1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Diling  — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.  Direktivalar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   206
M.A.

Diling 
— savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi. 
Direktivalar 
— marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, 
farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki, muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi. 


Direkt-marketing 
— yaqin istiqbolda reklama faoliyatining barcha boshqa turlarini surib chiqarishi 
va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. 
Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar 
samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqoslaganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi. 
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro foydali 
aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib 
boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. 
Distribyutor
— yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan 
mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, 
ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab 
chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi. 
Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing) 
— narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra 
bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi. 
Duopoliya (ingl. duopology) 
— 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja 
savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik 
qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar muddati va 
narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib 
kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari 
raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan 
sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin