1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   206
M.A.

To‘g‘ri marketing
- bu xaridor bilan turli vositalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni 
mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iborat. 
Franchayzing 
- bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda 
franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib, 
tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQShda 
chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Tovarni peshtaxta orqali sotish 
- tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat 
qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning 
assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini 
peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish 
usulida savdo maydoni devorlari yoniga 
yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, 
inventar savatlar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan 
chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi. 
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish
da xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil 
tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari 
mumkin. 
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli 
sharoitida xaridor savdo maydoniga qo‘yilgan 
namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, 
uning haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha haq 
evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. 
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usuli
da xaridor o‘ziga kerakli tovarga 
do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat 
joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. 
Savdoning ilg‘or usullaridan biri 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin