1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Kliring — o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob- kitob tizimi.  Komissioner



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206
M.A.

Kliring
— o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-
kitob tizimi. 
Komissioner (commision agent) — 
tovarlar xarid qilinishi va sotilishini ularga nisbatan mulkdorlik 
huquqlarini olmasdan turib amalga oshiruvchi ulgurji vositachi. 
Kompaniya (company) 
— yuridik shaxslarning turli iqtisodiy (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, 
moliya, sug‘urta) faoliyatni amalga oshirish uchun birlashishi. Kompaniya o‘zi ham yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘ladi. 
Kompaniyalar o‘rtasidagi marketing
— tijorat kompaniyalari va ulgurji yoki chakana 
distribyutsiya kanallaridan foydalanmaydigan korporatsiyalar o‘rtasidagi mahsulotlar va xizmatlar 
marketingi. 
Kommunikatsiya 
— 1) aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, 
ulanma. 2) axborot uzatish usullari va vositalari. 
Konvergensiya
— 1) marketingda: talab xarakteriga muvofiq ravishda bozorning turli segmentlari 
yaqinlashuvi. 2) birjada real va fyuchers kontraktlarga narxlarning yaqinlashuvi, fyucherslar tugashi 
muddati yaqinlashishiga qarab sodir bo‘ladi. 
Konversion marketing 
— konversion marketingning xarakterli belgisi zarur shart-sharoit yaratib, 
mahsulot va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion 
marketingning maqsadi ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi fuqaro va korxonalar salbiy 
munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni potensial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iborat. 
Buning uchun esa maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan 
servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir. 
Kooperativ marketing
— bir sxema bo‘lib, unga ko‘ra turli kompaniyalar — muayyan biznes 
ishtirokchilari sxemaning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum bir bozorda faollikni oshirish uchun 


hamkorlik qiladilar, har bir ishtirokchi kompaniya mahsulotning o‘zini reklama qilish uchun 
reklamaga va jamoatchilik bilan aloqalarga pul sarflaydi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin