1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206
M.A.

savdo avtomat
lari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo 
avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni 
savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim 
ahamiyatga ega: 

chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda kataloglar bo‘yicha 
nooziq-ovqat tovarlarini sotish; 

shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interyer, uncha ko‘p 
bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi tushirilgan 
cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish; 

“qulay do‘konlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-ovqat 


mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida xizmat 
ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish. Sotish kanallarining bosqichlari, subyektlari 
strukturasi (a’zolari) tarqatish kanali tarmog‘ining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. 
Vositachining turi aniqlangandan so‘ng vositachi qaysi tashkilot nomidan kimning hisobiga 
operatsiyalarni bajarayotganini bilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bunday yondashuvda 4 turdagi vositachilardan foydalanish mumkin: 
1.
diler(o‘z nomidan va o‘z hisobidan ishlaydi); 
2.
distribyuter(boshqa firma nomidan va o‘z hisobiga); 
3.
komissioner(o‘z nomidan va boshqalar moliyaviy mablag‘i hisobiga) 
4.
agent, broker (boshqasi nomidan va o‘zga firma hisobiga) faoliyat ko‘rsatadi. 
Diler – 
shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to‘liq to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng tovar 
egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga ko‘ra barcha vazifalar bajarilgandan so‘ng diler va ishlab 
chiqaruvchi firma o‘rtasida munosabatlar to‘xtatiladi. 
Distribyutor – 
ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum joyda mahsulotlarni sotish 
bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. 
U o‘z nomidan faoliyat olib boradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin