Marketing strategiyasida ansoff qoidasi — marketing nazariyasi va amaliyotida muhim o‘rin
tutadigan bir konsepsiya. Ma’lumki, marketing strategiyasini ishlab chiqish — korxona (firma,
kompaniya) faoliyatiga nisbatan dasturiy-maqsadli yondashuvdir.
Segmentlash strategiyasi — barcha guruhdagi iste’molchilar havola etilgan tovarlar va xizmatlar
bilan to‘yinganligi darajasini chuqurlashtirish, eng mayda jihatlarni ham qo‘shganda bozor
talabining eng ichkarisini tanlash;
Diversifikatsiya strategiyasi — shunchaki tovarlarni tabaqalashtirish emas, aksincha, mutlaqo yangi
va soha firmasi faoliyatining asosiy turlariga bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatining
yoyilishini ham qo‘shganda, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va ular bilan yangi bozorlarni
o‘zlashtirish.
Baynalmilallashtirish strategiyasi — yangi chet el bozorlarni o‘zlashtirish;
Bazaviy marketing strategiyasi — korxona (kompaniya)ning uzoq muddatli rejasi bo‘lib, g‘arb
mamlakatlarida unga ko‘pincha «xomaki reja», deb tarif beriladi. Mazkur reja mufassal qayd etilgan
strategiya rejalari tashqi muhitda voqealarning kutilmagan burilishlariga uchraydi, shuning uchun
bazaviy uzoq muddatli strategiya (maqsadning o‘zi singari) bir marta berilgan va o‘zgarmas bo‘ladi.
Marketing omillari — ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur bo‘lgan bozor shart-sharoitlari.
Marketing rejasi — tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan marketing strategiyasiga asoslangan
ma’lum davr (operativ yoki istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar
to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi nazorat
raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, grafiklar, prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks
ettiradi.
Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) — kompaniyaning bozordagi imkoniyatlarini, u yoki
bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va
makromuhitni, bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan kompaniya
uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni baholashdir.