Direkt-marketing
— yaqin istiqbolda reklama faoliyatining barcha boshqa turlarini
surib chiqarishi
va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya.
Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar
samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqoslaganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro
foydali
aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida
rivojlanib
boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Distribyutor
— yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan
mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma.
Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib,
ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab
chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.
Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing)
— narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra
bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
Duopoliya (ingl. duopology)
— 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja
savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan
ikki sotuvchi hukmronlik
qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi,
sotuvlar muddati va
narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib
kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro
narxdan tashqari
raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan
sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq.
Dostları ilə paylaş: