Tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida uning narxini ham o‘zgartirish, iste’molchilarda
talabni saqlab qolish, shu tovar hayotiylik davrini uzaytirishi mumkin. Narx siyosatidagi turli chora-
tadbirlar xaridorning narxdan qoniqish darajasini oshiradi. Raqobat mavjud bo‘lgan joyda
iste’molchini o‘z xaridoriga aylantirish har bir sotuvchining maqsadi bo‘lib, u iloji boricha uni
nafaqat bir marotabali xaridor, balki doimiy mijozga aylanishini xohlaydi.
Tovar hayotiylik davrining birinchi bosqichida yuqori narx belgilab, «qaymog‘ini olish»
strategiyasini qo‘llasa, 4 – talabning pasayishi bosqichida rag‘batlantiruvchi strategiyalarni qo‘llash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Iste’molchini rag‘batlantirish, sotuv jarayonini faollashtirish, narxlarga
nisbatan xaridorda ishonch va qiziqishni uyg‘otish uchun chegirmalar, imtiyozli sotuvlar, sovg‘alar
berish, aksiyalar, lotareyalar o‘ynash juda samarali bo‘ladi.
Kuchli raqobat sharoitida iste’molchini xaridorga, doimiy mijozga aylantirish sotuvchidan juda ko‘p
faollikni, «Iste’molchi shoh» shioriga mos holda savdo faoliyatini yuritishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: