•
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;
•
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga
moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;
•
ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari,
omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga
asoslangan bo‘lishlari mumkin.
Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga va malakali
xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va
iste’molchilarga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.
Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta
sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va
brokerlar vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni chakana sotuvchilarga emas, ustuvor
ravishda ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.
Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z mijozlariga kamroq xizmat
ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib
bermaydigan ulgurji sotuvchilar.
Dostları ilə paylaş: