Jismoniy mashqlar bosqichi — jismoniy mashqlar tuzilishi harakatli faoliyatlarni qaysi harakatdan boshlanib, qaysi harakat bilan tugallanishini ta'minlaydi.
Bilish va didaktik maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga bo'lish qabul qilingan.
1. Tayyorlov fazasi — harakat faoliyatlarining asosiy vazifasini hal etish uchun yaxshi sharoit vujudga keltirishga mo'ljallangan.
2. Asosiy faza — u harakatlardan iborat bo'lib, uning yordamida harakat-faoliyatlarning asosiy vazifasi hal etiladi.
3. Yakunlovchi faza— harakat-faoliyatni tugallaydi yoki boshqacha qilib aytganda, ish holatidan chiqish imkonini beradi.
Texnika samaradorligini baholash mezoni Jismoniy mashqlar texnikasining samaradorligini baholash mezoni obyektiv muammolardan bo'lib, uning birdan bir murakkabligi, hozirga qadar yaxshi ishlab chiqilmagan. Ama-liyotda qo'llanilayotgan „yaxshi" yoki „yomon" baholash prinsipi talabga javob berolmaydi. Ikkita mezon gunihi mavjud. Birinchi guruh mezonlariumumiy mezonlardan iborat bo'lib, jismoniy mashqlarning hamma turlariga taalluqli. Jismoniy mashqlarning natijasi texnik bajarilishining sama-radorlik ko'rsatkichi deb hisoblanadi. Biroq jismoniy mashqlarning natija berishi, jismoniy tayyorgarlikning hamma tomonlariga bog'liq ekanligini ko'zda tutmoq zarur. Standart texnika bilan texnik bajarilishni bir-biri bilan taqqoslash baho mezoni bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ammo bu holatda individual texnikaning ko'rsatgan natijasini, jismoniy tayyorgarlik darajasining o'zgarishi asosida, texnika detalini o'zgartirish maqsadga muvofiq deb tushu-nilmaydi.
Ikkinchi guruh mezonlariuch qismdan iborat bo*lib, buning yordamida, faqat ma'lum jismoniy mashqlar texnikasining samaradorligini baholash mumkin. Masalan': qisqa masofaga yugurish texnikasining samaradorligini „yugurish faolligining koeffitsiyenti", „depsinish kuchining koeffitsiyen-ti", chidamlilik mashqlarida „texnikaning tejamlilik koeffitsiyenti" asosida baholash mumkin.
Odatda, alohida olingan mezon to'liq va obyektiv — xolis baho berish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun umumiy va juz'iy, xususiy mezonlar majmuyini tuzish tavsiya qilinadi.