1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206
M.A.

O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. 
O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq bozorda, individual bitimlar 
tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan 
do‘konlarda foydalaniladi. Bunday narxlardan, shuningdek, sanoatga mo‘ljallangan (sanoat 
tovarlari) tovarlarda ham foydalaniladi. Masalan, mashina va uskunalarning lizing bozorlarida bir xil 
narx bo‘yicha tuziladigan shartnomalar kamdan kam uchraydi. Bu strategiyaga muvofiq korxonalar 
xaridorning savdolashishga qodirligiga yoki ularning xarid kuchiga bog‘liq holda bitta tovar yoki 
xizmatning narxini o‘zgartiradi. Savdolashishni biladigan xaridorlar buni bilmaydiganlarga nisbatan 
kamroq pul to‘laydilar. Zamonaviy raqobatli bozorlarda korxonalar o‘zgaruvchan narx strategiyasini 
yanada ko‘proq o‘tkazadilar. 
Imtiyozli narxlar strategiyasi
. Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan 
universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx 
belgilaydi. Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu arzon tovar bilan 
bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda sotib olish umidida do‘konga jalb etish, 
ishlab chiqaruvchilar uchun esa – hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. 
Do‘konlar bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erishadilar. 
Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi uchun tanlangan tovar narxlarga 
nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi 
oson eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini qaytara borib (bir 
narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni 
ham e’tiborga olish kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda sotish 
xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Imtiyozli 
narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi. 
Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin