Marketing haqida 34 ma’lumot
1.
Har yili jahonda reklama uchun 500 milliard dollardan ortiq pul sarflanadi.
2.
65 yoshgacha inson o‘rtacha 2 million ta reklama roliklarini ko‘rishga ulguradi.
3.
Standart reklama taxta (shit) birinchi marta 1900–yilda Amerikada yaratilgan. Ana shu
davrdan boshlab bilbordlarni ko‘chalar va magistrallar bo‘ylab navbatma-navbat o‘rnatishni
o‘ylab topishgan edi.
4.
Oddiy bola yiliga o‘rtacha 40000 ta TV reklama roliklarini ko‘radi. Bu kuniga 100 ta
rolikdan ortiq.
5.
Bolalar tovarlari reklamasi “injiqlik omili”ga ko‘ra bog‘liq hisoblanadi. U bolalarni ma’lum
tovarni sotib olishga qiziqtiradi, go‘yoki bu narsa bilan u o‘z tengdoshlari orasida zo‘r,
taniqli va olifta bo‘lib ko‘rinar emish, qolgani esa ota-onalarning sabr-toqatiga bog‘liq.
Tadqiqotlarga qaraganda, amerikalik erkatoylar ota-onalaridan, to ular bolaning injiqliklariga
bo‘ysunib, xaridga rozi bo‘lgunga qadar reklama qilingan tovarlarni olib berishlarini 9 marta
so‘rar ekan.
6.
Muz bo‘lakchalari reklama syomkasi paytida erib ketmasligi uchun ularni akrildan
tayyorlashadi. Ichimliklardagi pufakchalar uchun yuvish vositalaridan foydalaniladi,
yorug‘lik yaxshiroq o‘tishi uchun esa, albatta, suv qo‘shiladi.
7.
New York Universitetining olimlari Amerika farmatseftika kompaniyalari reklamaga
tadqiqotlarga nisbatan ikki marta ko‘p mablag‘ sarflashlarini aniqladilar.
8.
Kovboy Marlboro haqidagi mashhur (taniqli) reklama 1955-yilda chiqdi. Avvaliga bosh
erkak obrazi sifatida boshqa personajlar: sportchi, qurol-yarog‘ ustasi va kapitandan
foydalanishdi. Biroq qat’iyatli kovboy eng ko‘p tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kovboy
Marlboro rolida suratga tushgan aktyorlardan uchtasi keyinchalik o‘pka rakidan o‘ldi. Brend
esa “Kovboylar qotili” (Cowboy Killer) laqabini oldi.
9.
2013–yilda Super Boul (AQSh NFA chempioni unvonini olish uchun final o‘yin)
translyatsiyasi paytida 30 soniyalik reklama roligining narxi 3 million dollarni tashkil qilgan.
10.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar reklama - san’atning yerdagi eng ahamiyatli va ta’sirli shakli, deb
ta’kidlaydi.
11.
IKEA brendi – 1994 – yilda ikki erkak do‘konlarni aylanib, mebel tanlayotgani ko‘rsatilgan
rolikni birinchi bo‘lib reklamada ko‘rsatgan deyishadi.
12.
Har qanday qo‘l soati reklamasida soat millari soat 10 dan 10 daqiqa o‘tganini ko‘rsatadi. Bu
tabassum uyg‘otish usuli bo‘lib, reklamaga qaragan odamda beixtiyor yengil kayfiyat paydo
qiladi.
13.
Amerika Psixologlar Assotsiatsiyasi 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar reklamani tanqidiy
baholashga qodir emas, ular ko‘rsatilgan hamma ma’lumotlarni haqiqiy va obyektiv deb
hisoblaydi, deya ta’kidlaydilar.
14.
Shirin gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar 2006-yilda reklamaga umumiy 492 million
dollar sarfladilar. Taqqoslash uchun sut ishlab chiqaruvchi Milk Processor Education
Program “Got Milk” kompaniyasi tashabbuskorlari o‘sha yili reklamaga 67 million dollar
sarflagan.
15.
Tadqiqot davomida so‘ralgan bolalarning yarmidan ko‘pi reklama qilingan tovarlarni xarid
qilish o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishini ta’kidlashgan.
16.
Birinchi pullik reklama ma’lumoti (xabari) AQShda, 1704–yilda Boston News Letter
gazetasiga joylashtirilgan. Bu Long-Aylenddagi hovli (uy-joy) edi.
17.
Tarixdagi eng qimmatli reklama 2008-yilda reklama kompaniyalari tomonidan AQShdagi
prezident saylovlarida, 2,6 milliard dollar sarflangan reklama edi. Barak Obama 310 million
dollar, Jon Makkeyn esa 136 mln. dollar sarflashgan.
18.
Reklamada “samaradorlik shartlari” texnikasi ko‘p ishlatiladi: reklama qilinayotgan
mahsulot, tovar va predmetlar bilan o‘raladi, bu esa iste’molchilarda ijobiy tuyg‘ular
uyg‘otadi. Masalan, kir yuvish kukunlarini bolalar, gullar, quyosh yorug‘ligi va boshqalar
bilan o‘rab olgan ma’qul. Brendni bunday muhitda bir qancha marta namoyish qilish
iste’molchida, shuningdek, albatta, reklama berilgan tovarda ham ijobiy munosabat
uyg‘otadi.
19.
Odamlarni tovarni sotib olishga undash uchun qilingan reklama ularning psixologik
ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadi. Reklamada eng ko‘p ekspluatatsiya qilinadigan tuyg‘ular – bu
qo‘rquv, o‘zini qadrlash tuyg‘usi, o‘zini saqlab qolish tuyg‘usi, taqlid qilish va hokimiyatga
intilishdir.
20.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arang sezilarli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchiga ko‘p marta ta’sir
o‘tkazish, obyektni pozitiv idrok etishini kuchaytiruvchi “ko‘zdan kechirish” (“exposure
effect”)ni yaratadi. Masalan, ko‘pchilik odamlarni bannerlar qiziqtirmasada, reklama baribir
reklama qilinayotgan tovarga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari
hatto bannerning yigirma marta ko‘rsatilganidan keyin ham “jonga tegish” samarasi yuzaga
kelmaydi.
21.
Taomning tashqi ko‘rinishi ustida reklamada fud-stilistlar ishlaydi. Qovurilgan jo‘jalar
reklamasida, masalan, quyidagi tayyorgarlik ko‘riladi: avvaliga fud-stilistlar jo‘janing terisini
tortishadi va ip igna yordamida terisini mustahkamlaydi. Keyin uni ho‘llangan qog‘oz sochiq
bilan qayta-qayta uriladi, bundan jo‘janing hajmi ortadi va isitilayotgan paytda “ishtaha
ochuvchi” bug‘ chiqadi. Shundan keyin jo‘jani tashqi tomondan terisi pishib, tayyor
bo‘lguncha (ichi xomligicha qoladi) qovuriladi. Jarayon yakunida jo‘ja oltinrang – jigarrang
tusga kiradi.
22.
Bolalar uchun reklamalarda yosh aktyorlar qoidaga ko‘ra maqsadli potensial auditoriyaga
nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi. Masalan, 8 yoshli bolalar uchun o‘yinchoqlar reklamasida
reklama qilinayotgan tovarni o‘ynayotgan 11-12 yoshli bolalar olinadi. Bu atayin qilinadi.
Aktyorlar rol o‘ynayotgan modellar sifatida chiqadilar, ular kichik bolalar uchun taqlid
qilishga namuna bo‘ladilar.
23.
Deydilarki, go‘yo Microsoft Rolling Stonesda ularning “Start Me Up” kompozitsiyasidan
Windows-95ning reklamasida foydalanish uchun 9 mln. dollar to‘lagan emish. Bundan
tashqari istalgan yosh ijrochining noma’lum qo‘shig‘i, undan reklamada foydalanilganidan
keyin bir kechada xitga aylanishi mumkin ekan.
24.
Mars kompaniyasi “O‘zga sayyoralik” filmining bosh qahramonini shunchalik badbashara,
deb hisoblaganki, filmda bu badburush mavjudotni aldab, “qo‘lga tushirish” uchun M&M’s
konfetidan foydalanishga ruxsat bergan. M&M’sning o‘rniga filmni yaratuvchilari Reese’s
Pieces konfetidan foydalanishgan va film ekranlarga chiqqach, bu konfetning sotilishi 65 %
ga o‘sgan.
25.
1950–yillar oxirida Doyle Dance Bernbach agentligida Volkswagen reklama
kompaniyasining “Think Small” reklamasi olamshumul hisoblanadi, sababi, aynan uning
sharofati bilan Gitlerning buyurtmasi bilan yaratilgan nemislarning Volks wagen Juk
avtomobili urushdan keyingi Amerikada muvaffaqiyatli sotilish imkoni tug‘ildi.
26.
Eng yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, skeptik odamni biror narsa sotib olishga
ko‘ndirish, bu reklamadagi aniq faktni bekor qilish (bosh tortish) va his-tuyg‘u tomoniga
urg‘u berishdir. Va aksincha, skeptizmga moyil bo‘lmagan odamlarni reklamadagi faktorlar
va axborotlar ko‘proq ishontirar ekan.
27.
1440–yilda bosma stanok kashf qilinguniga qadar reklama ovozli e’lon tarzida mavjud
bo‘lgan.
28.
Reklama beruvchilarning eng katta guruhini oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari
tashkil etar ekan.
29.
Tadqiqotlarga ko‘ra ayollar jurnallarida erkaklar jurnallariga nisbatan vaznni kamaytirish
uchun vositalarni ilgari suruvchi reklama va maqolalar 10,5 marta ko‘p. Ayollarning silliq,
yaltiroq muqovali jurnallarining 75% muqovasida o‘z tanasini parhezlar, mashqlar yoki
plastik xirurgiya yordamida qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida kamida bitta maqola
chiqar ekan.
30.
Ronald Makdonald birinchi marta 1963–yilda reklamada paydo bo‘ldi. 2010–yilda esa
Corporate Accountability international tashkilotidagi amerikalik faollar, uni 50 yildan buyon
bolalarni zararli ovqatga “mahkum qilib”, ularni semirib ketishiga va nosog‘lom ovqatlanish
bilan bog‘liq kasalliklar epidemiyasini tarqatishida ayblashgan.
31.
«Dove»ning «Go‘zallik evolyutsiyasi» («Evolution of Beauty») reklamasi bir kechada virusli
reklama bo‘lib qoldi: milliondan ortiq odam You Tubeda ushbu qiziqarli rolikni ko‘rgan edi.
32.
Embient kutilmagan joylarda (zinalar, jamoat hojatxonalari, ustunlar va boshqalar) reklama-
qonuniymi, qonunsizmi yoki kutilmagan joylarda (ko‘chalar, savdo markazlari) ularni
o‘tkazish shunchalik muvaffaqiyatlimi, deya o‘rganishdi, chunki reklamachilar yangidan
yangi reklama tashuvchilarni o‘zlashtira boshlagan edilar. Biroq tadqiqotchilar reklamaning
bunday ko‘rinishi iste’molchilarda ishonchsizlik va begonasirash tuyg‘ularini uyg‘otishini,
odamlar shubhalanuvchan bo‘lib qolishini va har bir inson o‘zaro munosabatda reklama
ta’siri hamda reklamadagidek rejalashtirilgan harakatlarni bajarishayotganini ko‘rishlarini
aniqlashdi.
33.
1938-yilda radioda berilgan reklamalardagi daromad matbuot nashrlaridagi reklamalardan
keladigan daromaddan oshib ketdi.
34.
2000-yilda AQShning internet reklamalarga qilgan xarajati 8,1 milliard dollardan oshdi.
2013-yil uchun bu miqdor 42 mlrd. dollarga chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |