1. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni


Marketingning asosiy tamoyillari



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#171296
1   2   3
Savdo sohasida marketing tadqiqotlari

2. Marketingning asosiy tamoyillari
Marketingning asosiy prinsiplari ishlab chiqarish yakunlarini iste’molchilarning haqiqiy eqtiyojlari va hohishlariga bog‘liq bo‘lib, bundan quyidagi bir qator prinsiplar kelib chiqadi.
1. Bozorni bilish kerak, mazkur tovar (xizmat)ga iste’molchi talabini har tomonlama o‘rganish, olingan axborotni ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish qarorlarini qabul qilish jarayonlaridan foydalanish.
2. Ishlab chiqarishni bozor talablariga iloji boricha moslashtirish va bu orqali korxonaning samarali faoliyat yuritishini oshirish. Iste’molchi kutayotgan tovarni ishlab chiqarish, ya’ni sotiladigan mahsulot chiqarish.
3. Korxona uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini shakllantirish maqsadida barcha vositalar yordamida bozorga va iste’llol talabiga ta’sir ko‘rsatish.
4. Marketing izlanishi natijasida yuzaga kelgan masalalarni hal etilishiga ijodkorlik bilan yondoshishni rivojlantirish va rag‘batlantirish.
5. Iste’molchini to‘la qondiradigan miqdorda tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga yetkazib berish.
6. Ilmiy izlanish - ishlab chiqarish - sotish - servis jarayonini maqsadli boshharilishini ta’minlash.
7. Yangi, ayniqsa yuqori sifatli mahsulotni bozorga chiqarili-shida kech qolmaslik.
Bozorni nisbatan bir jinsli iste’molchilar bo‘yicha guruhlarga ajratish (bozorni sigmentlashtirish) va korxonaning imkoniyatiga mos keluvchi bozor sigmentini mo‘ljallab ish yuritish.
9. Eng ishonchli va yuqori sifatli tovarlar bilan bozorni egallash.
10. Texnik darajani va mahsulot sifatini oshirish yo‘li bilan raqobatchilardan ustun kelish.
11. Savdo vositachilariga har tomonlama yordam ko‘rsatish.
12. Bozorni egallash, mahsulot sotish hajmini oshirish borasida kelajak uchun marketing strategiyasini bashorat qilish.
3.Korxonada marketingni o‘rganish
Ta’minotchilar raqobatlar va atrofdagi sharoitni o‘rganib borish, firma tomonidan o‘zining marketing maqsadlari uchun qanday ishlarni amalga oshirish tozimligini belgilaydi. Ishlab chiqarishni, moliyaviy ahvolni, qurilma va jiqozlarni, xodimlarni va boshqa resurslarni taqlil qilish firmaning imkoniyatlarini, qanday resurslarga ega ekanligini, ularni qay miqdorda va qanday narxlarda sotib olishi mumkinligini, mahsulotni zarur miqdorda va sifatli ishlab chiqara olishligini aniqlaydi.
Korxona imkoniyatlarini o‘rganish uning potensialini, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga qaratiladi.
Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil etilishi orqali, korxonani muvaffaqiyat qozongan faoliyat sohalarini va bozor ko‘rsatkichlari yaxshilanishi lozim bo‘lgan tarmoqlari aniqlanadi.
Korxona potensialini aniqlashda asosiy o‘rin iqtisodiy tahlilga ajratiladi. Odatda, tahlil korxona hisobotlari materiallari bo‘yicha olib borilib, shu bilan bir qatorda qo‘shimcha axborot manbalari, xususan statistik ma’lumotlar, biznes-ma’lumotnomalar ilmiy-tekshirish muassasalarining hisobotlari, kasbiy, tijorat, davlat axborotnomalari ham jalb etilishi mumkin.
Korxona potensialini tahlil etilishini quyidagi bo‘limlar bo‘yicha qilinishi maqsadga muvofiqdir.
/. Ishlab chiqarish.
- Ishlab chiqarish hajmi, sur’ati, tarkibi.
- Korxonaning assortiment nomenklaturasi, yangilanish daro-jasi, assortimentining kengligi va chuqurligi.
- Xom ashyo va materiallar bilan ta’minlanganligi. Zaxira miqdori, ulardan foydalanish tezligi.
- qurilmalarning mavjudlik parki va ulardan foydalanish darajasi. quvvat rezervi. Texnologik yangiliklar.
- Ishlab chiqarish joylashgan yer va infrastruktura mavjudligi.
- Ishlab chiqarish ekologiyasi.
//. Maqsulot taqsimoti va sotilishi.
- Maxsulot transportirovkasi. Transport imkoniyatlari va xarajatlarni baqolash.
- Tovar zaxiralarini saqlanishi, zaxira miqdori, ularni joy-lashuvi va foydalanish tezligi. Ombor binolarining mavjudligi.
- Tovarlarga oxirgi ishlovni berish, o‘rash, idishlarga solish imkoniyatlari.
- Sotish.
///. Tashkiliy tarkib va menedjment.
- Boshqaruv tizimi.
- Ishlovchilarning miqdor va malakaviy tarkibi.
- Ishchi kuchining qiymati, xodimlar qo‘nimsizligi, mehnat unumdorligi.
- Menedjment darajasi.
- Firma madaniyati.
IV. Marketing.
- Bozorni, tovarni, sotish kanallarini o‘rganish.
- Sotishni muvofiqlashtirish reklama narx shakllanishi.
- Yangiliklarni joriy qilinishi.
- Kommunikatsiya aloqalari va axborot.
- Marketing budjeti va uni ishlatilishi
- Marketing rejasi va dasturi.
V. Moliya.
- Moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyati.
- Foyda olish va rentabellik (tovarlar, hududlar, sotish kanallari vositachilar bo‘yicha).
- Shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lar.
Korxona imkoniyatlarini umumlashtirilgan tahlili. Bunda tahlil konkret yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar bilan to‘ldiriladi.
Mahsulot bo‘yicha — qanday buyumlar eng ko‘p va eng kam oborot beradi, qanday buyumlarni sotilishidan eng ko‘p va eng kam daromad qilinadi.
Bozorlar bo‘yicha — qaysi bozorlar firma uchun oborot va daromad nuqtai nazaridan eng yuqori va eng past mavqeli hisoblanadi.
Tarmoqlar bo‘yicha — firmaning tovarlari qaysi tarmoqlarda sotiladi tarmoq bozorining qanday hissasi firmaga tegishli.
Isge’molchilar bo‘yicha — firma mahsulotining doimiy xaridorlari kimlar; ularni firma tovarlariga qiziqishlarini sababi nima; yangi xaridorlarni jalb etish uchun qanday choralar ko‘rilmog‘i kerak?
Korxonaning kuchli va zaif tomonlarini baholash uchun ko‘rsatshchlarning namunaviy ro‘yxati:
firmaning taniqliligi darajasi (mavqei), firma stili:
- takliflar, reklamatsiya foizi:
- mahsulotni yangilanishi:
- ishlab chiqarish potensiali va moslanuvchanligi:
- texnologik qurilmalar:
- buyumni yasalishi muddatini davomiyligi va sifat darajasi:
- konstruktorlik potensiali:
- nou-xau dan foydalanish:
- sotishni tashkil etish usullari, sotish bo‘yicha sheriklar malakasi:
- servis xizmati va ehtiyot qismlar ta’minoti:
- oborot hajmi va darajasi:
- ishlab chiqarish va sotish dasturi:
- xaridor potensiali:

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin