1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja


Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə13/22
tarix27.04.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#56506
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja

Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi

Nuklein kislotalar fermentlar, kislota, ishqor va boshqa kimyoviy birikmalar ta’sirida bir necha bo’laklarga parchalanadi. Mazkur struktura birikmalariga azot asoslaridan purin va pirimidin, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota kiradi.



Purin asoslari

Nuklein kislotalar (DNK, RNK) tarkibida asosan ikki xil purin asoslari adenin (A) va guanin (G) uchraydi. Bu birikmalar molekulasi pirimidin va imidazol halqasidan tashkil topgan purinning hosilalari hisoblanadi:








Purin asoslari har xil tautomer shakllarida uchraydi:




Ko’rsatilgan purin azot asoslaridan tashqari, hujayrada gipoksantin (6-oksopurin) va ksantinlar (2,6 dioksopurin) bo’lib, ular adenin, guaninlarning dezaminirlanishidan hosil bo’lib, nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etadilar.

Pirimidin asoslaridan nuklein kislotalar DNK va RNK tarkibida tsitozin, uratsil (RNK tarkibida) va timin (DNK tarkibida) kiradi.



Nuklein kislotalar tarkibida ko’rsatilgan azot asoslaridan tashqari yana minor komponentlari uchrab ular t-RNK tarkibida: digidrouratsil, psevdouridin, ksantin, gipoksantin, atsetiltsitozin va orot kislotalar uchraydi. DNK tarkibida qisman 5-metiltsitozin va 6-metiladeninlar bor. Metillanish asosan, DNKning replikatsiyasidan so’ng hosil bo’ladi. Metillangan asoslar DNK ni “o’zini” DNK aza fermentidan saqlaydi.

Notabiiy asoslardan 7-metilguanozin, 1-metil-2-amino-6-oksopurin, 6-dimetilaminopurinlar u-RNK va nukleozidlar tarkibida borligi aniqlangan.

Yuqorida keltirilgan purin va pirimidin asoslarida qo’sh bog’lar va –ON,-NH2 guruhlari bo’lib, ular asoslarni har xil tautimer holatiga: oksihosilalari laktam-laktim va aminohosilalari esa amin-imin ko’rinishga sababchi bo’lishlari mumkin. Jumladan, uratsil quyidagicha tautomerlanishi mumkin:



Tabiiy nuklein kislotalar tarkibida azotli asoslar laktam va amin shaklida bo’lib, bu holat ularga sintezlanishini to’g’ri yo’nalishiga sababchi bo’ladi. Lekin, nuklein kislotalarga tashqi omillar, jumladan, nurlanish va shu asosda tautomerlarni hosil bo’lishi mutagenezning asosini tashkil qiladi.

Azot asoslari ultrabinafsha nurini 260 nm spektrida to’liq yutadi. Xuddi shu asosda ularni miqdoriy jixatdan aniqlanadi.

Uglevod qismlardan RNK tarkibida riboza va DNK da esa dezoksiribozalar uchraydi. Nuklein kislotalar tarkibidagi pentozalar -D-furanoza shaklida bo’ladi:



Uglerod atomlari, nukleotid tarkibidagi pentozalarda tartib raqamiga “shtrix” belgisi azot asoslaridan farq qilish uchun qo’yiladi.

Dezoksiribozadagi S-2/ guruhidagi ON ni protonlanishi S-2/ va S-3/ bog’larini yanada mustahkamlab, DNK molekulasining fazoviy strukturasini kompakt, ihcham holatga keltirishda yordam beradi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin