1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Bum — narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib borishi.  Baho –



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   206
M.A.

Bum
— narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib borishi. 
Baho – 
tovar qiymatining puldagi ifodasi 
Chakana savdo
— aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
tadbirkorlik faoliyatini anglatuvchi termin. Chakana savdo tovarlar assortimenti shakllanishida 
qatnashadi, xaridorlarga tovar sifat ko‘rsatkichlari haqida axborot beradi, tovarlarni saqlash
qo‘shimcha ishlash, baholarni belgilash va boshqa funksiyalarni bajaradi. 
Chakana savdo texnologiyasi
— istalgan har qanday do‘konning asosiy vazifasi bo‘lgan tovar 
sotishni amalga oshirish silsilasi.
11
Dagmar (ingl. dagmar) 
— marketingda va reklamani rejalashti- 
rishda, shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash uchun reklama 
maqsadlarini belgilash. 
Demarketing (ingl. demarketing) — 
vazifalari sirasiga (xarid qilishdan yoki qanday mahsulot
masalan, sigaret, pivo iste’mol qilishdan chalg‘itish) kiradigan marketing amaliyotining bir turi. 
Demarketing shuningdek, biror mahsulot nuqsonlari aniqlanganda va ana shu mahsulotni ishlab 
chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalga qoldirmaslikni istagan hollarda ham qo‘llaniladi. 
Demping
— tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan arzon narxlarda sotish; ba’zan 
tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni tannarxidan, ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda 
chetga chiqarish (raqobatda yutish uchun ham shunday qilinadi). 
Defitsit (ingl. shortage) 
— bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan o‘sha narxda talab kattaligi 
taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi. 
Diler
— 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldisotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z 
hisobiga shug‘ullanadigan fond birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli 
qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional ishtirokchisi. Faqat tijorat 
tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan 
mahsulotini chakanalab sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan sotishni tashkil qiluvchi 
yuridik shaxs. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin