Mavzu bo`yicha nazorat savollari. 1. Jismoniy madaniyat mazmuni mohiyati? 2. Jismoniy madaniyatni faoliyat turi sifatida insonga ta`siri? 3. Jismoniy tarbiya bo`yicha farmonlarni bajarilishi? 4. Jismoniy rivojlanish bosqichlari? 3-ma`ruza: Jismoniy madaniyatining O`zbekiston tizimi, jismoniy mashq texnikasi, xarakatga o`rgatish REJA:
1. Jismoniy mashq texnikasi. 2. Xarakatga O`rgatish jarayoni 3. Texnika samaradorligini baholash mezoni
Mashqlar texnikasi haqidagi tushuncha pedagogik va biomexanik nuqtayi nazardan ochib berilishi mumkin.
Pedagogik nuqtayi nazardan, jismoniy mashqlar texnikasi deganda, harakatli faoliyatlarning ko'proq samarador usul-larining qo'llanishi tushuniladi.
Bir xil harakatli faoliyatlarni har xil usullar bilan bajarish mumkin, Iekin ulardan faqat oqilona, maqsadga muvofiq, to'g'ri bajarilgani texnika deyiladi. Ishning boshlanishida samara beradigan usullarni tanlab olish zarur: a) o'quvchining individual xususiyati bo'yicha (masalan, bir o'quvchiga uzunlikka „kerishib" sakrash usuli, boshqasiga „qaychi usulida" sakrash samara beradi); b) jismoniy tayyorgarlik darajasi bo'yicha (maktabda balandlikka „hatlab" sakrash usuli o'rgatiladi);
d) qo'yilgan vazifa bo'yicha (arqonga tez chiqish vazifasi qo'yilsa, bola ikki qo'llab chiqib „uch usulni" ishlatadi);
e) sport asbob-anjomi qandayligiga bog'liq holda (arqon yumshoq bo'lsa, oyoq yordami bilan chiqishni, qattiq bo'lsa, ikkinchi usulni ishlatadi).
Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda rivojla-nishda bo'ladi: odatlangan texnika takomillashadi, ba'zida eski texnikalar so'nadi, yangisi keladi. Bu jarayon qator shartlar bilan bog'liq: sport tayyorgarlik darajasi talablarining ortib bo-rishiga ko'plab takomillashgan usullarni qidirish natijasida, ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi va ahamiyatining ortib borishida, o'rgatish metodikasining takomillashuvida, murakkab, lekin samara beradigan usullarni qo'llash jarayonida, yangi sport snaryadining vujudga kelishida, eski texnikaning bajarilishiga tuzatish kiritilishi zaruriyati tug'ilganda va hokazolarda.
Jismoniy mashqlar texnikasi lining bajarilishini amaliyotda qo'llashning ilmiy, mukammal usulini qidirish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika hamma uchun bir xil, shuning uchun uni standart texnika deyiladi: 1) xususiyat tipi orqali; 2) shaxsiy xususiyat orqali.