O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq bozorda, individual bitimlar
tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan
do‘konlarda foydalaniladi. Bunday narxlardan, shuningdek, sanoatga mo‘ljallangan (sanoat
tovarlari) tovarlarda ham foydalaniladi. Masalan, mashina va uskunalarning lizing bozorlarida bir xil
narx bo‘yicha tuziladigan shartnomalar kamdan kam uchraydi. Bu strategiyaga muvofiq korxonalar
xaridorning savdolashishga qodirligiga yoki ularning xarid kuchiga bog‘liq holda bitta tovar yoki
xizmatning narxini o‘zgartiradi. Savdolashishni biladigan xaridorlar buni bilmaydiganlarga nisbatan
kamroq pul to‘laydilar. Zamonaviy raqobatli bozorlarda korxonalar o‘zgaruvchan narx strategiyasini
yanada ko‘proq o‘tkazadilar.
Imtiyozli narxlar strategiyasi . Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan
universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx
belgilaydi. Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu arzon tovar bilan
bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda sotib olish umidida do‘konga jalb etish,
ishlab chiqaruvchilar uchun esa – hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish.
Do‘konlar bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erishadilar.
Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi uchun tanlangan tovar narxlarga
nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi
oson eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini qaytara borib (bir
narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni
ham e’tiborga olish kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda sotish
xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Imtiyozli
narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi.
Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: