1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   206
M.A.

8-o‘rin.
Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita o‘ringa bilet sotishga bekorga 
uringanlari yo‘q. Gap shundaki, yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun 
avialiniyalar har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar. 
7-o‘rin.
Amerikan 
Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan 
salatlarga solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi. 
6-o‘rin.
Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha 
hamma huquqlar egasi va uni ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, 
uzoq yillar davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan shartnoma sharofati 
bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan. 
5-o‘rin.
Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsulotni chiqaradigan Malayziyadagi 
kompaniyaning hamma ishchilariga nisbatan ko‘proq pul topadi. 
4-o‘rin.
Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond haqidagi filmga tushing! BMW 
konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz” filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma 
oldi, Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi. 
3-o‘rin. 
Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, CocaCola va Budweiserdir. Ya’ni 
ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro 
kompaniyasining birinchi egasi o‘pka rakidan vafot etgan. 
2-o‘rin. 
Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par binosini qurayotib, u aynan Tiffany 
do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak, deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha 
shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar atrofida hamisha badavlat 


odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini 
arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy boylar uchun status pulga 
nisbatan muhimroq. 
1-o‘rin. 
Insoniyat tarixidagi eng be’mani epizodlardan biri ham tijorat bilan bog‘liqdir. Ancha pul 
to‘lash uchun tovarga nisbatan qanchalik istak bo‘lishi lozim?! 1635– yilda, lola guliga 
ishtiyoqmandlik avjiga chiqqanda, lolaning bitta piyozi krovat, to‘rtta buqa, 12 ta qo‘y, to‘rtta 
cho‘chqa, to‘rt tonna bug‘doy, sakkiz tonna javdar, ikki tonna yog‘, kumush, kiyimlar to‘plami, 300 
litr vino, 4 tonna pivo va 300 kg pishloqqa almashtirilgan. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin