1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206
M.A.

Gorizontal marketing — 
bitta bozorda faoliyatini qo‘shma korxonalar tashkil etib amalga 
oshirayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik, yig‘ma marketing va savdo operatsiyalarini 
amalga oshiradi. 
Imijmeyker — 
muayyan shaxslar, tashkilotlar, partiyalar mashhurligi va obro‘sini yanada oshirish 
maqsadida tashkilotlar, reklama va piar kampaniyalar imijini yaratish bo‘yicha mutaxassis. 
Internet kimoshdi savdosi
- elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan 
boshqasiga sotiladi, odatda «iste’molchiiste’molchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga 
mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin. 
Internet marketing
— internetda auditoriya javobini olish uchun reklamaning barcha aspektlaridan 
foydalanish amaliyoti. Bunga internet tarmog‘ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari, jumladan, 
dizayn, reklama va marketing. Shuningdek, internet marketing usullariga izlash tizimlari marketingi
banner reklamasi, e-mail marketing, yashirin marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi. 
Internet-marketing 
— internet tarmog‘iga asoslangan va foydalaniladigan onlayn marketingi. 
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 
— iste’mol tovarlari va xizmatlari marketingida 
qo‘llanadigan qonunchilik hujjatlari va xulqatvor kodekslari. 
Ite’molchilarning xaridorlik layoqati 
— barcha majburiy to‘lovlar to‘lagandan va barcha 
majburiyatlarni bajargandan keyin iste’molchi ixtiyorida qoladigan pul mablag‘i. 


Ishlab chiqarish vositalari marketingi 
— sanoat iste’molchisiga sarf-xarajatlarni kamaytirishga va 
mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalarining yangi turlarini izlab 
topishga yo‘naltirilgan marketing. 
Jahon bozori narxi
— xalqaro oldi-sotdi bitimlarida yoki narxlar to‘g‘risidagi boshqa ishonarli 
manbalarda (tijorat takliflarida, birja kotirovkalarida, narxlarning ma’lumotnomalarida, 
preyskurantlar va boshqalarda) qat’iy qayd etib qo‘yilgan narxlarning eng umumiy ifodasi —jahon 
tovar bozori bahosidir. 
Kompaniya
— marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan izchil va mufassal tuzilgan 
sxema. Marketing rejalashtirish va tatbiq etishining barcha bosqichlari mahsulot va xizmatning 
birlamchi konsepsiyasidan boshlab to ana shu sxema yaratilganidan keyin amalga oshirilgan 
marketing kampaniyasini o‘tkazishiga reaksiya monitoringigacha unga kiritiladi. Marketing 
tadbirlari va mahsulot o‘tkazishni rag‘batlantirishning barcha elementlari ham kampaniya sxemasiga 
kiradi, jumladan: mahsulot yaratish, brending, qadoqlash, distributsiya, reklama, bevosita pochta 
orqali jo‘natma, teledo‘konlar, jamoatchilik bilan aloqalar, sotuvlarni rag‘batlantirish, elektron 
tijorat metodlari, iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin