1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206
M.A.

Narx yetakchiligi strategiyasi. 
Firmalar tovar yoki xizmatga bozor narxini belgilovchi va 
raqobatchilari ergashishga majbur bo‘ladigan narxlar o‘zgarishida tashabbus ko‘rsatuvchi narx 
yetakchisi sifatida chiqadi. Narx yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z narxlarining 
barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va barometrik narx liderlari – bozor sharoiti 
o‘zgarishlariga yetakchi narxining o‘zgarishli moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar hisoblanadi. 
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. 
Ushbu strategiyani qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari 
va uning mahsulotlariga talab o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la 
olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga oladi va unga moslashib 
oladi. 
Narxlar urushi. 
Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda tushirilishiga asoslangan. Narxlar 
urushi, odatda, mahsulotga talab kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga 


kelganda paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan foydani kamaytiradi. 
Nazorat uchun savollar 
1.
Baho nima? 
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud? 
3.
Erkin narx deganda nimani tushunasiz? 
4.
Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 
5.
Narx strategiyalarini tushuntiring. 
XI bob. SOTISH SIYOSATI 
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi 
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish yoki iste’molchilarga 
yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, 
yetkazib berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi. 
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid qilishi uchun yengil bo‘ladigan 
holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir. 
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan hamma tadbirlar kompleksini: 
mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning 
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va chakana savdo bo‘g‘inlariga 
yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarning xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan 
keyingi (servis) iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo (o‘tkazish) va sotish 
tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) o‘zida jarayonlarning 
butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi. 
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan 
ayrimlariga to‘xtalamiz. 


Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalardan biri savdo kanallarini tanlash 
hisoblanadi. 
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar iste’molchilarga yetkazilib, individual 
iste’mol qilish yoki foydalanish imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li. 
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib borishini ta’minlashda ishtirok 
etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida olinganda quyidagilar bilan asoslanadi: 

mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish; 

xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivoj- 
lantirish; 

tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish; 

sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni yetkazish. 
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha tavsiflash mumkin. 
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi xaridorning mulk egasi huquqi 
bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har qanday vositachi. 
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi. Belgilangan ishni ishlab 
chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga 
kiradilar. Uzunligiga bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi. 
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita iste’molchilarga sotuvchi 
ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. 
1.
– 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin