1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206
M.A.

Komissioner 
– sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin mahsulot sotish bo‘yicha o‘z 
nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi. 
Komitent – 
ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir qancha ayirboshlash operatsiyasini 
amalga oshiradigan jismoniy shaxs. Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi. 
Agentlar 
– vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z nomlaridan bitim haqida 
shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent 
bitimda ko‘rsatilgan sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi. 
Brokerlar 
– vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka (tovarga)egalik qilish huquqiga 
ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi 
faqat vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish va sotib olish bitimi 
shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning 
daromadi sotilgan tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab belgilanadi. 
Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och 
materiallar, og‘ir yuklar va b.). 


Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi – sotdida ishtirok etadilar va o‘z 
xizmatlari uchun komission haq bilan rag‘batlantiriladilar. 
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi 
bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan 
iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish ko‘rishdan 
qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech 
qachon shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, 
shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin