1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206
M.A.

O‘rtacha narxlar strategiyasi. 
Bu strategiya narxlarni xaridorlar tomonidan tovar qiymatini idrok 
etilishi darajasiga ko‘ra belgilashni ko‘zda tutadi, ya’ni narx tovarning haqiqiy qiymatiga mos 
ravishda belgilanadi. 
O‘rtacha narxlar strategiyasi korxonada yuqori narxlar strategiyasini ham (sifat darajasi boshqacha, 
xaridorlar o‘ta sezuvchan), past narxlar strategiyasini ham (xaridorlar tovarning sifati past, deb 
tushunishlari, raqobatchilar narxning past darajasiga o‘zlarining shunga o‘xshash tovarlarining 
narxini pasaytirish bilan javob berishi mumkin) qo‘llash imkoni qolmaganda foydalaniladi. 
O‘rtacha narxlar strategiyasi bozorda bir-biriga o‘xshash, raqobatlashuvchi tovarlar ko‘pligi tufayli 
ko‘pchilik korxonalar uchun eng tipik strategiya hisoblanadi. Bu strategiya «narxlar urushi» 
imkonini istisno qiladi. Bunday strategiyani o‘zining bozordagi faoliyati uchun qulay iqlim 
barqarorligi va saqlanishidan manfaatdor va foyda olinishiga uzoq muddatli siyosat, deb qarovchi 
korxonalar ko‘proq qo‘llaydi. Bu strategiya yangi raqobatchilar paydo bo‘lishiga olib kelmaydi, 
xaridorlar hisobiga «boylik orttirish»ga imkon bermaydi, shu bilan birga qo‘yilgan kapitalga adolatli 
foyda olish imkonini beradi. 
«Maqsadli» narxlar strategiyasi (maqsadli foyda). Bu strategiyada maqsadli miqdor foydaning 
ma’lum (berilgan) summasi qo‘yilgan kapitalga foydaning rejalashtiriladigan foizi hisoblanadi. 


O‘zgarmas narxlar strategiyasi. 
Bu strategiyada firma o‘z tovari narxini iloji boricha 
o‘zgartirmaslikka intiladi. Xarajatlar o‘sishi kuzatilgan holatlarda firma narxni oshirish tomonga 
qayta ko‘rib chiqish o‘rniga hamma o‘ram (upakovka)larni kamaytiradi, tovar tarkibini o‘zgartiradi 
va boshqalar. Shu bilan birga iste’molchi narx o‘sishining bunday o‘zgarishini afzal ko‘radi, deb 
faraz qilinadi. Bu strategiya narxning yashirin oshishini aks ettiradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin