Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo korxonalari orqali sotilishini
tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan, investision tarmoqlarga tovar,
xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilarni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda
kommivoyajerlar faolyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasida belgilangan
muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri,
lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib
boradi.
Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va tijorat tomonning agenti
topshirig‘idan iborat.
Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoat tovarlarini sotish
bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi.
Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, ularga tovarni tanishtirish,
ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma
rahbariyati tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni sotish, mijozlarni
topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida “sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi.
Kommivoyajer - savdo firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, shuningdek, sotilgan tovarni
xaridorga yetkazib ham beradi.
Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar bo‘lib, bir necha firmalar bilan
shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan
buyurtmalar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida ish olib boradi,
ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi.
Makler – ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda vositachilik qilib, mumkin bo‘lgan
shartnomalarni topish va uni bajarish bilan shug‘ullanadi.