1-ma’ruza: 1-sinf “atrofimizdagi olam darsligi bilan tanishish va tahlil. (2soat) Reja: 1. 1- sinfda tabiatshunoslik materialini o‘rganish metodikasi.
2. 1-sinf “Atrofimizdagi olam’’ darsligi bilan ishlash metodikasi.
3. Yilning ikkinchi yarmida darslikdagi ob-havo kalendari bilan ishlash metodikasi.
Tayanch tushunchalar: o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy, o‘lkashunoslik, metodika, uslub, oddiy tushuncha, murakkab tushuncha, jonli tabiat, jonsiz tabiat.
Adabiyotlar. 1. D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi Toshkent, “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2018-yil.
2. M.Nuriddinova. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi” Toshkent, O‘qituvchi 2005y
3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o‘rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2020 y.
4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o‘rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Sharq NMIU 2020 y.
5. P. G‘ulomov, Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam 2-sinf uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2020 y.
6. A.G. Grigoryans, Atrofimizdagi olam 1-sinf uchun darslik. T; Cho‘lpon NMIU 2019 y.
1-Reja : 1- sinfda tabiatshunoslik materialini o‘rganish metodikasi. 1- sinf o‘quvchilari tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o‘rganmasdilar, balki kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shuningdek, “O‘qish kitobi’’ga kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. 1986 - yildan boshlab, 1- sinf o‘quvchilari yangi o‘quv predmeti — “Atrofimizdagi olam’’ni o‘rgana boshladilar. Bu o‘quvchilar bilan ilk mashg‘ulotlardan boshlab, ya’ni savod o‘rgatishning alifbe davridayoq o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini o‘z joyidagi tabiat obyektlarini o‘lkashunoslik yo‘nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikda o‘qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi. To‘g‘ri tashkil etilgan kuzatishlar 1- sinf o‘quvchilarida tabiat to‘g‘risida tasavvurlar shakllantirishga, unga muhabbatni va ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga yordam beradi. Yana shu holatni hisobga olish kerakki, 1- sinfga kelgan bolalar muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, kuzatishlar jarayonida ularni rivojlantirish zarur. Bolalarning ykka kuzatishlar, shuningdek, ekskursiya, predmetli darslar davomida olgan atrof tabiat jismlar va hodisalari to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘qish va nutqni rivojlantirish darslarida umumlashtirish va rivojlantirish kerak, bu tabiatshunoslikka oid bilimlarni kengaytirishga va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qish uchun berilgan matndan foydalanib, tabiatshunoslikka oid bilimlarni to‘plash maqsadida o‘qituvchi bolalarning kuzatishlarini izohli o‘qish bilan almashtirmasligi kerak. Faqat kuzatishlar vaqtida olingan tasavvurlarni umumlashtirishda ularga ko‘maklashish, ular e’tiborini kuzatishlar jarayonida payqamagan hodisalarga qaratmoq lozim. 1- sinfda shakllantirilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalar —“tabiat’’, “jonli va jonsiz tabiat’’, “erta gullaydigan o‘simliklar’’,”darrandalar’’, “qushlar’’, “baliqlar’’, “hasharotlar’’ tushunchalaridir. Bu tushunchalar mazmun jihatidan murakkabdir. Shunga ko‘ra 1- sinf o‘quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to‘g‘risida faqat oddiy tasavvurlarni shakllantirish kifoyadir Masalan, bolalar hasharotlar to‘g‘risida ularning tanasi, bosh ko‘krak va qorin qismlar haqida, ularning uch juftdan oyoqlai borligi to‘g‘risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quvchilar uncha katta bo‘lmagan guruhlarga bo‘linib, ular bilan dastur bo‘yicha muntazam kuzatishlar o‘tkazilishi zarur. Kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi mashg‘ulotni maktab o‘quv-tajriba maydonida o‘tkazish mumkin. Mashg‘ulot maqsad — tabiat ustidan tashkiliy kuzatishlarni boshlash, atrof tabiat obyektlari to‘g‘risida oddiy tushunchalar berishdir. Birinchi mashg‘ulotni qiziqarli hikoya bilan boshlash lozim, undan bolalar tabiat nima ekanligi to‘g‘risida dastlabki tasavvurni olishlari odamning tabiatda yashashligi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar borligi, ko‘p ming yillar davomida odam tabia ne’matlari hisobiga yashab kelganligi va faqat yaqindagina tabiatda bo‘lmagan narsalar (paravoz, paraxod, kosmik yo‘ldosh, raketa va hokazolar)ni ishlab chiqara boshlaganliklarini bilib oladilar.
Inson tabiatni qanday o‘rgangan? U safarlar vaqtida hamda kundalik hayotda ko‘p kuzatgan, o‘ziga kerakli narsani yasashga foydali o‘simlikni o‘stirishga uringan, tajribalar o‘tkazgan O‘qituvchi o‘quvchilarga odam tabiatni qanday o‘rganganligi uning to‘g‘risidagi bilimlardan qanday foydalanganligiga misolla keltirishni taklif qiladi. Bolalarga tabiatda boradigan o‘zgarishlar xususan, ob-havoning o‘zgarishi to‘g‘risida hikoya qilishi, ular e’tiborini osmonning holatiga, quyoshning qanday yoritishiga bulutlarning bor-yo‘qligiga, shamol esishiga qaratmog‘i, shundai keyin ob-havo holatini umumlashtirmog‘i lozim. So‘ngra hayvonot dunyosiga o‘tiladi. Bolalarga chumoli inini ko‘rsatib, qanaqa jonivorni ko‘rayotganliklarini, ular nima bilan oziqlanishlarini foydali ekanliklarini aytib berishni taklif qilish mumkin.
Shu mashg‘ulotda bolalarga ularning sinfi uchun ajratilgar paykalni ko‘rsatish, unda bolalar qanday mehnat qilishlarini o‘simlik qoldiqlari, to‘kilgan barg va shoxchalarni yig‘ib, olib tashlash, erta bahorda xushbo‘y no‘xat, timoqgul urug‘larini ekish va urug‘dan yangi o‘simliklaming o‘sib chiqishini kuzatish kabi ishlarni bajarishlarini tushuntirish kerak. O‘qituvchi bolalarga maktab oldida o‘sayotgan o‘t-o‘lanlarmi kuzatish va ular bahorda qanday ko‘rinishda bo‘lganliklarini eslashni taklif qiladi. O‘t-o‘lanlaming nima uchun sarg‘ayganligini, qishda ular qay holda bo‘lishini so‘raydi. O‘qituvchi O‘zbekistonda yog‘in kamligini, gohida butun yoz bo‘yi yomg‘ir bo‘lmasligini, o‘t-o‘lanlarning doimo yashil bo‘lishi va o‘sishi uchun suv kerakligini aytadi.
Maktaboldi maydonchasi bo‘ylab sayrni davom ettirib, o’qituvchi 1- sinf o‘quvchilari e’tiborini chinorga qaratadi. Daraxtning shoxlari, barglari va boshqa qismlarini qarab chiqishni taklif qiladi va barglaming tomirlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Keyin bolalar tut, tol, terak daraxtlarini ko‘rib chiqadilar, bu daraxtlarning shox va barglari bir-biridan qanday farqlanishini aniqlaydilar. Shu mashg‘ulotning o‘zida bolalar butalar (na’matak, ligustrum) va o‘t (ariq bo‘yida o‘sadigan yalpiz, pechak. shuvoq) o‘simliklari bilan tanishadilar. Bu mashg‘ulot o‘qitishning birinchi haftasida o‘tkazilayotganligi hisobga olinganda, u qisqa bo‘lishi kerak. Uning vazifasi tabiat alifbosini o‘rgana boshlash, bolalarni tevarak-atrofni kuzatishga qiziqtirish, tabiat to‘g‘risida dastlabki tushunchalami shakllantirishdir.
Bola jism va hodisalami tushunish orqali bilim doirasini kengaytiradi. Qabul qilish, tushunish jarayonini tashkil qilishga qanchalik ko‘p urinish bo‘lsa, atrof olamni idrok qilish jarayoni shunchalik muvaffaqiyatli boradi. Shunga ko‘ra o‘qituvchining asosiy vazifasi — bolalarning tabiatga qiziqishini pedagogik oqimga yo‘naltirish, u yoki bu kuzatishlarning baholi qudratligi hamda zarurligini aniqlash, ularni tabiatshunoslik tasawuri va tushunchalariga aylantirishdir. Bu vazifani o‘qituvchi o‘qitish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan kuzatishlarsiz bajara olmaydi.
1- sinf o‘quvchilari maktabga kelgan paytlarida, odatda terak, chinor, tol, shumtol, tut kabi daraxtlaming nomlari bilan tanish bo‘ladilar, lekin daraxtlar to‘g‘risida ko‘pincha tasawurga ega bo‘lmaydilar, ular daraxtlaming bir navini boshqasidan farqlay olmaydilar. Bu bolalarning daraxtlarni taqqoslamaganliklari, har bir daraxtning tanish shoxlari, po‘stlog‘i rangi, barglarining shakli va katta-kichikligini qarab chiqmaganliklari, ya’ni ularda kuzatuvchanlik rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiyalar katta ahamiyatga ega. Bahor oylarida o‘quvchilar chinor, shumtol, qayrag‘och, tut, terak shoxlarida kurtaklarning yozilishini kuzatadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning kuzatishlariga rahbarlik qilib, ularning diqqatini barcha daraxtlarda kurtaklar katta-kichik bo‘lishi (terak va chinorda kurtaklar yirik, qayrag‘ochda — ancha mayda, akatsiyada — po‘stlog‘idan zo‘rg‘a ko‘rinib turadi) va shakl jihatidan (terakda ular cho‘ziq, qayrag‘ochda sharsimon, nastarinda tuxumsimon) bir-biridan farq qilishiga qaratadi. Kuzatishlar natijasida o‘quvchilar daraxtlaming barglari bo‘lmasa ham kurtaklariga qarab farq qilish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Kurtaklarning rivojlanishi, ularda barglarning paydo bo‘lishini kuzatish uchun fevral oyi oxirlarida novdalar kesib olinadi va ularning bir qismi iliq suvli idishga, bir qismi - sovuq suvli idishga joylashtiriladi. O‘quvchilar 1-2 hafta davomida ulami kuzatib, qaysi idishdagi novdalarda barglar ertaroq chiqishini aniqlaydilar. Sinf kalendariga novdalar sovuq va iliq suvga solingan vaqt belgilanadi va har ikkala novdaning rasmi chiziladi. Barglarning paydo bo‘lishini kuzatish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini kurtaklar iliq suvli idishdagi novdada tez yozilganligiga qaratib, barglarning rivojlanishi uchun issiqlik kerakligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Ikki haftadan keyin yangi novdalar rasmi chiziladi. Rasmlarda kuzatishlarning boshlanishi va oxirida novdalar o‘rtasidagi farqlar ko‘rinib turishi kerak.
O‘quv yilining ikkinchi yarmida o‘quvchilar bilan gulidovid, no‘xatgul, timoqgullarni o‘stirish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bu o‘simliklar xona sharoitida yaxshi o‘sadilar va rivojlanadilar, ikki oydan keyin gullaydilar va meva beradilar. 1 - sinf o‘quvchilari o‘qituvchi bilan birgalikda urug‘lar sepadilar va yashil maysaning paydo bo‘lishini hamda o‘sishini kuzatadilar, ularni daftar yoki albomga gerbariy tarzida yig‘ib boradilar.
Gerbariy quyidagicha tayyorlanadi: albom muqovasiga kuzatilayotgan o‘simlikning nomi yozilib, rasmi chiziladi, birinchi varag‘iga uning urug‘lari yopishtiriladi, ikkinchisiga maysalar, qolganlariga izchillik bilan dastlabki ikki bargli, ildizli o‘simlik bilan, to‘rt bargli kichkina g‘unchali o‘simlik, g‘unchasi ochilayotgan o‘simlik, gullari va boshqa qism, shuningdek, yetilgan mevalari bo‘lgan o‘simliklar birkitiladi. Har bir varaq ostida o‘simlikning rivojlanish davri, kuni ko‘rsatiladi.
1- sinf o‘quvchilari birinchi darsdan boshlab hayvonot dunyosi bilan ham tanishtirib boriladi. Kuzda hasharotlar, masalan, kapalaklar (qahrabo kapalagi, karam kapalagi, qichitqi o‘t kapalagi) kuzatiladi. Bolalar e’tibori kapalaklaming tashqi ko‘rinishiga, qaysi o‘simliklar ustida uchishiga qaratiladi. Kuzatishlar quyidagi topshiriqlar bo‘yicha oilb boriladi:
1. Matrap bilan kapalak tuting.
2. Uning tana a’zolari: bosh, ko‘krak, qorin qismlarini kuzating.
3. Qanotlarini sanang. Ular tananing qaysi qismiga birikkanligini
aniqlang.
4. Kapalakning oyoqlarini ko‘rib chiqing. Ular qanday
joylashganligiga e’tibor bering va sanang, oyoqlari necha juft?
Kech kuzda hasharotlar yo‘qoladi, bu paytda o‘qituvchi bolalarga ulami devorlaming oralaridan, to‘kilgan barglar uyumidan yoki daraxt po‘stloqlari ostidan izlashni taklif qiladi, ko‘plab hasharotlar o‘lmaydi, ular qishga tayyorlanib yashirinadi, degan xulosaga olib keladi. U po‘stloqlar ostida vaqtincha qotib qoluvchi katta yoshli hasharotlar yashirinishini tushuntiradi. Ularda qon soviydi, nafas olish to‘xtaydi, lekin bu o‘lim degani emas, balki qishning og‘ir sharoitlariga moslanishdir.
Sentabrning ochiq kunlarida o‘qituvchi bolalar e’tiborini o‘rgimchak uyasiga qaratadi, o‘rgimchak uya iplarini ushlab olishni (u oson ushlanadi va kiyimlarga yopishadi) va kichkina o‘rgimchakning qanday harakatlanayotganini kuzatishni taklif qiladi: uni qo‘lda tez yurib ketayotganini va ipida osilib qolishini
payqash mumkin.
Kuz davrida o‘quvchilar e’tiborini qushlar ham tortadi. O‘qituvchi maktaboldi maydonida va tabiat qo‘ynida qushlami kuzatish, ularning nomlarini aniqlashga urinish, qushlaming uchishlarini aytib berish, qushlar uchun nima — sovuqmi yoki ochlik qo‘rqinchli ekanligini tushuntirish to‘g‘risida topshiriq beradi. O‘qituvchi bolalarga qushlar uchib ketishga tayyorlanib, galaga to‘planishini ko‘rsatadi, nima uchun ko‘pincha O‘zbekistonda pushtirangli maynalarning katta galalari va uchib ketayotgan turnalarni ko‘rish mumkinligini tushuntiradi. Kuzatishlarda e’tibomi chittakni topishga, uning tez harakatiga qaratishni taklif qiladi. Kuzatishlar o‘tkazish uchun qushlami tanlashda o‘qituvchi bu kuzatishlarning oson-qiyinligini esda tutishi lozim, ya’ni kuzatiladigan qushlar odamlarning turar joylari atrofida yashashlari kerak. Oktabrgacha kuzatishlar jarayonida o‘quvchilar qushlaming qayerlarga uya qurishi va nimalar bilan oziqlanishini aniqlashlari kerak. Keyin aniq kuzatishlar o‘tkaziladi. Kuzgi-qishki davrda chumchuqlami kuzatish:
1. Chumchuqlar qaysi qushlardan qo‘rqadilar? Qaysi qushlai
bilan galada oziqlanadilar?
2. Chumchuqlaming yomg‘irda, ko‘lmak suvlarda cho‘milishi.
3. Chumchuqlar yilning qaysi vaqtida baland ovoz bilan
tolmasdan chiriqlaydilar va qachon tinch qoladilar?
4. Chumchuqlar qayerlarda yashaydilar?
5. Chumchuqlaming har kuni muayyan soatda va muayyan joyda boqing. Ular shu vaqtda ovqatlangani keladilarmi? Kuzating.
Kuzgi-qishki davrda zag‘chalarni kuzatish:
1. Bizning joylarda zag‘chalar qachon paydo bo‘ladilar?
2. Zag‘chalar qayerlarga va nimalardan uya quradilar? Uya qurishuchun materiallami qayerlardan oladilar?
3. Bir daraxtning o‘zida nechta zag‘cha uyasi borligini sanab chiqing.
4. Yosh zag‘chani qarisidan farq qilish mumkinmi?
Mustaqil kuzatishlar o‘tkazish oldidan o‘quvchilarni maqsadga yo‘nalgan kuzatish va taqqoslash yo‘li bilan qushlami bir-biridan farq qilishga o‘rgatish kerak. Keyin predmetli dars o‘tish, unga “O‘lkamiz qushlari’’ jadvallarini, shuningdek, zag‘cha va chumchuq tulumini tayyorlash kerak. O‘qituvchi qushlami diqqat bilan qarab chiqishni, ularning katta-kichikligiga e’tibor berishni, tumshuqlari, patlari, oyoqlarini taqqoslashni taklif qiladi. Shundan keyin o‘qituvchi har xil tipdagi qush uyalari (so‘pito‘rg‘ay, zag‘cha, hakka, qaldirg‘och, chittak)ni ko‘rsatadi, darsda o‘rganilayotgan qushlar uyasini alohida namoyish qiladi va bu uyalarning boshqa qushlar uyalariga o‘xshashligi va farqlarini ta’kidlaydi.
Chumchuq va zag‘chani diqqat bilan kuzatish va ulaming tashqi ko‘rinishlarini taqqoslashdan keyin o‘quvchilarga quyidagi savollarga javob berish taklif qilinadi.
1. Zag‘chani chumchuqdan qanday ajratish mumkin?
2. Zag‘chaning tumshug‘i qanaqa? Chumchuqniki-chi?
3. Zag‘cha patlarining rangi qanaqa? Chumchuqniki-chi?
4. Zag‘cha va chumchuqlaming tana o‘lchami (katta-kichikligi) qanday? Ular nima bilan farqlanadilar?
Puxta tayyorgarlikdan so‘ng o‘qituvchi qushlar ustida kuzatish o‘tkazish metodlarini tushuntiradi va o‘quvchilarning oldindan tuzilgan rejaga muvofiq kuzatishlar olib borayotganliklarini har kuni nazorat qilib boradi. Kuzatishlar jarayonida o‘quvchilar to‘plagan faktlardan atrof olam bilan tanishish, nutqni rivojlantirish bo‘yicha darslarda foydalaniladi. Darsda o‘qituvchi mavjud bilimlarni kengaytiradi va rivojlantiradi. U O‘zbekistonga zag‘chalarning kuzda uchib kelishlarini, ularni ko‘pincha maktaboldi maydonida ko‘rish mumkinligini, bu yerda ular hasharot va hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanishlarini, har xil o‘t-o‘lanlarning urug‘larini to‘plashlarini belgilaydi. Zag‘chalar respublikamizda
qishlaydilar. Bahorda biz tomonlarga jiblajibonlar uchib keladilar. Ularni suv havzalari, ariq va soylar (daryochalar) yaqinida ko‘rish mumkin.
O‘quvchilar o‘zlarining zag‘cha va chumchuqlar ustida olib borgan kuzatishlari (ular qanaqa uyalarni ko‘rganliklari, uyalar nimadan qurilganligi, qayerda joylashganligi, qushlaming qanday oziqlanishlari, qishda qayerda yashashlari) haqida hikoya qiladilar.
Bahorda 1- sinf o‘quvchilari tabiat va jonli tabiat burchagida qush va hasharotlami kuzatishni davom ettiradilar. Kunning ilishi, yosh barg va g‘unchalaming paydo bo‘lishi bilan qishlagan g‘umbakdan chiqqan hasharotlarning uchishlarini kuzata boshlaydilar. O‘qituvchi ba’zi hasharotlarning o‘simliklarga zarar, ba’zilarining foyda keltirishlarini tushuntiradi, zararli qo‘ng‘izlar hamda g‘umbaklami yo‘qotishda qushlaming o‘rni kattaligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar g‘umbak va qo‘ng‘izlar o‘simliklarga keltirgan zararlarini kuzatish, tasdiqlash uchun hasharotlar kemirgan o‘simliklar bargi va o‘simliklarni yig‘ish topshirig‘ini oladilar.
Bu davrda bolalarning kelib-ketuvchi qushlar to‘g‘risidagi tasawurlari kengayadi va aniqlashadi: bahorda issiq mamlakatlardan pushti maynalar, uzunqanotlar uchib keladilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida janubdan uchib keladigan turna, g‘oz, o‘rdaklarni kuzatadilar. Tashqi ko‘rinishi va xulq-atvoriga qarab kelib-ketadigan qushlaming farqiga borishga, qushlar shovqini orasida pushti mayna, chumchuq, musicha va boshqa qushlaming ovozlarini tanib olishga o‘rganadilar. O‘simlik va hayvonlar ustida kuzatishlarni doimiy ravishda tabiatshunoslikka oid maqolalar o‘qish bilan mustahkamlab borish
lozim. O‘quv yili oxirida 1- sinfda “Men daraxt rivojlanishini qanday kuzatdim’’ mavzusi bo‘yicha umumlashtiruvchi ish o‘tkazish zarur. Bunda butun yil davomida to‘plangan materialdan foydalanish kerak. Bilimlarni baholashda o‘quvchilarga awalgi kuzatishlardan tanish bo‘lgan ma’lumotlami hisobga olish zarur. Gerbariylarni baholashda materialni o‘simlikning rivojlanish davrlari bo‘yicha joylanishining izchilligi hisobga olinadi. Masalan, daraxt gerbariysining birinchi varag‘ida bo‘rtgan kurtaklari bo‘lgan shoxcha, ikkinchisida mayda barglari bo‘lgai shoxcha, qolganlarida izchillik bilan yirik bargli, gulli, mevali iloji bo‘lsa, sarg‘aygan bargli shoxlar bo‘ladi. Agar o‘quvchilar o‘simlikda awal gul, keyin barg rivojlanganligini kuzatgan bo‘lsalar, gerbariyda materialni shu o‘simlil rivojlanishining izchilligi tartibida joylashtirishlari kerak. Ish baholanganidan keyin to‘plangan materiallardan jonli tabiat burchagida foydalaniladi. Bunday ish bolalarni oddiy umumlashtirishga olib keladi, kuzatiladigan tabiat obyekti to‘g‘risida elementar tushunchalami shakllantiradi.