1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/6
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#103946
  1   2   3   4   5   6
115230 1 mavzu


  1. MTTda musiqiy cholg`u asboblarni ijro etish

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyatlarga oid ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Mutaxassislar tomonidan ta'lim dasturidan joy olgan kuy va qo‘shiqlar joy olgan kompakt disklar va to‘plamlar ustida ish olib borilmoqda. Biroq dasturda berilgan o‘yin qo‘llanmalari pedagog xodimlar mehnati bilan tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Bunda turli jurnallar va bolalar nashrlaridan joy olgan rasm va illyustratsiyalardan foydalanish mumkin. O‘yinlardan har bir yosh guruhida, bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda ham foydalanish mumkin. Bu o‘yinlar tarbiyachi boshchiligida tashkil etiladi. Tarbiyachi faol ishtirok etganida va bolalar bilan teng imkoniyatli ishtirokchiga aylanganidagina, musiqaviy-didaktik o‘yinlarning ta'limiy jihatdan natijaviyligi oshadi.
O‘yin – faolligi sust bo‘lgan, tortinchoq bolalarni umumiy faoliyatga, ta'lim jarayoniga jalb etishning ajoyib shaklidir. O‘yinni boshqarish davomida tarbiyachi bolalar tomonidan o‘yin qoidalariga rioya etishlari, topshiriqlarni aniq bajarishlarini nazorat qiladi.
Musiqaviy-didaktik o‘yinlar turli sondagi ishtirokchilar bilan o‘tkaziladi (butun guruh bilan, kichik guruh bo‘lib, yakka tartibda). Barcha bolalar bilan birgalikda «O‘rmoda», «Qo‘g‘irchog‘im», «Bo‘g‘irsoq», «Tanish qo‘shiqlar» kabi, kichik gurhlurga bo‘linib «Mening bolalarim qani?», «Bo‘g‘irsoq», «Uychada kim yashaydi?» kabi musiqaviy-didaktik o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Birgalkida tashkil etilgan o‘yinlarda har bir bolaning o‘ziga hos hususiyatlarini doimiy ravishda hisobga olish lozim. Masalan, ortinchoq va faolligi sust qizaloq ko‘p bolalar ishtirok etayotgan o‘yinda ishtirok etishni istamasiligi mumkin, biroq dugonasining ikkovlashib o‘ynash taklifini bajonidil qabul qiladi. Bu «Kim birinchi?», yoki «Aniqla va takrorla» kabi o‘yinlar bo‘lishi mumkin.
Guruh xoanlarining musiqa burchaklaridan joy olgan musiqaviy-didaktik o‘yin qo‘llanmalarini bolalarning qiziqish va xoxishlarini hisobga olgan holda, doimiy ravishda o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etishda naoniqlik va betartiblikka yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Aynan shuning uchun ham tarbiyachi bolalarning o‘zaro munosabatlari va hatti-harakatlarini nazorat qilib, kuzatib borishi va kerak bo‘lgan hollarda tarbiyachi bolalarga yordam berishga tayyor turishi lozim. Maslan, aksariyat hollarda bolalar o‘yinda boshlovchini tanlashga qiynaladilar. Odatda, ma'lum bir bola doimiy ravishda boshlovchi rolida hozir bo‘ladi. Bunda muloyimlik bilan bolalarga boshlovchilikni tartibli, navbatli asosda olib borish qoidasi tushuntiriladi. Yoki boshqa bir holda, bir bola doimiy ravishda biror bir cholg‘uda chaladi va uni hyech kimga bergisi kelmaydi. Bu holda ham bolani hafa qilmasdan, unga o‘yin qoidasi hamma uchun birdek ekanligi, o‘yinda ishtirok etayotgan barcha uning qoidalariga rioya etishi lozimligi ustalik bilan tushuntiriladi.



  1. Yüklə 0,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin