacha yoshdagi bolalarning murg‘ak qalblarida bir umrga saqlanib qoluvchi hotiralarni paydo qilishi mumkin. Shu bilan birga musiqaga, musiqiy merosimizga qiziqish va hurmatlarini oshirishda muxim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

  • «Bolajon» maktabgacha ta'lim Dasutrida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq cholg‘ulari bilan tanishitirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu yo‘nalishda ish o‘rta yosh guruhi (4-5 yosh) dan boshlab olib boriladi:

  • o‘rta yosh guruhida: karnay, surnay, nog‘ora va doira;

  • katta yosh guruhida: dutor, rubob, tanbur, qonun;

  • tayyorlov guruhida: nay, chang, g‘ijjak;

  • Berilgan materiallarni qaysi vaqtda (mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda, ko‘ngil ochishda) foydalanish va qay tarzda (hikoya qilish, sahanalashtirish, qo‘g‘irchoq teatri va h.k.) tenishtirishni maktabgacha ta'lim musiqa rahbarlari va tarbiyachi pedagoglarning o‘zlariga havola



  • Karnay

  • Karnay – o‘zbek puflama musiqa cholg‘usi bo‘lib, 3 qismdan iboratdir. Uning puflanadigan tomoni ingichka, ovoz chiqaradigan tomoni esa, keng bo‘ladi. Karnayni misgarlar misdan yasaydilar. Ustalar eng yaxshi sifatli misni tanlab, yengil va jarangdor bo‘lishiga e'tibor beradilar. Karnayning uzunligi 2 m. ga teng. Karnayning «Bomkarnay» va «Zilkarnay» turlari bor.

  • Bomkarnay- og‘zi kattaroq bo‘lib, sadosi kuchli, uzoqdagi kishilarni to‘y marosimi. Bayram-sayllarga chorlashga juda qulay.

  • «Zilkarnay» - ka'basi, ya'ni og‘zi torroq va uzunroq bo‘ladi. Sadosining jarangdorligi bilan to‘ylardagi o‘yin-kulgiga qizg‘in tus beradi.

  • Karnayning g‘ala-g‘uvini eshitganida hayajonga tushmagan, to‘yxonaga yugurib yo‘l olmagan bola bo‘lmasa kerak.

  • Karnayda chalinadigan kuylar ham talaygina. Masalan: «Sarvacha» chalinganida yetti maxalla bir to‘lqinlanadi. «Munojot», «Mushkilot», «Uyg‘on bolam», «Andijon duchavasi» va boshqa kuylar marosimlarga fayz kiritadi.



Surnay
Surnay – o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan g‘adimiy puflama cholg‘u asbobidir. Surnay yakkanavoz. Shuningdek nog‘ora, karnay bilan jo‘rnavozlikda ham chalinadi. Surnayda chap va o‘ng qg‘o‘l barmoqlari yordamida chalinadi. Barmoqlar bilan so‘rnayning old tomonidagi 6 ta teshik berikitiladi. yettinchi teshik esa, so‘rnayning orqa tomonida bo‘lib, uni chap qo‘oning bosh barmog‘i bilan berkitiladiyu Surnay tovushi baland bo‘lgani uchun keng maydonda, turli tantanalarda chalinadi.
Surnay yo‘llari: yirik shaklli o‘zbek xalq kuylaridir. Ularga «Surnay navosi», «Surnay irog‘i», «Shodiyona», «Miskin» kabi kuylar kiradi


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin