sug‘urta va valuta tavakkallari bilan bog‘liq bo‘lgan ancha ko‘proq xarajatlar bilan birga kechadi, bu
sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kredit munosabatlarining bir shakli bo‘lib, unda sotuvchi tovarni
sotib oluvchiga to‘lovsiz jo‘natadi, ammo bir vaqtning o‘zida xaridor kontraktdagi shartlashib
olingan muddatda to‘lashi majburiy bo‘lgan tovar hujjatlarini (to‘lovga hisobraqam) ham berib
yuboradi. Bundan tashqari sotuvchi xaridorga nisbatan debetiga qarzdorlik kiritib qo‘yiladigan
hisobraqami ham ochadi.
Franchayzer
— ma’lum bir vaqt mobaynida, maxsus tarzda ko‘rsatib o‘tilgan joyda bitim bilan
aniq belgilab qo‘yiladigan shaklda ishlarni yuritish huquqlarini mayda mulkdorga havola etadigan
yirik firma (savdo yoki sanoat kompaniyasi). Firma (kompaniya, korxona) uchun franchayzer
bo‘lish — bozorda o‘z ta’sir zonasini yanada kengaytirish, xo‘jalik yuritish tavakkallarini
kamaytirish usullaridan biridir.
Franchayzi
— franchayzer rahbarligi ostida o‘z ishini boshlovchi mayda tadbirkor. Masalan, AQSh
restoranlar, gahvaxonalar, buxgalteriya va soliq xizmatlari, yuridik markazlar, kotibiyatlar, mahsulot
yetkazib berish byurolari, baholovchilar, avtoservis, oziq-ovqat va baqqollik do‘konlari franchayzi
taomili bo‘yicha ishlaydi.
Franchayzing
— yirik va mayda kompaniyalar o‘rtasidagi bitimni o‘zida ifoda etuvchi iqtisodiy
tashkilot kontraktli tipi bo‘lib, u mayda kompaniyalarga kompaniya uchun asosiy sanalgan faoliyat
turi bilan shug‘ullanishga, shuningdek, uning savdo markasidan foydalanishga ruxsatnoma olish
huquqini beradi.
Franshiza
— sug‘urta shartnomasining sharti, bunda sug‘urtachining ayrim miqdordan
oshirilmagan zarar to‘lovlaridan ozod qilinishi ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: