Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari Sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat hududida savdo
shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda, o‘z moddiy-
texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega
bo‘ladi.Yana bir afzallik shundan iboratki, eksport qilinganda vositachilar ishlab chiqaruvchilarni
tovar harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli
xillarga ajratish, bozorga moslashish va boshqalardan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit asosida bitimlarni moliyalashda
vositachi kapitalidan foydalaniladi. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta
kompaniyalari bilan aloqasi barqaror bo‘lishi lozim.
Diler - mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy
javobgarlikka ega.Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim
omil hisoblanadi. Eng avvalo, shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir
vaqtning o‘zida bozordagi sizning firmangizning raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda
vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha ixtisoslashganini tanlash zarur. Yana
vositachi firmaning bozordagi obro‘- e’tibori, mavqeyi, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan
ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilari: savdo shaxobchalarining moddiy
texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga
shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari – menejeri, vositachini va uning
shaxobchalarini shaxsan o‘rganadi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning
marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat turlari g‘oyat ko‘p. Ular
quyidagilardan iborat:
−
sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni
rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama
kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish;
−
transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash;
−
texnik xizmat, sotishdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish, bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va
uni taqdim etish.