1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206
M.A.

Narx qulayligi
. Raqobatchilar mahsulotlarga ko‘ra sizning firmangiz mahsuloti va uning narxini 
ijobiy qabul qilgan xaridor o‘zida qoniqish hosil qiladi. Katta hajmdagi ulgurji xaridorlardan bitim 
tuzish orqali «narxning qulayligi»dan xaridor ko‘p iqtisod qiladi. Ya’ni foyda ko‘radi. O‘zida bor 
pulga narx arzon bo‘lgani uchun 1 tonna emas, 1,5 tonna mahsulot sotib olish imkoni tug‘iladi. 
Xaridorda narxdan qoniqishni ko‘tarish uchun bir necha imkoniyatlar mavjud. 
Birinchi imkoniyat - turli aksiyalar, bayram chegirmalari, mavsumiy chegirmalar, sovg‘a qo‘shib 
sotish, sotuvdan so‘ng kafolatlangan bepul servis ko‘rsatish kabilar xaridorning narxdan qoniqishini 
oshiradi. 
Ikkinchi imkoniyat – narxlarni shunday shakllantirishdan iboratki, u xaridorni o‘ziga tez jalb qilsin. 
Masalan, A mahsulot – 600 so‘m, 
B mahsulot – 1000 so‘m, bular orasidagi 400 so‘m farq xaridor ko‘ziga tez tashlanadi. Boshqa 
mahsulotning narxi 20000 so‘m, ikkinchisiniki 19600 so‘m, bu yerdagi 400 so‘m farq esa xaridor 
tomonidan sezilmasligi ham mumkin. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, narxdagi 
farqlar absolyut holda qabul qilinmaydi. Bu yerda narx «ostonalari» ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, 
bir qator kichik narx ko‘tarilishlari birdaniga katta narx ko‘tarilishiga qaraganda iste’molchi 
tomonidan yengilroq qabul qilinadi. 
Chakana savdoda yaxlit narxlardan ko‘ra «siniq» narxlar ko‘proq qo‘llanadi. (6000 so‘m o‘rniga 
5,899 so‘m xaridor tomonidani yaxshiroq qabul qilinadi). 
Narx xavfsizligi 
tushunchasi xaridor haqiqatdan ham taklif qilinayotgan narx u uchun manfatli 
ekanligiga ishonch hosil qilinishini bildiradi. Narx xavfsizligini oshirishning 2 yo‘li bor. 
1.
Tovar sifatini turli tadbirlar orqali iste’molchiga talqin qilish, yetkazish, sifatini kafolatlash, 
iste’molchiga tovar sifati yoqmasa qaytarib olish shartini taklif etish kabilar iste’molchiga 
tovar sifatiga ishonchni orttiradi va narx xavfsizligini bildiradi. 
2.
Narx xavsizligi reklama orqali ite’molchiga yetkazilishi uning narxi tovar naflilik darajasiga 
mos kelishini bildirishdan iborat. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin