1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə7/22
tarix27.04.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#56506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja

Oddiy oqsillar

Oddiy oqsillar turli xil erituvchilarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi.



Alьbuminlar-hayvon va o’simlik to’qimalarining tarkibida bo’ladi. Qon tarkibidagi alьbumin 575 aminokislota qoldig’idan iborat bo’lib, mazkur oqsilda asparagin va glutamin amnokislotalarining miqdori ko’p. Uning molekulyar massasi 69 kDa. Bu globulyar oqsil qon plazmasining muhim tarkibi bo’lib, transport va ozuqa sifatida xizmat qiladi. To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni alьbuminlar tashkil qiladi. O’simlik tanasi alьbuminlarga juda boy, jumladan, soya o’simligida ikki xil alьbumin mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2s va 7s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.

Globulinlar -qon tarkibida -, - va  - fraktsiyalaridan iborat bo’lib, har qaysi fraktsiya geterogen holatida bir necha oqsillardan iborat. qon tarkibidagi globulinlar suvda deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa.

O’simlik globulinlari ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita konstantali fraktsiyadan iborat. 11s-globulinlar asosan glitsinin oqsilidan iborat, u soya o’simligidan ajratib olingan, molekulyar massasi 300-400 kDa. Tarkibida arginin, asparagin va glyutaminlar miqdori ko’p bo’ladi. Moyli o’simliklar donining moyi ajratib olingandan keyin qoladigan kunjarada ko’p miqdorda oqsil bo’lib, ular ham globulinlarga kiradi.



Gistonlar – yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.

Protaminlarmusbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi 10-12 kDa. Ular ham gistonlarga o’xshab genlarning faoliyatida ishtirok etadi. Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin