1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja
Fosfoproteinlar. Bunday murakkab oqsillar tarkibida serin va trioninlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari uchraydi. Fosfoproteinlarga ozuqa oqsillari sifatida xizmat qiladigan proteinlar kazein sutda, tuxumda ko’p bo’ladi. Fosfoproteinlar yosh o’sayotgan organizm uchun aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota manbai sifatida ham xizmat qiladi. Fosfoproteinlarning vakillari bo’lmish kazein, ovalьbumin va vitellinlar yaxshi o’rganilgan. Kazein sutda ko’p bo’lib, uning 3 xil shakli (, va -kazein) aniqlangan. Ularda fosforning miqdori turlicha bo’lib, sigir suti kazeini uchun 0,96, 0,52, 0,1% atrofida bo’ladi. Ulardagi aminokislota tarkibi ham bir biridan ma’lum darajada farq qiladi.