1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206
M.A.

Past narxlar strategiyasi. 
Past narxlar strategiyasi tovarni sotib oluvchilar uning qiymatini idrok 
etadigan darajadan pastroq, ya’ni tovarni o‘z narxidan ko‘ra pastroq baholashni belgilashni ko‘zda 
tutadi. Bu strategiya tadbirkorlar tomonidan bankrotlikdan qochib, ishlab chiqarish quvvatini oshirib 
yuborganda, korxona o‘z mahsulotini bozorda uzoq vaqt mavjud bo‘lishini hisobga olmagan 
holatlarda qo‘llaniladi. 


Past narx strategiyasi sifatli o‘rtadan past (lekin yomon emas) tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi 
va ularga uzoq muddatga past darajadagi narxni o‘rnatishni ko‘zda tutadi. 
Past narxlar strategiyasi, shuningdek, yangi tovarni bozorga olib chiqishda uni bozorga tez singib 
ketishi «yorib o‘tish», iloji boricha ko‘proq miqdordagi xaridorlarni qamrab olishi potensial 
raqobatchilarning bozorga kirishini cheklash yoki sekinlashtirish maqsadlarida narx belgilashda 
qo‘llaniladi. «Yorib o‘tish» strategiyasi bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab olgandan keyin narxni 
asta-sekin oshirib borishni ko‘zda tutadi. Bu strategiya: agar xaridorlar narx darajasiga yuqori 
ta’sirchanligi bilan xarakterlansa, ushbu tovar ommaviy ishlab chiqarilib, mahsulot birligiga 
xarajatlar ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan tez pasaysa, agar raqobatchilarning ushbu korxona 
bilan taqqoslanganda xarajatlari ancha yuqori bo‘lsa va ular «narxlar urushi» dan qochish uchun o‘z 
narxlarini pasaytirmasalar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. 
Past narxlar strategiyasi yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida uning sotilish istiqbolini aniqlash, 
narxning maqbul darajasini topish imkonini beradi, firmaga o‘zi hatto orzu qila olmaydigan 
bozorlarga kirishga ham imkoniyat berishi mumkin. 
Mahsulot birligini qoplashning past summasiga qaramasdan bu strategiyada savdoning hamma 
hajmini qoplab yuqori summa bilan ta’minlanadi. Past narxlar strategiyasi «tez» foyda olishdan 
ko‘ra uzoq vaqt foyda olishni ko‘zda tutadi. Yangi mahsulot ishlab chiqishga ketgan xarajatlar bu 
strategiyada «qaymog‘ini olish» strategiyasiga nisbatan ancha vaqt o‘tgandan keyin qoplanadi. 
Past narxlar strategiyasi bozorga tez «yorib kirish» maqsadida firma uchun xavfli bo‘lishi mumkin. 
Past narxlar firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan sezilarli oshib ketuvchi talabni keltirib 
chiqarishi mumkin. Shunday holat yuz berishi mumkinki, uning oqibatida firma narxni oshira 
olmasligi, natijada u moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Past narxlar strategiyasi uzoq 
muddatli foydaga ziyon yetkazishi mumkin. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin