Tayanch (boshlang'ich) jismoniy tarbiya Tayanch jismoniy tarbiya, jismoniy ma'lumot va jismoniy tayyorgarlikni ta'minlaydi. Shug'ullanuvchining yoshiga bog'liq bolib, u o'zgarib o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladi.
Tayanch jismoniy tarbiyaning boshlanishini shartli ravishda „maktab yoshigacha va maktab yoshidagi jismoniy madaniyat" deb aytish mumkin. Bu bilan jismoniy madaniyat maktab yoshigacha bo'lgan muassasalarda, o'quv fani sifatida Limumta'lim maktablarda, kasb-hunar kollejiarida, akademik litsey va oliy o'quv yurtlarida umumiy jismoniy tayyorgarlik, har tomonlama rivojlangan jismoniy qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash maqsadida majburiy mashg'ulot tarzida qo'llaniladi.
Bu sohada maktabdagi jismoniy tarbiya tayanch jismoniy tarbiyaning asosiy qismi hisoblanadi.
Sport — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi Sport odamning jismoniy qobiliyatlarini oshiradi va boshqa jismoniy rivojlanish darajasini ta'minlaydi.
Ommaviy sport bazaviy jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi. Oliy darajadagi sport, jismoniy madaniyatning alohida sohasini tashkil etadi.
Amaliy (kundalik) jismoniy tarbiya Amaliy jismoniy madaniyat amaliy-hunar va harbiy-
kundalikka boiinadi.
Jismoniy madaniyatning amaliy turlari umumiy madaniyat bilan eng yaqin bogiangandir. Ularning uzviy aloqasi, hunar-amaliy va harbiy-kundalik jismoniy tayyorgarlik, umumiy jismoniy tayyorgarlik bazasi asosida tashkil topadi.
Bundan tashqari, jismoniy madaniyatning amaliy turlari mazmuniga tayanch jismoniy tarbiya va sportga taalluqli boigan qismlar kiradi.
Sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya Jismoniy madaniyatning bu turiga davolash jismoniy tar-biyalash kiradi, uning maqsadi organizmning vaqtinGha yo'-qolgan funksional imkoniyatining tiklanishiga yordam berish-
dan iborat.
Gigiyenik jismoniy tarbiyalash ish kuni tartibiga kiritilgan bo'lib, kundalik maishiy va dam olish tartibi, organizmning doimiy holatini yaxshilashga, yoqimli funksional holatini vujudga keltirishga sharoit yaratib beradi.
Jismoniy madaniyat turlarining tasnifi katta amaliy aha-miyatga ega. Jamiyatda jismoniy tarbiyadan foydalanishning maqsadga muvofiqligini, jismoniy tarbiya amaliyotini hal etish uchun imkoniyatni anglay bilish uning yo'nalishini aniqlashda yordam beradi. Agar maktabda jismoniy ma'lumot, umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifasi hal etilsa, tayanch jismoniy tarbiyani olmoq zarur. Jismoniy tarbiyaning boshqa hamma turlari qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun yordam berishi mumkin, ammo tayanch jismoniy tarbiyani almashtirish
imkoniga ega emas.
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning rivojlanish darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan baholanadi:
- jamiyat a'zolari hayotida jismoniy tarbiyani qo'llash;
- jamiyat a'zolarining salomatlik darajasi va jismoniy tayyorgarligi;
- jismoniy tarbiya mashg'ulotlari moddiy-texnik jihatdan ta'minlanganligining ko'lami va sifati;
- jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlik qiluvchilar va jamoatchi faollar;
- jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida eng yangi ilmiy-texnik jihatdan yutuqlarini qoilash darajasi;
- jamiyat a'zolarining sport sohasidagi yutuqlari.
O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tO`g`risida. 1992 yil, I.Karimov tashabbusi bilan “Sog`lom avlod uchun” istiqbol dasturi ishlab chiqildi. “Sog`lom avlod uchun” ordeni ta`sis etildi. 1993 yil, O`zbekiston umum O`rta ta`lim maktablari uchun “Jismoniy tarbiya” dasturi ishlab chiqildi. 1994 yil, O`zbekistonda futbol turini rivojlantirish sora-tadbirlari farmon chiqarildi. 1996 yil, “Ta`lim tO`g`risida”gi qonun xamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi. 1997 yil, O`zbekiston jismoniy tarbiya va sportining yanada rivojlantirish chora tadbirlari, “Turizm tO`g`risida”gi qonun. 1999 yil, “Oila yili tO`g`risida”gi davlat dusturi. 1999 yil, O`zbekiston fuqarolarini salomatligini darajasini anqlash uchun “Alpomish va Barchinoy” meyorlari ishlab chiqildi.(6-60 yosh erkaklar), (6-55 yosh ayollar). 2000 yil, “Sog`lom avlod” yili davlat dusturi. 2000 yil, Akdemik littsey va kasb xunar kollejlari uchun jismoniy tarbiya dasturi ishlab chiqildi. 2000 yil, “Ona va bola” davlat dasturi. 2001 yil, O`zbekistonbolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish. 2002 yil, “Sixat salomatlik yili” davlat dasturi. 2005 yil.