Birinchidan, AKT sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash borasida: 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 200,5 million dollardan ortiq, jumladan, 141,4 million dollar to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Ikkinchidan, Raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida:
bugungi kunda 5641 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi ishga tushirilib, ularning umumiy soni 31740 taga yetkazildi; Oldin asosan, telefon so‘zlashuvlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar internet xizmatlarini
kengaytirish uchun 3G/4G texnologiyalari joriy etilmoqda.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi. Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2017 ta
mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.
1.1-rasm. Telekommunikatsiya infra tuzilmasini rivojlantirish2
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar” fanini o‘rganishning asosiy maqsadi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida foydalanish bo‘yicha fundamental bilim, ko‘nikma va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanni o‘rganishning asosiy vazifalari:
axborotlarni qayta ishlash uchun tеxnik ta’minot, zamonaviy opеratsion tizimlar funksiyalari bilan tanishish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni еchishni o‘rganadi;
tarmoq tеxnologiyalari bilan tanishish va intеrnеt xizmatlaridan oqilona foydalanadi;
iqtisodiyotni turli sohalarida raqamli iqtisodiyot tеxnologiyalaridan foydalanish asoslarini o‘rganadi va ularda ishlashni biladi;
elеktron xukumat to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar va nazariy
bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiqadi;
elеktron biznеs turlari bilan tanishi va savdo amallarini
bajarishni o‘rganadi;
katta hajmdagi kеlib tushayotgan axborotlarni samarali qayta
ishlash uchun intеllеktual tizimlari va biznеs-analitikadan
foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |