1-маъруза : жисмоний тарбия назарияси ва усулияти предмети



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə11/28
tarix06.02.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#83113
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Jismoniy tarbiya nazariyasi 2

Texnika qismlari. U yoki bu harakatli faoliyatlarni tashkil etuvchi tarkib bir xilda emas, shuning uchun texnika asosi va detalini bir-biridan farqlash qabul qilingan.
Texnika asosi. Jismoniy mashqlarning texnika asosi harakatlarni tashkil etish, uni boshqa harakatli faoliyatlardan farqlanuvchi belgilarini tasvirlaydi.
Texnika detali. Faqat bir harakatga taalluqli bo'lmagan harakatlarni tashkil etadi.
Jismoniy mashqlar texnikasining biodinamik struktura ekanligi, harakatli faoliyatlarda oraliq, vaqtincha dinamik xarakterga ajratiladi.
Oraliq. Tashkil etuvchi unsurlar, tana holati va bo'g'inlar harakatini o'z ichiga oladi. Tana holatlari: vertikal, gorizontal, chap va o'ng tomonlarga bukilishlarga boiinadi. Tana holatiga kerishish, guruhlashuv ham kiradi.
Bo'g'in harakatlari oddiy va murakkab harakat vazifalarini bajarishga qaratilgan. Bir bo'g'inda ikki biozveno o'rnining o'zgarishi tushuniladi. Bo'shliqda tashkil bo'luvchi unsurlarni o'lchashda o'rin o'zgarishi, trayektoriya terminlaridan foyda-lanamiz. Ular tananing boshlanish, tugallanish harakatlarini va Lining qismlarini, siltashning yo'nalishlarini, harakat shaklini, tana o'rnini aniqlash imkonini beradi.
Koordinatlar — tana bir holatining ikkinchi holatga nisbatini chiziqlar va burchak o'lchovi birligida aniqlash de-makdir.
O'rin o'zgarishi — tananing turish holatining o'zgarishi. Trayektoriya — tana harakati orqali qoldirilgan izga tushuniladi.
Harakat yo'nalishi — siltayotgan yoki aylanayotgan hara-katlarning oriyentatsiyasidan iborat.
Harakat tebranishi — tanada burchak o'zgarishi yoki bir yo'nalishda, bir holatdan ikkinchi holatga tebranish harakati tushuniladi.
Harakat shakli — trayektoriya bo'yicha aniqlanadigan tana va uning zvenolarining qoldirgan rasmidan iborat. Odamning bo'g'in' harakatlari doimo qing'ir chiziqli bo'ladi. Shuning uchun alohida zvenolarning trayektoriyasi qing'ir bo'ladi.
Vaqtincha vujudga keladigan unsurlar fazalarni vujudga kcltiradi va ularning davrlarini birlashtiradi.

Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin