1. Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#165540
  1   2   3
2-3=4 Mavzu



MAVZU: 
Qadimgi va ilk o‘rta asrlar davlatchiligi: asosiy bosqichlari va 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
Reja

1.
 
 
Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri 
2.
 
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. 
3.
 
IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi, O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan 
uyg’onish (renessans) davri. 
4.
 
O’zbek davlatchiligi XVI—XIX asrlarda. 
 
Davlat – insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va 
millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy 
shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga 
oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga 
mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli 
va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir. 
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat 
tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-
odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va 
boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Xalqimiz davlatchilik tarixi quyidagi 
xususiyatlarga ko‘ra shakllanishi jarayonini bosib o‘tgan. 
Kushon davlati Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (mil. avv. 172-161-yillar 
oralig‘ida) yuyechji qabilalari xunnlarning siquvida Markaziy Osiyoning janubiga 
ko‘chgan. Keyinchalik yuyechjilar janubi-g‘arb tomon siljib borib, mil.avv. 140-
130-yillarda Dahya (Baqtriya)ga bostirib kirdi. Bosib olingan hududlar Katta 
yuyechji davlati tarkibiga kiritildi. Mamlakat beshta hokimlik (Xi-xeu)ka bo‘lingan, 
ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Mil. avv. I asrning 
oxiri—mil. I asrning boshlarida Guyshuan hokimi Kudjula Kadfiz mustaqil 
hokimliklarni birlashtirib shohlar-shohi unvonini oldi. Markazlashgan davlat 
hukmron qabilaning nomi bilan Kushon deb atalgan. Kudjula Kadfizning vorisi 
Vima Kadfiz (Kadfiz II) pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etgan. U mamlakat 
hududini kengaytirish siyosatini davom ettirib, Hindistonning bir qismini bosib oldi. 
Qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq rivojlandi. Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatildi. 
Kushon podsholigi Kanishka davrida gullab-yashnagan. Panjob, Kashmir viloyatlari 
qo‘shib olingan. Poytaxt Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg‘oniston) 
atroflariga ko‘chirilgan. Mamlakat hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, 
Markaziy Osiyoning janubi, Sharqiy Turkiston mulklaridan tashkil topgan. 
Kushonlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlangan. Sug‘orma 
dehqonchilik bilan birga chorvachilikka katta e’tibor berilgan. Xorazm va 
Zarafshonda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilgan. Dehqonchilik qurollari 
takomillashtirilgan, temir uchli omochlardan keng foydalanilgan, chig‘ir yordamida 
dalalarga suv chiqarilgan. Kushonlar davriga oid Ayritom, Afrosiyob, 
Dalvarzintepa, Zartepa, Kampirtepa, Eski Termiz, Xolchayon kabi shahar qoldiqlari 
o‘rganilgan. Milodiy III asrning birinchi yarmida Vasudeva va Kanishka III 


hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi zaiflashdi. III asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab Eron sosoniylari hujumlari natijasida mamlakat hududi keskin qisqargan. 
Xioniylar davlati. IV asrning o‘rtalarida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida 
yashagan qo‘chmanchi Xiyon (xon) qabilalari 44 Markaziy Osiyoning janubi-g‘arb 
tomoniga ko‘cha boshladilar. Grumbat boshchiligida xioniylar 353-yilda 
So‘g‘diyonani bosib olgan. IV asrning 70-yillariga kelib Amudaryoning o‘ng 
qirg‘og‘ida joylashgan hududlar egallandi. Xiyoniylar qudratli Sosoniylar davlatiga 
qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Xiyoniylar dastlab sosoniylar shohi 
Shopur II (309-379) qo‘shinlarini yenggan bo‘lsa-da, katta yo‘qotishlar evaziga 
davlat mustaqilligini saqlab qolgan. Ular sosoniylarga qarshi kurashda Kidoriylar 
davlati bilan yaqinlashishga harakat qilgan. Kidoriylar davlati. IV asrda kidor urug‘i 
oqsoqoli Sidolo yoki Kidor («Kidara») rahbarligida qabilalar ittifoqi yuzaga kelgan. 
412-437-yillarda kidoriylar istilochilik urushlari olib borib Tohariston va 
Gandxarani egallagan. V asrning 20-yillarida Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida 
joylashgan hududlarga Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali kirib kelgan kidoriylar 
So‘g‘diyonaning g‘arbiy va janubiy qismi, Amudaryo bo‘ylaridagi hududlarni bosib 
oldi. Shu tariqa, poytaxti Balx shahrida joylashgan kidoriylar davlati tarkibiga 
Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘og‘idagi yerlar birlashtirildi. Kidoriylar davlatiga 
tajovuzkor sosoniylar qo‘shini hujumlari katta talafot keltirgan. Ayniqsa, 456-
yildagi sosoniylar qo‘shinidan qaqshatqich zarbaga duchor bo‘lgan kidoriylar 
qudratini qayta tiklay olmadi. Zaiflashib qolgan kidoriy qabilalari Eftalitlar 
hujumlari natijasida Markaziy Osiyoni tark etdi. Shimoliy Hindistonga chekingan 
kidoriylar Guptalar davlatini bosib oldi. Shimoliy Hindistondagi kidoriylar davlati 
75 yil mavjud bo‘lgan. 2-§. Eftalitlar davlati IV asrning ikkinchi yarmida Baktriyada 
eftalit qabilalari ittifoqi tashkil topgan. Qabilaning kelib chiqishi to‘g‘risida turli 
ma’lumotlar berilgan. Arab manbalarida eftalitlar turkiylarning (tukyuye), rus 
manbalarida massagetlarning, Vizantiya manbalarida xunnlarning avlodlari sifatida 
qayd etilgan. O‘zbekistonlik ayrim tadqiqotchilar ularni Toxaristonda yashagan 
baktr qabilalaridan kelib chiqqan deb hisoblaydilar1 . Eftalitlar hukmdori 
Vaxshunvor Eftalon boshchiligida 457-yilda Chag‘aniyon (hozirgi Surxon yerlari), 
Toxariston va Badaxshon hududlarini birlashtirdi. Keyinchalik So‘g‘diyona, Qobul 
va Panjob vodiysi, Kuchu, Qashg‘ar va Xo‘ton (Sharqiy Turkiston) bosib olingan. 
Vujudga kelgan qudratli davlat Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Shimoliy 
Hindiston va Sharqiy Eron mintaqalari hududlarini birlashtirdi. Eftalitlar davlati 
qudratining ortib borishi sososniylarni tashvishlantirmay qolmas edi. Sosoniylar 
da’vogarlik qilgan hududlarning bosib olinishi ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
yanada keskinlashtirdi. Eron shohi Peruz Eftalitlarga qarshi uch marta yurish qilgan. 
Bu yurishlar uning uchun halokatli bo‘lgan. Uchinchi yurishda Peruz jang 
maydonida halok bo‘lgan. Peruzning vorislari Kubod (488-531) va Anushervon 
(531-579) eftalitlarga o‘lpon to‘lagan va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini saqlashga 
majbur bo‘lgan. Eftalitlar davlatini podshoh boshqargan. Uning hokimiyati 
cheklanmagan. Taxt sulola vakillari orasida eng munosib deb topilgan nomzodga 
o‘tgan. Mamlakat viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib boshqarilgan. Viloyatlar noib 
(satrap) lar tomonidan boshqarilar edi. Bo‘ysundirilgan hududlar boshqaruvida 
mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanilgan. Mamlakat poytaxti Poykand 


(Boykent) yoki Balx bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Hukmdorlar davlat 
boshqaruvida kuchli qo‘shinga tayangan. Qo‘shinning asosini otliq askarlar tashkil 
etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq va shaharlarda yashovchi 
ziroatkorlardan iborat edi. Dasht va tog‘oldi hududlarida ko‘chmanchi chorvadorlar 
yashagan. Tohariston va So‘g‘dda dehqonchilik va bog‘dorchilik rivojlangan. 
Qashqadaryo va Zarafshon vohalarida g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. 
Paxta ekini maydonlari kengaygan. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida aholi yilqichilik 
bilan shug‘ullangan. Farg‘ona vodiysida zotdor otlar urchitilgan. Ilk o‘rta asrlarda 
shaharlar va ularning aholisi tez ko‘payib borgan. Ularni moddiy ta’minlash zarurati 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabni oshirdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ko‘paytirish faqat yirik sug‘orish inshootlarini qurish va yangi yerlarni o‘zlashtirish 
bilan hal etilar edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlariga urug‘ va qishloq oqsoqollari 
rahbarlik qilgan. Ulardan keyinchalik katta yer egalari tabaqasi shakllangan. 
Vujudga kelgan yangi tabaqa dehqonlar (qishloq hokimi) deb atalgan. Dehqonlar 
yerlarini boshqa tabaqalarning mulklari hisobiga ham kengaytirib borgan. Yirik yer 
egalarining tazyiqida mulkidan mahrum bo‘lgan ziroatkorlar yerini ijaraga olib 
ishlashga majbur edi. Dehqonlar yerlarini ijaraga olib ishlovchi va ularga qaram 
bo‘lib qolgan ziroatkorlar kadivarlar deb yuritilgan. Kadivarlar soni erkin ziroatkor 
kashovarz (qo‘shchi)lar hisobiga ko‘payib borgan. V asrda ekin maydonlarining 
asosiy qismi qishloq jamoalariga tegishli edi. Jamoa yer egaligi kashovarzlarning 
yer va suv mulklarining birlashtirilishidan tashkil etilgan. Yerlarning bir qismi 
ibodatxonalarga tegishli bo‘lib, ular vag‘nze deb yuritilgan. Ko‘chmanchi 
chorvadorlar 46 yashaydigan hududlarda chorva yaylovlar qabila va urug‘ jamoalari 
hamda ularning oqsoqollari – biylar tasarrufida edi. Hunarmandchilikning 
kulolchilik, shishasozlik, chilangarlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari 
rivojlangan. Shaharlar tez suratlar bilan ko‘payib borgan. Zarafshon vohasida 
Rivdod, Kushoniya, Xariman, Arqud, Romiton, Varaxsha, Poykand kabi savdo 
hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Eftalitlar davrida tashqi iqtisodiy aloqalar 
rivojlandi. Tashqi savdoda asosiy hamkorlar Eron, Vizantiya, Hindiston va Xitoy 
davlatlari bo‘lgan. Xalqaro tranzit savdo yo‘lining iqtisodiyot uchun ahamiyatini 
yaxshi bilgan eftalitlar «Buyuk Ipak yo‘li»ning mamlakat hududidan o‘tgan 
tarmog‘ida qattiq nazorat o‘rnatgan. Ichki bozorda karvon savdosidagi 
vositachilikda so‘g‘diylar forslar bilan raqobat qilgan. Markaziy Osiyo savdogarlari 
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan xalqaro savdoda ishtirok etgan. 
Oltin, kumush, Badaxshon la’lidan tayyorlangan mahsulotlar, rangli shisha va shisha 
buyumlar, turli xil mevalar, ipgazlama, qorako‘l teri, zotdor otlar qo‘shni davlatlarga 
chiqarilar edi. Ichki savdoda Buxoro, Poykand, Samarqand va Xorazmning mahalliy 
hokimlari tomonidan zarb qilingan mis chaqalar muomalada bo‘lgan. Tashqi 
savdoda eftalitlar va sosoniylar kumush tangalaridan foydalanilgan. Tovar-pul 
munosabatlari markaziy va mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan qattiq nazorat 
qilingan. Eftalitlar davrida feodal munosabatlarning rivojlanishi ijtimoiy 
muammolarni keskinlashtirdi. Amaldorlar va yirik mulkdorlarning zulmi va asorati 
kuchaydi. Jamiyatda mehnat ahli huquqining poymol etilishiga qarshi adolat va 
qonuniylikni talab qiluvchilar harakati yuzaga keldi. Mehnatkash fuqarolarning 
g‘alayonlari ko‘payib bordi. VI asr boshlarida Eron va Markaziy Osiyoning ayrim 


hududlarida mazdakiylar harakati bo‘lib o‘tdi. Mazdak Hamdadon (470-529) 
boshchiligidagi bu harakat ijtimoiy-diniy tus oldi. Harakatning g‘oyaviy asosi 
zardushtiylik mafkurasi edi. Mazdakiylar adolat uchun kurash jamiyatda 
boyliklardan teng foydalanish huquqining tan olinishga olib keladi deb hisoblagan. 
Tenglikka erishish uchun «z» harfi bilan boshlanuvchi to‘rt narsani (zamin (yer); zar 
(boyliklar); zo‘rlik (hokimiyat); zan (ayollar)ni) adolatli taqsimlashga da’vat etgan. 
Harakatda aholining turli tabaqalari ishtirok etgan. Uning davlat tuzumiga jiddiy 
havf solishi sababli 529-yilda Mazdak hibsga olinib qatl etildi. Kubodning o‘g‘li 
Xusrov I Anushervon (531-579) davrida o‘tkazilgan islohotlar natijasida 
mazdakiylar harakati barham topdi. Eftalitlar davrida madaniyatga ko‘chmanchi 
chorvadorlar an’analarining ta’siri kuchaydi. Ular ta’sirida moddiy yodgorliklar 
dag‘al ko‘rinish olgan va sodda ishlov berilgan. Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo 
vohalaridan topilgan madaniy yodgorliklarda bunday o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Toxariston va Sharqiy So‘g‘dda madaniy an’analar kuchli bo‘lganligi 
bois mahalliy an’analar saqlanib qolgan. Diniy e’tiqodda tolerantlik g‘oyalari 
ustuvorlik qilgan. So‘g‘dda otashparastlik keng yoyilgan, Toxariston va Sharqiy 
Turkistonda budda diniga e’tiqod qiluvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Moniylik, 
mazdakiylik, nasroniylik va iudaizm dinlariga e’tiqod qiluvchilar ham bo‘lgan. 
Dindorlar orasida zardushtiylar ko‘pchilikni tashkil etgan. V-VI asrlarda alifboning 
takomillashuvi jarayoni davom etdi. Mamlakatda Samarqand, Xorazm va Eftal 
alifbolari muomalada bo‘lgan. Eftalitlar alifbosi baqtriya alifbosi asosida yaratilgan. 
Alifbo 25 ta harfdan iborat bo‘lib, xat chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Eftalit alifbosi 
namunalari Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, Kofirqal’adan topilgan.
Turk hoqonligi Turkiy elatlar qadimdan Dnepr daryosining quyi oqimidan 
Oltoygacha, Ural tog‘laridan Shimoliy Eron va Shimoliy Afg‘onistongacha bo‘lgan 
hududlarda yashagan. Bu hududlarda yashagan til madaniy birligi asosida birlashgan 
qabilalarni turk nomi bilan atashni 542 yil bilan qayd etilgan manbalardan ko‘rish 
mumkin. Turk so‘zi kuchli, baquvvat degan ma’nolarni anglatadi. VI asrning 
boshlarida Oltoyda (Janubiy Sibir va Janubiy Mo‘g‘uliston) hukmdorlar Asan 
(Asyan) va Tuu (460 – 525) davrlarida turkiy qabilalar ittifoqi vujudga kelgan. 
Tuuning o‘g‘li Bumin 552 yilda Turk hoqonligi davlatiga asos soldi. Davlat 
hukmdori hoqon (turkcha – kagan) deb yuritilgan. Oltoydagi Utukan shahri 
hoqonlikning poytaxti edi. VI asrning o‘rtalarida Turk hoqonligi chegaralari 
eftalitlar davlati bilan tutashadi. Hoqonlik eftalitlarga qarshi kurashda Sosoniylar 
davlati bilan ittifoq tuzgan. Eftalitlar bilan dastlabki to‘qnashuv 552–553 yillardagi 
Istemi qo‘shinining yurishida yuz bergan. Hoqonlik qo‘shinlari 563–567- yillar 
davomida eftalitlarga ketma-ket zarba berib, Eron chegaralarigacha bo‘lgan 
hududlarni egallagan. Hoqonlik bosib olgan hududlarda ilgarigi boshqaruv tizimi 
saqlangan. Turkiy aslzodalar asosan bosh qarorgohlarda o‘rnashib olib 
bo‘ysundirilgan xalqlarni mahalliy hukmdorlar yordamida boshqarar edi. Bunday 
boshqaruv tartibi siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va mahalliy hukmdorlarning 
mustaqil siyosat yuritishiga olib keldi. Turk hoqonligi davrida Zarafshon, Amudaryo 
va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik vujudga keldi. Ular orasida 
Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklarining nufuzi baland 
edi. Mustaqil hokimliklar o‘rtasida siyosiy hukmronlik uchun kurash borar edi. 


Mamlakatdagi o‘zaro urushlar va ijtimoiy zulmning kuchayishi sababli 585-586 
yillarda Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Unga turk shahzodasi Abro‘y boshchilik 
qiladi. Qo‘zg‘olonchilar tuzgan hukumat ko‘pchilik aholi manfatiga mos siyosat 
yuritdi. Yirik mulklar cheklandi, zodagonlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatildi. 
Siquvga olingan yirik mulkdorlar Turkistonga qochdi. Lekin hoqonlik hali qudratli 
edi. Hoqon Qora Churin yuborgan qo‘shinlar qo‘zg‘olonni bostirdi. VI asrning 80-
yillari oxirlarida boshlangan o‘zaro urushlar 603 yilda hoqonlikning ikki qismga 
bo‘linishi bilan yakunlandi1 . Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung‘oriya 
(Xitoyning shimoli-g‘arbi) hududlarini birlashtirgan G‘arbiy turk hoqonligi; 
Mo‘g‘ulistonda Sharqiy turk hoqonligi vujudga keldi. G‘arbiy hoqonlik 
hukmdorlarining yozgi qarorgohi Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishki qarorgohi 
Suyob shahrida joylashgan. Hoqon To‘n yabg‘u (To‘n shoh) davrida markaziy 
hokimiyatni kuchaytirish va viloyatlar ustidan nazorat ishlarini yaxshilash 
maqsadida ma’muriy islohot o‘tkaziladi. Viloyat hokimlariga «yabg‘u» unvoni 
berildi. Hokimlar hoqonning noiblari deb e’lon qilindi. Viloyatlarga «tudun» unvoni 
bilan hoqonning vakillari yuborildi. Tudunlarga viloyat noiblarining faoliyatini 
nazorat qilish va soliq siyosatini tartibga solish vakolati berildi. Hoqonlikda davlat 
hokimiyati hukmron sulola qo‘lida markazlashtirildi. Hukmdorning hokimiyati 
urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Taxt 
otadan-farzandga emas, balki kattadan-kichikka, akadan-ukaga, kichik amakidan-
katta jiyanga (udel tartibida) o‘tar edi. Hoqon oliy hukmdor bo‘lib, uning hokimiyati 
cheklanmagan. Hoqonga davlatni idora etishida ko‘p sonli qarindoshlari va davlat 
boshqaruv apparati yordam bergan. Davlat hokimiyatida rahbarlik lavozimlari 
hoqonning qarindoshlari va urug‘i vakillari orasida taqsimlangan. Hoqondan keyin 
turuvchi mansabdor shaxsga yabg‘u (bahodir) unvoni berilgan. Yabg‘u birinchi 
amaldor – vazir vazifasini bajarar edi. Yabg‘ularga taxtni egallash uchun da’vogarlik 
huquqi berilmagan. Taxt vorisi tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Bu unvon faqat 
sulola vakiliga berilar edi. Hukmdorning joylardagi noibi (nazoratchisi) tudun deb 
atalgan. Ijtimoiy munosabatlar huquq normalari asosida tartibga solingan. Qonunga 
ko‘ra, davlatga qarshi jinoyatlar (qo‘zg‘olon, xiyonat)ga va odam o‘ldirgan kishiga 
o‘lim jazosi berilgan. Kishining jinoyat sodir etganligi isbotlansa, tana a’zolarini 
kesib tashlash amaliyoti keng qo‘llanilgan. Fuqaroga mulkiy zarar yetkazgan kishi 
o‘n barobari miqdorida tovon to‘lagan. Soliq to‘lovchi aholining asosiy qismini 
chorikor-hunarmandlar va ziroatkorlar tashkil etgan. Qullar hamda turli toifadagi 
xizmatkorlar ijtimoiy tabaqalarning eng pastida turgan. Ko‘chmanchi turklarning 
asosiy qismi kambag‘al chorvadorlar va ovchilardan iborat edi. Ular budun yoki 
qora budun deb atalgan. Hoqonlik davrida shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy markaz 
sifatidagi o‘rni tobora ortib bordi. Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, 
Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar ancha taraqqiy etgan savdo-sotiq va 
hunarmandchilik markazlari bo‘lgan. Ular Buyuk Ipak yo‘li xalqaro savdosida faol 
ishtirok etgan. Mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan to‘qmachilik, 
zargarlik buyumlari, qurol-aslahalar nafis, sifatli va xaridorgir bo‘lib turli yurtlarga 
chiqarilgan. Madaniy hayot va diniy e’tiqodlar Turk hoqonligi davriga oid madaniy 
yodgorliklar mintaqamizda juda kam saqlanib qolgan. Bolaliktepa, Varaxsha, 
Afrosiyob, Panjikent va Quva xarobalarida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar o‘sha 


davrda me’morchilik, tasviriy san’at va haykaltaroshlik taraqqiy etganligini 
ko‘rsatadi. Turk hoqonligi hukmronligi davrida yozuvning takomillashuvi jarayoni 
davom etdi. Uning turlari ko‘payib bordi. Oromiy, So‘g‘d va Xorazm yozuvlari 
bilan birga turk yozuvlari muomalada bo‘lgan. Turk-ruin, Urxun-Enasoy yozuvi, 
Kultegin bitiklari, Bilga hoqon yodnomasi va boshqa topilmalar turk yozuvi tur 
jihatdan xilma-xil bo‘lishi bilan birga qadimiylikda boshqa yozuvlardan ortda 
qolmaganligini bildiradi. 1970- yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan 
topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy yozuv, uning tarixi 
miloddan avvalgi II-I asrlarga borib taqalishini ko‘rsatadi. Hoqonlikda yashagan 
xalqlarning diniy e’tiqodi turlicha edi. Markaziy Osiyoga kirib kelgan turkiy xalqlar 
tabiat jismlariga (yer-suv, quyosh, oy, daraxt va h.k.), jonzotlarga (bo‘ri, tuya va 
h.k.), ruhlar (animizm)ga, xudolarga sig‘ingan. Osmon xudosi Tangri turk 
qavmlarining oliy xudosi hisoblangan. Ruhning abadiyligi, odam o‘lganidan keyin 
ham narigi dunyoda hayotini davom ettirish to‘g‘risidagi tasavvurlar mavjud edi. 
Ko‘chmanchi turklar diniy e’tiqodi bilan birga, zardushtiylik, otashparastlik
buddaviylik va nasroniylik (xristianlik) dinlari rivojlandi. Kishilik jamiyati tarixida 
turli siyosiy, diniy va etnik an’analarga ega bo‘lgan davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi 
manfaatli madaniy va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda savdo yo‘llari 
beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular qatorida Buyuk Ipak yo‘li alohida o‘rin 
tutgan. U Atlantika okeani qirg‘oqlaridan Tinch okeani sohillarigacha cho‘zilib, 
butun Osiyo qit’asi bo‘ylab O‘rta yer dengizi davlatlarini Uzoq Sharq davlatlari 
bilan birlashtirgan. Qadimda Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli o‘lkalar va tarixiy-
madaniy viloyatlarni bog‘lab turgan karvon yo‘llarining vujudga kelishi neolit 
davriga (mil. avv. VI-IV ming yilliklarga) borib taqaladi. Lekin bizga ma’lum savdo 
tranzit yo‘llari bronza davriga kelib paydo bo‘ldi. Bronza davrining yirik karvon 
yo‘llaridan biri «Lojuvard yo‘li» deb atalgan. Mesopotamiyada Badaxshondan olib 
kelingan lojuvard xaridorgir edi. Bronza davridagi yana bir yo‘l Badaxshondan 
janubi-sharqqa tomon Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlarini 
Mesopotamiyaning shaharlari – Ur, Uruk, Kish, Lagash va boshqalar bilan 
bog‘lagan. Bronza davrining uchinchi yo‘li Markaziy Osiyoning janubidagi 
Baqtriya va Marg‘iyonani Hindistondagi Xarappo va Mohinjo Daro madaniyat 
markazlari bilan bog‘langan. Mil. Avv. II ming yillikka kelib Farg‘ona va Choch 
hududlari ham Qadimgi Sharq bilan aloqalar o‘rnatdi. Bronza davrida karvon 
yo‘llari orqali qimmatbaho toshlar, fil suyagi, metall va undan ishlangan buyumlar, 
taqinchoqlar, ba’zi hollarda chorva mollari va g‘alla tashilgan. Mil. Avv. I ming 
yillikning birinchi yarmiga kelib «Shoh yo‘li» vujudga keldi. Bu yo‘lning bir 
tarmog‘i mil. Avv. VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini hamda O‘rta Yer 
dengizi bo‘yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan 
bog‘lagan bo‘lsa, yana bir tarmog‘i Erondan Baqtriya orqali So‘g‘diyona, Toshkent 
vohasi va Qozog‘iston hududlaridan o‘tib Oltoygacha borgan. Tadqiqotchilarning 
fikricha, mil. Avv. III asrning oxiri—II asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq 
yo‘nalishga ega bo‘lgan savdo-tranzit yo‘li shakllana boshlaydi. Bu yo‘l XIX 
asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Vilgelm Rixtgofen tomonidan 
(«Xitoy» kitobida) «Ipak yo‘li» deb ataldi va keyinchalik butun dunyo 
tadqiqotchilari tomonidan «Buyuk Ipak yo‘li» deb e’tirof etildi. Miloddan avvalgi 


III asrga kelib, Xitoy bilan aloqalar o‘rnatila boshlangan. Xitoy imperatori U Di 
miloddan avvalgi 138-yilda o‘z elchisi Chjan Syannni ko‘chmanchi qabila 
xunnlarga qarshi kurashda ittifoqchi izlash uchun jo‘natadi. U Markaziy Tyanshan 
dovonidan o‘tib, Issiqko‘lga va undan Farg‘ona vodiysiga yetadi. Chjan Syan 
o‘zining imperatorga yozgan bayonnomasida savdo-sotiq uchun qulay yo‘llarni 
ko‘rsatadi. Keyinchalik bu Buyuk Ipak yo‘li degan nom oladi. Buyuk Ipak yo‘lining 
uzunligi 12 ming kilometrni tashkil qilgani sababli, savdogarlarning juda ozchiligi 
bu yo‘lini to‘liq bosib o‘tgan. Asosan, ular navbatma-navbat sayohat qilganlar, 
ba’zida, tovarlarini yarim yo‘lda ayirboshlash bilan kifoyalangan. Yo‘l bo‘ylab, 
karvonlar o‘tuvchi shahar va qishloqlarda karvonsaroylar joylashgan. Ularda 
savdogarlar, karvon xizmatchilariga barcha shart-sharoitlar muhayyo bo‘lgan.
Buyuk Ipak yo‘li Xitoydan bir necha tarmoqlarga ajralgan. Bosh yo‘l Dunxuan, 
Xami, Turfon, Kashmir, O‘zgan, O‘sh, Quva, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro 
va Marv orqali o‘tgan. Marvda (Turkmanistonning hozirgi Mari shahri) Buyuk Ipak 
yo‘li tarmoqlarga — shoh yo‘llarga ajralgan. Shoh yo‘llardan biri Xorazm orqali 
Volgaga, Sharqiy Yevropaga olib borgan. Shunday qilib, Xitoy, Hindiston, 
Markaziy Osiyo tovarlari Rossiya, Kiyev, Novgorodga, keyinchalik Moskvaga yetib 
borgan. Moskva bozorlarida asosan Sharq, hind savdogarlari savdo qiluvchi qatorlar 
mavjud bo‘lib, ular «hind qatorlari» deb nomlangan. Boshqa bir shoh yo‘l Balx va 
hozirgi Afg‘oniston yerlari orqali Hindistonga olib borgan. Uchinchisi Bag‘dod 
tomonga, undan O‘rta yer dengiziga o‘tgan. Bu yerda tovarlar kemalarga ortilib, 
Misr, Vizantiya, Italiyaga olib ketilgan. Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘llaridan 
tashqari, ularga tutashib ketuvchi kichik shahobchalari ham mavjud edi. Ma’lumki, 
shu davrda «oltin yo‘l» mavjud bo‘lgan. Bu yo‘l Qurama va Oloy tog‘lari hamda 
Zarafshon daryosining afsonaviy boyliklari bilan bog‘liq holda shunday deb atalgan. 
Yana «kumush» yo‘l ham mavjud bo‘lib, undan Markaziy Osiyo kumushi ortilgan 
karvonlar shu metall yetishmaydigan davlatlar Volga Bulg‘oriyasi, Kiyev Rusi va 
Yevropa mamlakatlariga olib o‘tilgan. XV-XVI asrlarda Xitoy va Hindistonga yangi 
dengiz yo‘llarining ochilishi natijasida tovarlar dengiz orqali olib chiqila 
boshlanganda savdo aloqalarida Markaziy Osiyo savdogarlarining ishtiroki davom 
etgan. Markaziy Osiyoga XVI-XIX asrlarda ham Xitoy ipaklari, ipak 
keyimkechaklar va chinni buyumlari kelib turgan. XVI asrdan Markaziy Osiyo va 
Xitoy o‘rtasidagi diplomatik aloqalar susayib bordi. Bunga sabab dengiz 
yo‘llarining ochilishi, feodal urushlarning avj olishi, Shayboniylar va Eron 
safaviylari o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning keskinlashuvidir. Markaziy Osiyo 
shaharlarining boshqa davlatlar savdo markazlaridan ajralib qolishi karvon yo‘llari 
orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq aloqalari pasayib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu 
holat Markaziy Osiyoning xalqaro savdo aloqalariga salbiy ta’sir etgan1 . Buyuk 
Ipak yo‘lini o‘rganish va qayta tiklashga O‘zbekiston rahbariyati ham alohida e’tibor 
qaratmoqda. Chunonchi, respublikamiz hududida uyushtirilgan ekspeditsiyalar 
natijasida ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar tadqiq etildi. Qadimgi yo‘llar va 
yo‘nalishlar aniqlandi, milliy ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rganildi. 
Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro Instituti ochilgan bo‘lib, uning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri Buyuk Ipak yo‘li va uning bo‘ylarida joylashgan 
shaharlarni o‘rganishdir. Osiyoning qa’ridan yaqin Sharqqa, Ovrupoga va Afrikaga 


olib boradigan Buyuk Ipak yo‘li, butun madaniy olamga taniqli olimlar va 
mutafakkirlar, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari davlatlar va shaharlar 
yaratuvchilari bo‘lmish ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining ulug‘vorligi va 
go‘zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda» . O‘zbekiston BMTning 
«Tranzit yuk tashish hamkorligini rivojlantirish orqali savdo-sotiqni kengaytirish 
dasturi»ning faol ishtirokchisi. Bu dastur Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida 
amalga oshirilib, ularning dengiz portlariga chiqishlariga imkon beruvchi va Buyuk 
Ipak yo‘lining tiklanishiga asos bo‘ladigan tranzit transport yo‘lagi yaratish 
sohasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda. 1993-yilning may 
oyida Bryusselda Yevropa komissiyasi tomonidan Markaziy Osiyo va Kavkaz 
hamda Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillarining uchrashuvi tashkil etildi. 
Uchrashuvida TRASEKA Yevropa – Kavkaz – Osiyo transport yo‘lagini tashkil 
etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash sari 
qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi. Unda Pekin bilan Istambulni birlashtiruvchi, 
Transosiyo magistralining asosiy qismi bo‘lgan Tadjan-Saraxs-Mashhad temir yo‘l 
tarmog‘i qurilishi belgilandi. 1997-yilning may oyida O‘zbekiston ham o‘z hissasini 
qo‘shgan Mashhad—Saraxs, Saraxs—Mashhad temir yo‘li ochildi. O‘zbekiston 
temir yo‘l qurilishi bilan birga Andijon—O‘sh— Irkishtom—Qashqar avtomobil 
yo‘llari qurilishi va rekonstruksiyasida ishtirok etdi. Bu yo‘llar Xitoy va Pokistonga 
hamda Buxoro—Saraxs— Mashhad—Tehron va Termiz – Hirot—Qandaxor—
Karochiga, Hind okeaniga chiqishga imkon berdi. Xulosa qilib aytganda, ilk o‘rta 
asrlarda Markaziy Osiyoda Eftalitlar va Turk hoqonligi kabi davlatlarning vujudga 
kelishi mintaqadagi turkiy qabilalarning jipslashuviga xizmat qildi va bir qator 
turkiy xalqlarning shakllanishiga asos soldi. Arab istilochilarining Markaziy 
Osiyoga yurishi VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida feodal munosabatlar 
shakllana boshlaydi. Arablarni birlashtirish harakatining markazi Hijozning bosh 
shahri Makka shahri edi. Markazlashtirish harakati ko‘pxudolikka qarshi kurash 
ko‘rinishini oladi. Qurayish qabilasining hoshimiylar urug‘idan chiqqan 
Muhammad ibn Abdulloh (570-632) 610-yilda Allohdan vahiy kelayotganligini 
e’lon qilib, arablarni rahmdil va qudratli, sahiylik bilan muruvvatlar ulashadigan 
yagona Allohga imon keltirishlariga da’vat etdi. Madina aholisi musulmon jamoasi 
«umma» birlashtiriladi. Arablarni islom bayrog‘i ostida birlashtirish uchun kurash 
davom etdi. Arablar 630-yilda feodal islom davlatiga birlashtirildi. Muhammad 
(s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632-y.), «Xulofoiy rashoddin» (haq yo‘ldan 
borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661-
yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida 
markazlashgan Arab xalifaligi (arabcha – o‘rinbosar degan ma’noni anglatadi) 
davlatiga asos solinadi. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik faol 
istilochilik urushlari olib borib, chegaralarini kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va 
O‘rta Sharq mamlakatlari bosib olindi. Arablar Amudaryodan (Jayhun) shimolda 
joylashgan yerlarga «Movarounnahr», ya’ni «daryoning narigi tomonidagi yerlar» 
deb nom berganlar. hozirgi Afg‘onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy 
qismi hamda Janubiy Turkmanistondan Amudaryogacha bo‘lgan hududlar esa 
Xuroson deb yuritilgan. Xurosonning markazi Marv, keyinchalik Hirot shahri 
bo‘lgan. Arablarning Movarounnahrga harbiy yurishlari maqsad va vazifalariga 


ko‘ra ikki davrga bo‘linadi: 1) 650-705-yillar, Movarounnahrga talonchilik yurishlar 
davri; 2) 705-715-yillar, Movarounnahrning to‘liq bosib olinishi davri. 651-yili noib 
Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida arablar Xurosondagi Nishopur, Obinahr, 
Tus, Jom, Obivard va boshqa katta-kichik qo‘rg‘on shaharlarni egalladilar. Balx 
yaqinidagi hal qiluvchi jangda (652- y.) arablar Balx shahrini egallashadi. 652-yil 
boshida Xuroson noibi 54 Abdulloh ibn Amir Chag‘oniyonni egallashga muvaffaq 
bo‘ladi. Bu esa ilk bor Movarounnahr yerlarini egallash edi. 654-yili Sug‘ddagi 
Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo‘ladi. 657-yili Chag‘oniyonga 
arablar qayta yurish qilib turklarga zarba berdilar. 661 yili hokimiyatga yangi 
Ummaviylar (661-750) sulolasining kelishi harbiy harakatlarning faollashuviga 
sabab bo‘ladi. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviyaning 
farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib 
Buxoro viloyatiga bostirib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini 
qamal qiladi1 . Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida arab bosqinining 
ikkinchi davri, ya’ni, Movarounnahr yerlarini xalifalikka butunlay qo‘shib olish 
boshlanadi. Xuroson noibi Qutayba o‘z harbiy yurishlarini 705-yil Balx viloyatini 
bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va 
Markaziy Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. 706-yili Qutayba katta 
qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keladi. Tarixchi Tabariyning ma’lumotlariga 
ko‘ra, Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykandni egallaydi. Shahardagi 
og‘ir janglardan so‘ng Poykand arablar qo‘liga o‘tadi. Poykand fojiasidan so‘ng 
Qutaybaga zarba berish maqsadida So‘g‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori 
Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. 
Ularga turklar yordamga kelib, 40 ming kishi atrofida qo‘shin to‘planadi. Qutayba 
qurshovda qoladi. Lekin lashkarboshi hiyla ishlatib, butunlay tor-mor bo‘lishdan 
qutulib qoladi. 708-709-yillar mobaynida Buxoro va uning atrofidagi yerlarga 
hujum boshlandi. Buxorxudot Tug‘shod qo‘shinlari tor-mor etiladi. U 710-yilda 
Samarqandga yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda Xorazmdagi hokimiyat 
uchun kurashga aralashadi. 711-yilda Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod 
boshliq xalq harakati bostiriladi. Xorazmshoh Chag‘on arablarga qaram bo‘lib 
qoladi. 712-yilda Qutayba bo‘ysundirilgan viloyatlar ko‘shini bilan birgalikda 
Samarqandga yurish boshlaydi. Samarqand hukmdori G‘urak (710-737) arablarga 
qattiq qarshilik ko‘rsatsa-da, yengiladi2 . Tuzilgan shartnomaga ko‘ra, G‘urak 
So‘g‘d, Kesh va Nasaf hokimi lavozimiga tayinlanadi. G‘urak 3 ming ta qo‘y, 50 
ming misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2 ming bo‘lak gazmol to‘lash majburiyatini 
oladi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu yerda o‘z ukasi Abdurahmon ibn 
Muslimni saralangan qo‘shin bilan qoldiradi. 713-yilga kelib Movarounnahrda 
Qutayba qo‘shinlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan kuch qolmadi. 715-yilda 
Qutayba Qashqargacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi. Arablar Markaziy Osiyoni o‘n 
yil davomida bosib oldi. Bunga sabab mintaqadagi siyosiy tarqoqlik, mahalliy 
hukmdorlarning shaxsiy manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qo‘yishidir. Bosqin 
davrida arablar viloyat hokimlarining o‘zaro kurashidan ustalik bilan foydalangan. 
Ular mustaqil viloyatlarning o‘zaro birlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildilar. 
Bundan tashqari, ozodlik uchun kurashgan xalq, mahalliy hukmdorlarning olib 
borgan noto‘g‘ri siyosati sababli mag‘lubiyatga uchradi. Arablar o‘lkani bosib olish 


chog‘ida dehqonchilik vohalari cho‘lga aylandi, shahar va qishloqlar vayron etildi. 
Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina joylarda qurg‘oqchilik boshlandi. Arablar 
zulm va zo‘ravonlikni kuchaytirdi. Xalq ikki tomonlama zulm siyosati ostida qoldi. 
Bosqinchilar arablashtirish siyosatini olib bordilar. Movarounnahrga minglab 
arablar ko‘chirib keltirildi. Qutayba ibn Muslim mahalliy xalqlar uy-joylarining 
yarmini tortib olib, ko‘chirib keltirilgan arablarga bo‘lib bergan. Faqat Samarqand 
shahriga quraysh qabilasidan besh ming arab ko‘chib kelib joylashdi1 . 
Movarounnahrda Arab xalifaligi mahalliy soliqlarni saqlab qolib, yangi yer solig‘i 
– xiroj(hosilning uchdan bir qismi), chorva, xunarmandchilik va savdo-sotiqdan 
zakot (daromadning qirqdan bir qismi), ushr (daromadning o‘ndan bir qismi) hamda 
juzya (boylar uchun 48 dirxam, o‘rta hollarga 24 dirxam, kambag‘allarga 12 dirxam) 
jon solig‘ini joriy qildi. Bosqinchilar hukmronligining siyosiy negizini 
mustahkamlashda islom dinidan foydalandi. Markaziy Osiyo aholisi e’tiqod qilgan 
zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. 
Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu 
dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Ularning ayrimlari o‘rniga masjidlar 
barpo qilindi. Zardushtiy adabiyot, xususan diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar 
yo‘q qilindi. Islom dinini qabul qilgan mahalliy aholi vakillari dastlab xiroj va juzya 
soliqlaridan ozod etildi va boshqa imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun 
masjidlarga borganlarga 2 dirhamdan pul ulashilar edi. Masalaning nozik tomoni 
shundaki, islom dinining ko‘p jihatdan afzalligi, axloq va intizom nuqtai nazaridan 
ommaviylik xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez 
orada qabul etilishiga sabab bo‘ldi. Aholi islomning mohiyatini anglaganidan keyin, 
unga rag‘bat va e’tiqod paydo bo‘ladi. Savdo, maishiy hayot, zakot masalasida 
Qur’on va shariat qoidalari aholi tomonidan qabul qilindi. Alloh oldida 
muslimlarning tengligi dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik 
ruhi uning qabul qilinishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Arablar istibdodiga 
qarshi Movarounnahr xalqlarining ozodlik kurashi va uning oqibatlari Arablarning 
bosqinchilik siyosatiga qarshi Markaziy Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi 
to‘xtamadi. Soliqlarning ko‘pligi, arablashtirish siyosati, mahalliy aholi 
huquqlarining poymol etilishi ularning noroziligiga sabab bo‘ldi. Arab 
bosqinchilariga qarshi kurash umumxalq qo‘zg‘olonlar tusini oldi. Movarounnahrda 
arab istibdodiga qarshi dastlabki yirik qo‘zg‘olon 720-722-yillarda So‘g‘diyonada 
G‘o‘rak (So‘g‘d ixshidi) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligida bo‘lib 
o‘tdi. 725-729-yillarda xalifalikning og‘ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, 
Buxoro va Xuttalon viloyatlarida qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olon 
ishtirokchilari arab ma’murlarining olib borgan siyosatiga norzilik bildirib ommaviy 
ravishda islom dinidan chiqadilar. 736-737-yillarda Tohariston va So‘g‘dda 
arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. Faqat Nasr ibn Sayyor noibligi 
davrida (738- 748) o‘lkada osoyishtalik o‘rnatildi. 746-yilda Xuroson va 
Movarounnahrdagi abbosiylik harakatiga boshchilik qilish uchun Abu Muslim (asli 
ismi Abduraxmon ibn Asad, taxminan 727-755-yillar) yuboriladi1 . Abbosiylarning 
ramziy rangi va bayrog‘i qora edi. Shuning uchun u qora kiyimliklar harakati deb 
nom olgan. Abu Muslim harakati tez orada butun Xuroson va Movarounnahrga 
yoyildi. 749-yilda Abu Muslim qo‘shinlari xalifalikning markaziy viloyatlariga ham 


kirib borib, Damashqni egallaydi. Xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi, 
abbosiylardan Abulabbos Saffoh (749-754) xalifalik taxtini egallaydi. Xalifalik taxti 
abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi. Bunda Abu Muslimning o‘rni va xizmati 
nihoyatda katta bo‘ldi. Abu Muslim abbosiylarni xalifalik taxtiga olib kelgan bo‘lsa-
da, lekin undan asosiy taxt da’vogari sifatida qo‘rqar edilar. Shu boisdan ham 755- 
yilda xalifa Abu Ja’far Davonaqiy – Mansur (754-775) Makkaga kelgan Abu 
Muslimni hiyla bilan qo‘lga olib o‘ldiradi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 
Xo‘ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko‘milgan. Abu 
Muslimning o‘chini olish uchun 755-yilda Rayda Sunbod Movarounnahrda Isxoq 
boshchiligida, 772-yilda Xurosonda Ustoz Siz boshchiligida va 782-yilda Jo‘rjonda 
qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan. 769-783-yillarda Movarounnahrda yirik «oq kiyimlilar» 
qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Hoshim ibn Hakim xalq 
orasida Muqanna (yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan. Muqanna 
Marv atrofida joylashgan Qozi qishlog‘ida tug‘ilgan. U kudungar (kigiz 
bosuvchi)lik hunarini o‘zlashtirgan. Noyob iste’dod egasi bo‘lib, juda ko‘p qadimgi 
kitoblarni o‘qigan. Xuroson noibi Abu Muslim davrida (750-755) sarxang-kichik 
lashkarboshi lavozimiga tayinlangan, xizmat pillapoyalaridan tez ko‘tarilib, 
Abduljabbor Azdiy davrida (757-759) vazir lavozimiga tayinlangan. Davlat 
xizmatini o‘tashi davomida Mazdakiylik g‘oyasiga e’tiqod qiladi. Muqanna 
Xuroson amirining isyonida ishtirok etib, o‘zini ijtimoiy adolat o‘rnatuvchi maxdiy 
deb e’lon qiladi. Qo‘zg‘olon bostirilganidan keyin Muqanna zindonga tashlanadi. U 
zindondan qochib Marvga keladi. Bu yerda turib u aholini arab bosqinchilarini 
mamlakatdan haydab chiqarish va umumiy mulkiy tenglik o‘rnatishga da’vat etadi. 
Muqannaning da’vatlari jamiyatning turli tabaqalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
Lekin uning tarafdorlari Naqshab va Kesh shaharlarida ko‘pchilikni tashkil etgan. U 
776-yilda Marvdan Movarounnahrga o‘tib Arab xalifaligiga qarshi qo‘zg‘olonga 
boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olonning markazi Kesh yaqinidagi Som (Sanam) qal’asi 
edi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Xalifa Abu 
Ja’far 776-yilda Jabroil ibn Yahyo boshliq qo‘shinni Movarounnahrga yuboradi. 
Qo‘zg‘olonchilar bilan bo‘lgan jangda Jabroil qo‘shinlari yengiladi va Samarqandga 
chekinadi. Jabroilga yordamga yuborilgan qo‘shin Termiz yaqinida 
qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Naqshab va Chag‘aniyon 
qo‘zg‘olonchilar tomonidan egallanadi. 776-yildan qo‘zg‘olon Buxoro hududlarida 
avj olib, Eloq (Ohangaron vodiysi) hamda Shoshga o‘zining kuchli ta’sirini 
o‘tkazadi. Narshah qal’asida qo‘zg‘olonchilar to‘rt oy davomida arab 
bosqinchilariga qarshi kurash olib bordilar. Bu janglarda arab bosqinchilari mahalliy 
zodagonlar ko‘magida qo‘zg‘olonchilarni yengadi. Samarqandda «oq kiyimlilar» 
arablarga qarshi ikki yil davomida kurash olib bordi. Xalifalikdan yordam olgan 
arablar qo‘zg‘olonni bostirdilar. Bosqinchilarga qarshi kurash 783-yilga qadar 
davom etdi. Som qal’asi uzoq davom etgan qamaldan keyin arablar tomonidan 
egallandi. Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ldi. Muqanna 
boshchiligidagi oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonning 
mag‘lubiyatga uchrashi sabablari quyidagilardan iborat: 58 1) qo‘zg‘olon 
ishtirokchilari uyushqoqlik bilan harakat qilmadi, uning asosini tashkil etgan 
dehqonlar o‘z qishlog‘idan bosqinchilarni quvib chiqarish bilan cheklangan; 2) xalq 


harakatining ommalashib ketganidan qo‘rqqan mahalliy zodagonlar bosqinchilar 
tomoniga o‘tib ketdi; 3) qo‘zg‘olonning uzoq vaqt davom etishi xalqni holdan 
toydirdi va qo‘zg‘olonning to‘xtashiga olib keldi. Muqanna qo‘zg‘oloni yengilgan 
bo‘lsa-da, xalqning ozodlik uchun kurashi to‘xtab qolmadi. Oq kiyimlilar 
qo‘zg‘olonidan so‘ng, 806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana 
kuchli qo‘zg‘olon boshlandi. Bu qo‘zg‘olon Samarqandda boshlanib, Shosh, 
Farg‘ona, Buxoro, Naxshab, Xorazm va boshka hududdarga ham yoyildi va 
xalifalikni larzaga keltirdi. Xuroson noibi Ma’mun mahalliy zodagonlar – 
Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar yordami bilangina 
qo‘zg‘olonni bostirdi. Xullas, arablarga qarshi olib borilgan xalq qo‘zg‘olonlari 
Markaziy Osiyoda xalifalik hukmronligi ildizlariga bolta urdi va bu yerda mustaqil 
davlatlar vujudga kelishiga zamin yaratdi. Markaziy Osiyo xalqlarining to‘xtovsiz 
ravishda olib borgan kurashi arab xalifaligining tinkasini quritdi va xalifalik 
hokimlari mahalliy zodagonlar vakillarini xalifalik davlat hokimiyatining oliy 
darajalariga ko‘tarishga majbur bo‘ldilar. Markaziy Osiyo hududida markazlashgan 
davlatlarning vujudga kelishi Tohiriylar sulolasining inqirozga yuz tutishi natijasida 
IX asrda Movarounnahrda yangi — Somoniylar sulolasi paydo bo‘ldi. Ma’munning 
xalifalik taxtini egallashida Movarounnahrlik Somon ibn Xudodning ham alohida 
xizmati bor edi. Shuning uchun ham xalifa Ma’mun o‘ziga sodiq Somonxudod 
avlodlariga katta ishonch bildirib, ularga Movarounnahrning turli hududlarini 
mustaqil boshqarish huquqini topshirib qo‘yadi. Ahmad 819-820-yillardan 864-865-
yillargacha Farg‘ona mulkida, No‘h 812-820- yillardan 841-842-yillargacha 
Samarqandda, Yahyo 819-820-yillardan 841- 842-yillargacha Samarqandda, Yahyo 
819-820-yillardan 855-856- yillargacha Shosh va Ustrushonada hokimlik qiladilar. 
Dastlabki davrlarda somoniylar tohiriylarga tobe bo‘lib, ular orqali xalifalikka 
ma’lum miqdorda to‘lovlar yuborib turganlar. Xalifalik xazinasiga Samarqand 
hududi 326 ming, Farg‘ona – 280 ming, Shosh – 607 ming, Usturshon – 50 ming 
muhammadiy dirham miqdorida har yili to‘lovlar yuborgan. Somoniylar, 
tohiriylardan farqli o‘laroq, dastlab o‘z 59 hududlarida kumush dirhamlar emas, 
balki mis tangalar zarb etganlar. Biroq asta-sekinlik bilan somoniy hukmdorlar o‘z 
ta’sir doiralarini kengaytirib, o‘lka mustaqilligini mustahkamlab borganlar. 
Ayniqsa. No‘h ibn Asad vafotidan so‘ng Nasr ibn Ahmad Somoniyning 
Samarqandga noib etib ko‘tarilishi (855) hamda ko‘p o‘tmasdan Yahyo o‘limidan 
keyin (856) Shosh va Ustrushon yerlarining ham uning tasarrufiga o‘tishi 
Somoniylar davlati hududlarining birlashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 865 
yilda otasi Ahmad ibn Asad(865-892) vafotidan so‘ng amalda Nasr 
Movarounnahrning birdan-bir yagona hukmdori bo‘lib qolgandi. Nasr 1 ibn Ahmad 
o‘z davlatining sharqiy hududlarini ko‘chmanchi qabilalarning hujumlaridan 
muhofaza qilish, so‘ngra kuchli jangovar armiya tashkil qilish, Buxoro yerlarini 
tohiriylardan qaytarib olishdan iborat asosiy maqsad, vazifalarni ham muvaffaqiyatli 
hal eta oldi. Nasr Turkiston shahri tomon yurish qilib, ko‘chmanchi qabilalar ustidan 
muhim g‘alabaga erishadi. 874 yilda esa tohiriylarga qarshi ko‘tarilgan Buxoro xalqi 
qo‘zg‘olondan foydalanib, Buxoroni ham o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Buxoroni 
idora etishni Nasr ukasi Ismoilga topshiradi. Shu tariqa Movarounnahrning amaldagi 
mustaqilligi Nasr va Ismoil Somoniylar tomonidan ta’minlanib boshqariladi. Nasr 


Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini 
mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi. 
Shundan so‘ng aka-uka o‘rtasida nizo paydo bo‘ladi: 886-yili Nasr va Ismoil 
qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag‘lub bo‘ldi va u vaqtincha Buxoro 
noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o‘tgach aka-uka qo‘shinlari o‘rtasida yana 
to‘qnashuv bo‘ldi. Bu jangda Ismoilning qo‘li baland keldi. Nasr qo‘shini tor-mor 
qilindi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo‘liga o‘tdi. Lekin Ismoil Nasrdan 
taxtni tortib olmadi va Nasr o‘z vafotigacha (892-yili) somoniylarning boshlig‘i 
sifatida Samarqandda qoldi. Nasr vafotidan so‘ng Ismoil davlat boshlig‘i bo‘ldi. 
Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. O‘zaro janjal va isyonlarni bartaraf 
etgach Ismoil 893-yili ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortdi va Tarozni egalladi. 
U bu yerda xonni va uning 10 ming qo‘shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o‘ljani 
qo‘lga kiritdi. Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar, 
bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani buyuk va qudratli davlatga aylantirish 
uchun o‘zining bor kuch-g‘ayratini ishga soldi. Qudratli va markazlashgan davlat 
tuzish uchun Ismoil birinchi navbatda mahalliy zodagonlar va savdogarlarning 
manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq 
xo‘jaligini, xunar60 mandchilik va savdoning rivojlanishi uchun keng shart-
sharoitlar yaratib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil yaxshi qurollangan, katta 
va saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk 
g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada Somoniylar 
davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi. 
Somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar quyidagicha: No‘h ibn Asad(819-842), 
Ahmad ibn Asad(842-864), Nasr 1 ibn Ahmad(864-897), Ismoil ibn Ahmad (897-
907), Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr II ibn Ahmad(914-943), Nux 1 ibn 
Nasr(943-954), Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur 1 ibn Nuh( 961-976), Nuh 
II ibn Mansur (976-997), Mansur II Nuh(997-999). Somoniylar davlatida markaziy 
va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy davrida uzil-kesil qaror topdi. Bu 
davlatda markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga 
oshirilgan. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo‘lmish turk 
g‘ulomlarining roli katta bo‘lgan. Eng obro‘li, iqtidorli g‘ulomlar xiyolboshi (otliq 
askarlar boshlig‘i), so‘ng xojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm, 
farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amir (xaros) oliy siyosiy hokimiyatni 
boshqargan. Davlat siyosati va mafkura islom diniga asoslangani uchun Somoniylar 
davlatida ham xalifalik boshqaruv tartiblarini takrorlovchi, ayni vaqtda esa mahalliy 
turkiy xalqlarning davlatchilikdagi tarixiy an’analarini o‘zida mujassam qilgan 
davlat boshqaruv tizimi shakllantirildi. Somoniylar saroyida ham devonboshilar, 
mirzaboshilar, miroxo‘rlar va boshqa mansablar mavjud bo‘lgan. Markaziy 
boshqarma 10 ta devondan iborat bo‘lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni 
hisoblanib, boshqalari unga bo‘ysungan. Somoniylar dalatidagi markaziy hokimiyat 
boshqaruvi ta’sirida xo‘jalik hayoti ham o‘sib asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi. 
Mamlakat xo‘jalik hayotida «iqto» mulklarining o‘rni katta edi. Bu mulk egalari esa 
iqtodor deb yuritilgan. Iqtodorlar ko‘pgina mulklarini davlat oldidagi alohida 
xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto shaklida hatto viloyatlar, vohalar, 
shahar va tumanlar hadya qilingan. Somoniylar davrida xo‘jalikning barcha sohalari, 


dehqonchilik va chorvachilik rivoj topdi. Sug‘orish shaxobchalarining kengayishi, 
suv inshootlari (kanallar, ariqlar, to‘g‘onlar)ning ko‘plab bunyod etilishi natijasida 
ziroatchilikning muhim tarmoqlari – g‘allachilik, sholikorlik, polizchilik, 
bog‘dorchilik tez o‘sib bordi. Bu sohalar, ayniqsa Zarafshon, 61 Qashqadaryo, 
Shosh, Farg‘ona vodiysi va Xorazm vohasida ko‘proq rivojlandi. Murg‘ob, Buxoro, 
Samarqand va Shosh atroflarida paxtachilik maydonlari kengaydi. IX-X asrlar 
xo‘jalik hayotida hunarmandchilik ham alohida o‘rin tutgan. Shaharlarda 
to‘qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik 
singari hunar turlari ancha rivojlandi. Bu esa shaharlar qiyofasining keskin 
o‘zgarishiga, ularda oliy imoratlar masjidu madrasalar, ko‘rkam rastalaru 
karvonsaroylarning qad rostlashiga olib kelgan. Buxoroda kumush tanga va dirham 
zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha, Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni 
to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan. Buxorodan zandanicha nomli matoni Shom, Misr, 
Rumga olib ketganlar. Somoniylar davlati feodal yer egaligiga asoslanganligi tufayli 
undagi mulkiy bo‘linish ham turli xil shakllarga ega bo‘lgan. Bular quyidagilardir: 
1) mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar; 2) mulk yerlari – xususiy mulk 
yerlari; 3) vaqf yerlari (machit, madrasa va boshqa diniy muassasalar tasarrufiga 
berilgan yerlar); 4) jamoa yerlari. Olinadigan soliqqa qarab yerlar ikkiga bo‘lingan: 
a) «Mulki xiroj» – xiroj yerlar, ya’ni soliq olinadigan yerlar; b) soliq to‘lashdan 
qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Somoniylar davrida ko‘pchilik dehqonlar 
turli xil soliq va to‘lov turlaridan tashqari davlat tomonidan ko‘plab majburiyatlarni 
o‘tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini tozalash, ta’mirlash, to‘g‘onlar, 
ko‘priklar, yo‘llar qurish shular jumlasidan edi. Bunday og‘ir ishlarga jalb qilingan 
odamlar haftalab, o‘n kunlab, ba’zan esa oylab o‘z hisobidan ishlab berishga majbur 
edilar. Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko‘pchiligini kadivorlar, ya’ni 
yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda «sherik» yoki 
«barzikor», Xurosonda esa «akkor» deb atalgan. Somoniylar davlati tashqi 
tomondan har qancha kuchli bo‘lib ko‘rinsada, biroq u bir qator ijtimoiy 
ziddiyatlarni hal eta olmadi. Buning natijasida X asr oxiriga kelib bu hududda 
Qoraxoniylardan iborat yangi sulolaning hukmronligi vujudga keldi va 
mustahkamlanib bordi. X asr o‘rtalariga kelib Yettisuv va Qashqar hududida 
yashovchi qorluq, chig‘il va yag‘molarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan 
bu qabilalar endilikda bir qator omillar ta’siridan o‘troq hayotga o‘ta bordilar. 
Ularda dehqonchilik bilan shug‘ullanish kuchli rivoj topdi. Shaharlar o‘sdi. 62 X asr 
o‘rtalariga kelib bu qabilalarning birlashuvi jarayoni yangi pallaga kirdi. Issiqko‘l 
janubi va Qashqarda yashagan yag‘molarning o‘zlaridan shimolda yashagan chig‘il 
qabilalari bilan ittifoq tuzishi bu birlashuvga negiz yaratdi. Ular Yettisuvga hujum 
uyushtirib, ko‘p sonli qorluqlarni bo‘ysundirdilar. Ushbu qabilalarning hayoti va 
turmush tarzi, tili va madaniyati to‘g‘risida mashhur turkshunos olim Mahmud 
Qoshg‘ariy XI asrda «Devoni lug‘atit turk» ya’ni «Turkiy so‘zlar lug‘ati» asarini 
yozgan. Qorluqlar to‘g‘risidagi to‘la ma’lumotni noma’lum muallif tomonidan 
yozilgan «Hudud al Olam» kitobidan olish mumkin. Markaziy Osiyoning Oltoy 
janubiy yonbag‘ridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan 
etaklarida, Chu, Ili, Norin, Talas daryolari vodiylari bo‘ylab Pomirgacha bo‘lgan 


hududlarda turk tilida so‘zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. Bu turk qabila va 
urug‘lari turlicha nomlar bilan atalsalarda, sheva jihatidangina bir-birlaridan 
farqlanadigan yagona bir tilda so‘zlashar edilar, ularning turmush tarzi, madaniyati, 
urf-odatlari bir xil bo‘lgan. Ularning jismoniy baquvvatligi, tabiatidagi xususiyatlari, 
mardligi, urishqoqligi va epchilligi ham bir-biriga o‘xshagan. Bu ulkan xalqlar 
tarkibiga turk qabila va urug‘larining juda ko‘plab guruhlarini: qarluqlar, chigillar, 
yag‘molar, tuxsilar, uyg‘urlar, o‘g‘uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi 
va madaniyatlisi qarluqlar bo‘lgan. Qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk 
xalqlari yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va go‘zal bo‘lib, oqar suvlari 
ko‘p va iqlimi mo‘tadil bo‘lgan. Toroz tumani va Issiqko‘l atroflarida joylashgan 
chigillar qoraxoniylar davlatida katta mavqyega ega bo‘lganlar. Ular madaniy 
taraqqiyotda qarluqlardan orqada bo‘lsalar-da, boy, to‘q va farovon turmush 
kechirganlar, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, quyosh va yulduzlarga 
topinganlar. Turk qabilalarining uchinchi yirik guruhi yag‘molar edi. Ular 
Issiqko‘lning janubida, Qashqar shahri tomonlarda, ko‘pchilik qismi esa, Sharqiy 
Turkiston hududlarida ko‘chib yurgan. «Hudud al Olam « muallifi yag‘molarni 
madaniyatda orqada qolgan qabila edi, deb yozadi. Ular dehqonchilik bilan 
shug‘ullanmaganlar, asosan yovvoyi hayvonlarni ovlash va mo‘ynachilikni 
o‘zlariga kasb qilib olganlar. Shu bois yag‘molarning yilqi va qo‘y podalari ko‘p 
bo‘lgan va ular boshqa turk qabilalariga nisbatan nihoyatda jasur va jangovarliklari 
bilan mashhur bo‘lganlar. Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishida yuqorida tilga 
olingan turkiy qabilalar muhim rol o‘ynaganlar. Bu davlatning tashkil topishini 
Satuk Bug‘raxon nomi bilan ham bog‘laydilar. Uncha aniq bo‘lmagan 
ma’lumotlarga ko‘ra Qoraxoniylar davlatiga 930-yildan uning vafotiga qadar (955-
yil, boshqa ma’lumotlarda 959-yil) hukmronlik qilib kelgan, 63 uning nomiga unvon 
sifatida «qora» so‘zi qo‘shilib Satuk Bug‘ra Qora hoqon deb atalgan. 1 «Qora» 
iborasi qadimgi turkiy tillarda «buyuklik», «ulug‘lik» ma’nolarini anglatgan. Shu 
bois u buyuk hukmdor so‘ziga tengdir. Qoraxoniylar hukmdori Hasan Xorun 
Bug‘raxon barcha turkiy qavmlardan tashkil topgan lashkar bilan 992-yilda 
Movarounnahr sarhadlari sari yurish boshlaydi. Yo‘l-yo‘lakay Shosh, Farg‘ona va 
boshqa o‘lkalarning xalqlari ham unga madad ko‘rsatadilar. Bu davrda somoniylar 
har tomonlama tushkunlikka yuz tutib, hukmdorlarining nufuzi va ta’siri keskin 
tushib ketgan edi. Somoniylar hokimiyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan turk 
g‘ulomlari, ularning sarkardalari ham katta ta’sirga ega bo‘lib, somoniy 
hukmdorlarning izmiga bo‘ysunmay qo‘ygan edilar. Bug‘raxonning 992- yilgi 
birinchi hujumidayoq Buxoroni egallashi shundan dalolat beradi. Hasan Bug‘raxon 
kasallanganligi tufayli Buxoroni tark etdi va yurtiga qaytish chog‘ida yo‘lda halok 
bo‘ldi. Bundan foydalangan somoniylar vakili No‘h II ning o‘g‘li Nasr Somoniy 
Buxoro taxtiga qayta chiqib oldi. Biroq qoraxoniylar 996-yilda Buxoro tomon yangi 
harbiy yurish boshlaydilar. Bu yurishga Nasr Bug‘raxon boshchilik qiladi. 999-yilga 
yilga kelib Buxoro to‘liq ishg‘ol qilinadi. Butun Movarounnahr qoraxoniylar 
tasarrufiga o‘tadi. 1001-yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan 
shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi.Somoniylar 
davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi. Qoraxoniylar o‘rtasidagi sulolaviy 
kurashlar oqibatida XI asrning 40- yillariga kelib xonlik ikkiga bo‘linib ketdi. 


G‘arbiy xonlik markazi Buxoro bo‘lib, unga Movarounnahr va Farg‘onaning g‘arbiy 
hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasog‘un bo‘lib, uning tarkibiga Talos, 
Isfijob, Shosh, Farg‘onaning sharqiy qismi, Yettisuv va Qashqar yerlari kirgan. 
Qoraxoniylarning yer, mol, dunyo va davlat talashib g‘aznaviylar, saljuqiylar va 
qoraxitoylar bilan olib borgan kurashlari oqibatida bu davlat kuchsizlanib qoldi. 
1130-yilda Qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga butunlay qaram bo‘lib 
qoldi. 1211- yilda Xorazmshoh Aloviddin Muxammad qoraxoniylarga so‘nggi 
zarbani berdi va qoraxoniylar sulolasini butunlay tugatdi. Qoraxoniylar davri 
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida muhim ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy 
o‘zgarishlarning ro‘y berganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda o‘lka somoniylar 
davridagidek markaziy asosda emas, balki ko‘proq mahalliy-hududiy tarzda 
boshqarilar edi. Xonlar xoni hisoblangan Tamg‘achxon asosan Qashqarda turib, 
viloyatlarni idora qilishni mahalliy zodagonlar ixtiyoriga to‘la topshirib qo‘ygan edi. 
Iloqxonlar o‘z hududlarini katta vakolatli hukmdorlari sifatida faoliyat ko‘rsatib, 
amalda mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Jumladan, poytaxti Samarqand bo‘lgan 
Movarounnahr Iloqxoni Qoraxoniylar davlatida katta obro‘ va ta’sirga ega bo‘lgan. 
Shu bois viloyat boshqaruvi ma’muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, 
sohibbaridlar, mustafiylar va boshqa mansabdorlar faoliyat ko‘rsatgan. Shaharlar 
esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan. Tamg‘ochxonlar 
mis tanga pullar zarb qilganlar. Qoraxoniylar davrida ham musulmon ruhoniylari 
katta imtiyozga ega bo‘lganlar. Bunga javoban ular mahalliy aholini itoatda tutishda 
hukmron sulolaga xolis xizmat qilganlar. Katta-katta yer-mulklar ularning 
tasarrufiga vaqf mulklari sifatida berib qo‘yilgan. Qoraxoniylar davrida aholi 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ovchilik va savdo-sotiq bilan 
shug‘ullangan. Somoniylar davrida juda katta siyosiy kuchga ega bo‘lgan dehqonlar, 
yirik yer egalari qoraxoniylar davriga kelib o‘zlarining ilgarigi mavqyelarini yo‘qota 
bordilar. Chunki qoraxoniylar bu yirik yer egalarining mulklarini tortib olib, asli 
kasbi-kori ko‘chmanchi chorvachilik bo‘lgan o‘z amaldorlari, lashkarboshilariga 
bo‘lib bera boshladilar. Qoraxoniylarda ikki poytaxt Qoshg‘ar va Bolasog‘un 
sanalib, ulug‘xon shu shaharlardan birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki 
xon ulhoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton 
ulsalotin, fors tarix asarlarida shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy 
unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg‘achxon deb ham yuritilgan. 
Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg‘achxon tomonidan uning o‘g‘illari, 
qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o‘g‘il, 
amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu, amakivachchalar o‘rtasida doimiy nizolar yuz 
berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan. Qoraxoniylar davlati boshlig‘i 
lavozimi hoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga: dargoh va 
devonga bo‘lingan. Hoqon harbiy qo‘shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki 
sipahsolor qo‘mondonlik qilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. 
Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro raiyyat deb 
atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan. Savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar 
davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, 
zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik 65 mahsulotlarini qayta ishlovchi 
sohalar taraqqiy etgan. Shuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib 


olingan. Shaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Qoraxoniylar 
davrida ham, somoniylar davridagidek, shaharlar hayoti o‘sib, rivoj topdi, 
hunarmandchilik turlari, savdo-sotiq sohalari ham ancha yuksaldi. Samarqand, 
Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent, Marv, Isfijob va boshqa shaharlarning xalqaro 
karvon savdosidagi roli va mavqyei ham muttasil oshib bordi. Xorazm o‘lkasi ko‘p 
davrlar mobaynida turli hukmron sulolalar va ajnabiy davlatlarning diqqat-e’tiborida 
bo‘lib kelgan. Shu bois ham uni egallash uchun vaqti-vaqti bilan tashqi kuchlar 
harakat qilganlar. Bu esa Xorazmning o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lishiga sabab 
bo‘libgina qolmay, uning iqtisodiy-madaniy rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Jumladan, 1017-yilda Xorazm yerlari Sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib 
olingan bo‘lsa, 1044-yildan esa u Saljuqiylar davlati tobeligiga tushib qolgan. XII 
asr o‘rtalariga kelib esa sharqiy hududlardan bostirib kelgan qoraxitoylar deyarli 
butun Movarounnahrni ishg‘ol etadi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida 
Xorazm mulkini mustaqil boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan turk o‘g‘loni 
Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-1127) va Jaloliddin 
Otsiz (1127- 1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi kengaydi va uning 
ijtimoiyiqtisodiy qudrati muttasil o‘sib bordi. Bu hududdagi Gurganch, Qiyot, Kot, 
Hazorasp singari obod shaharlarning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari 
sifatidagi mavqyei to‘xtovsiz yuksaldi. Tashqi savdoda Xitoy, Andaluziya, Rossiya, 
Yaqin Sharq mamlakatlari bilan aloqalar keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu davrda Xorazm 
hunarmandchilikning 50 dan ortiq turlari xorijda yuqori baholangan. Xorazmda 
Anushtaginlar sulolasining mustahkamlanishi, o‘lkaning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida Qutbiddin Muhammad garchi muhim rol o‘ynagan bo‘lsada, biroq 
uning butun hukmronlik davri saljuqiylar ta’siri doirasida kechdi. Shuning uchun 
ham Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o‘rni va mavqyei ko‘proq uning o‘g‘li 
Otsiz(1127-1156) hamda anushteginlarning keyingi avlodlari El Arslon(1156-
1172), Takash (1172-1200) va Alovuddin Muhammad(1200-1220) davrlarida har 
jihatdan ko‘zga tashlanadi. So‘nggi hukmdorlar Takash va Muhammad 
Xorazmshohlar davriga kelib esa Xorazm davlati o‘rta asrlar davridagi eng qudratli 
saltanatga aylandi. Bir tomondan, buyuk Saljuqiylar davlatiga tobelik va ikkinchi 
tomondan sharqdan bostirib kelgan ko‘p sonli qoraxitoylarga yiliga 30 ming dinor 
to‘lab turish majburiyatini o‘rinlash va shu barobarida Xorazmning mustaqilligini 
ta’minlashda Xorazmshoh Otsizning xizmatlari katta bo‘ldi. 66 Xorazmshoh Otsiz 
1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o‘rtasida yuz bergan qonli to‘qnashuv 
va unda saljuqiylarning mag‘lubiyatidan foydalangan Otsiz Xuroson yerlarini, 
Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152 yilda Jandga qo‘shin tortib, uni Xorazm 
davlatiga qo‘shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat mustaqilligini 
kuchaytirish yo‘lida qoraxitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon 
vafotidan(1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm hududiga bostirib kirdilar va uni 
o‘lpon to‘lashga majbur etdilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash(1172-
1200) tez orada mohir davlat arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o‘z 
davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq bo‘ladi. 1187-1193 yillarda u Nishopur, 
Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194 yilda esa saljuqiylar sultoni To‘g‘rul II 
ga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning ixtiyorida 150 ming harakatdagi va 
200 ming kishidan ziyod zaxiradagi katta jangovar armiya mavjud bo‘lgan. Uning 


katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat boshqaruviga ega bo‘lgan. Unda oliy 
idora-devon mavjud bo‘lib, davlatning butun ichki va tashqi siyosati vazir 
tomonidan amalga oshirilgan. Hokimiyatning muhim bo‘g‘inlarida Takashning 
xotini – Turkon xotinga qarashli qipchoq qavmlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Takashning o‘rniga 1200 yil uning o‘g‘li Aloviddin Muhammad taxtga chiqdi. 
Bundan norozi bo‘lgan Muhammadning o‘gay og‘asi, Nishopur hokimi Hinduxon 
taxt uchun kurashish maqsadida qo‘shin to‘plash uchun Marvga jo‘nab ketdi. Ammo 
bir muammo bor ediki, u ham bo‘lsa Takashning xotini va Aloviddin 
Muhammadshohning onasi Turkon xotin edi. Davlat faoliyatining hamma asosiy 
kaliti uning qo‘lida bo‘lib, Muhammad faqat rasmiy hukmdor edi, xolos. Asosan 
turklardan tashkil topgan qo‘shin Turkonxotinga bo‘ysunardi. Harbiy boshliqlar 
moliya boshqarmasi uning o‘z urug‘i-bayotlardan edi. Uning qo‘lidagi muhrda 
«Umidim faqat Allohdan» degan yozuv bor edi. Bu muhr hatto Xorazmshoh 
Muhammad muhridan qudratli edi. U nihoyatda qattiqqo‘l edi. Chet ellik elchilarni 
o‘zi qabul qilar, diplomatik munosabatlarni maslahatsiz hal etardi. Turkon xotinning 
yaqin qarindosh-urug‘lari deyarli barcha faxrli davlat ishi lavozimlarini egallab 
oldilar. Samarqand shahrining boshlig‘i Turkon xotinning og‘asi To‘g‘ayxon, O‘tror 
shahrining noibi uning qarindoshi Inalxon bo‘lgan. Bundan tashqari, Muhammad 
Xorazmshohning kenja farzandi O‘zlagshoh taxt vorisi deb e’lon qilinadi. Ayni 
vaqtda hali oqu qorani unchalik farqiga bormaydigan yosh go‘dak voris O‘zlagshoh 
Xorazm, Xuroson va Mozandaron noibi etib tayinlandi.(Bu yurtlar amalda Turkon 
xotinning mulklari hisoblanardi.) Boisi u O‘zlagshohning onasi 67 Turkon xotinning 
urug‘idan bo‘lgan. Ayni vaqtda Muhammad Xorazmshohning katta o‘g‘li Jaloliddin 
Manguberdi (Manqaburun) esa chekkadagi kichkina bir viloyat – G‘urning 
hokimligiga tayinlandi. Chunki uning onasi Oychuchuk boshqa urug‘dan edi. Bu hol 
turk harbiy sarkardalarining ikki guruhi – Jalloliddinning onasi Oychechak va 
Turkon xotin qarindoshlari o‘rtasida avj olib ketgan tarafkashlik kurashiga sabab 
bo‘ldi va u buyuk Xorazm halokatini tezlashtirgan omillardan edi. Xorazm 
davlatining eng yuksalgan cho‘qqisi ham, uning inqirozi ham shu so‘nggi 
Xorazmshoh nomi bilan bog‘liqdir. Binobarin, uning hukmdorlik davrining 
murakkabligi, ziddiyatliligi hamda fojealiligi boisi ham shundadir. Chunki, 
shuhratparastlik va jahongirlikka nihoyatda o‘ch bo‘lgan Sulton Muhammad 
o‘zining 20 yillik hukmronligi davrida, bir tomondan, to‘xtovsiz jangu jadallarda 
bo‘lib, qancha-qancha hududlarni bosib olishga erishgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 
uning davrida katta saltanat turli ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, inqiroz va chuqur 
tushkunlik holatini boshdan kechirdi. Bu esa oqibatda Xorazmshohlar davlatining 
qulashi va mo‘g‘ul istilosiga duchor bo‘lishiga olib keldi. Dastlab Muhammad 
Xorazmshoh katta qo‘shin tuzib, zafarli harbiy yurishlar qildi, o‘z davlat hududlarini 
kengaytirdi. Janubda Hindiqush tog‘larigacha, janubi-g‘arbda Fors qo‘ltig‘i, 
xalifalik davlati chegaralarigacha, sharqda Yettisuvga qadar bo‘lgan sarhadlarni 
egallashga muvaffaq bo‘ladi. 1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar bilan bo‘lgan 
hal qiluvchi jangda ularni ham yengib o‘z qudratini namoyon etdi. Ushbu 
g‘alabalardan so‘ng Xorazmshoh o‘ziga ortiqcha bino qo‘ydi, o‘zini «Iskandari 
soniy» (Ikkinchi Aleksandr), «Xudoning yerdagi soyasi» deb atashgacha borib 
yetadi. Biroq aslida esa uning saltanati «usti yaltirog‘u ichi qaltiroq» edi. Buning 


asosiy sababi, birinchidan, oliy hokimiyat chuqur ziddiyatga botgan edi. Hukmdor 
bilan uning hokimiyatparast, katta siyosiy mavqyega ega bo‘lgan onasi Turkon xotin 
va uning turkiy zodagonlardan iborat muxolifatchi kuchlari o‘rtasidagi ixtiloflar 
kuchayadi. Ikkinchidan, markaziy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar, beklar 
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar,ularning o‘zboshimcha xatti-harakatlarining 
kuchayib borayotganligi saltanatni inqirozga duchor etmoqda edi. Buning ustiga, 
hukmron tizimidan norozi bo‘lgan keng ommaning g‘alayonlari tobora faollashib 
bordi. 1206-1207- yillarda Buxoroda yuz bergan Malik Sanjar boshchiligidagi 1211- 
yilda Samarqandda ko‘tarilgan kuchli bo‘hronga yo‘liqqanligidan dalolat beradi. 
Xorazmshoh Muhammadning kaltabin siyosati, bosqinchilik yurishlari xalqaro 
maydonda ham katta norozilikka sabab bo‘ldi, u tobora 68 yakkalanib bordi. Hatto 
butun musulmon olamida ham bu davlatga nisbatan nafrat kuchaydi. Xalifalik 
davlati sharqdagi qudratli mo‘g‘ul davlati hukmdori Chingizxon bilan birlashib, 
Xorazmshohga zarba berish to‘g‘risida diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib bordi. 
Bularning hammasi pirovard natijada Xorazmshohlar davlatining chuqur ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy inqirozga uchrashiga olib keldi. Bu esa Chingizxon 
boshchiligida mo‘g‘ul bosqinchilariga Movarounnahr sarhadlariga bostirib kirish va 
uni ishg‘ol etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin