1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   206
M.A.

Marketingmenejment 
Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing 
xizmati tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi 
qarorlarni optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati 
faoliyatining samarasini baholash. 
Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi funksiya osti vazifalarini o‘z 
ichiga oladi


Tashqi muhit tahlili. 

Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning ishlab chiqarish salohiyatini 
tahlil qilish. 

Bozor va iste’molchilarni o‘rganish. 

Tovar siyosatini o‘rganish. 

Tovar harakati va sotuvni shakllantirish. 

Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash. 

Marketing faoliyatini boshqarish. 



Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash. 

Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik normalarga mos kelishini 
ta’minlash. 
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan qaysi vaqtda foydalanish kerakligi 
juda ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy 
fondlar tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, moliyaviy ta’minlanganlik 
va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyatining funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning 
konkret davr ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani bajarish maqsad 
qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni 
tashkil qilinganlik darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil qilish; 4- 
sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish. 
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning integrallashgan, ya’ni firmaning 
barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan 
iboratki, firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan va bir — biri 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha 
bo‘limlari funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgandir. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin