1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish


O‘zaro bog‘liqlarni aniqlash



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə17/44
tarix15.09.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#143839
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
1-ma\'ruza. BITga kirish

O‘zaro bog‘liqlarni aniqlash masalasi, boshqacha aytilganda assotsiativ qoidalarni izlash masalasida o‘ziga o‘xshash obyektlar to‘pdamida tez-tez uchraydigan obyektlar guruhlarini topishdan iborat.
Ketma-ketliklar tahlili yoki sikvensial tahlilning maqsadi - ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligida qonuniyatlarni aniqlash. Bunday ma’lumot masalan, aksariyat hollarda ishdan chiqish ro‘y berishidan oldin ro‘y beradigan hodisa haqida signal olish asosida.axborot tizimining ishdan chiqish holatini oldini olishi mumkin. Boshqa misol – foydalanuvchilarni web saytlar sahifalari bo‘yicha o‘tishlar ketma-ketligini tahlil qilish.
Chetlanishlar tahlili hodisalar to‘plami ichidan normadan sezilarli ravishda chetlashgan hodisalarni topish imkonini beradi. Chetlashish qandaydir noan’anaviy hodisa ro‘y berganligi yoki berilganlarni kiritishda xatolik bo‘lganligini anglatadi.


BIT bosqichlari klassifikatsiyasi
BIT ikki yoki uch bosqichlardan iborat bo‘ladi.
1-bosqich. Erkin izlash (discovery).
Erkin izlash bosqichida berilganlar to‘plami yashirin qonuniyatlarn topish uchun tadqiq qilinadi. Bu bosqichda qonuniyat turiga nisbatan dastlabki gipotzalar qilinmaydi.
Qonuniyat (law) – bu turli hodisalar va jarayonlarni yuzaga kelishi, rivojlanishi bosqichlari va shakllarini aniqlovchi muhim va muntazam takrorlanuvchi o‘zaro bog‘liqliklardir.
Erkin izlash quyidagi amallar bilan taqdim etiladi:

  • shartli mantiq qonuniyatlarini aniqlash (conditional logic);

  • assotsiativ mantiq qonuniyatlarini aniqlash (associations and affinities);

  • an’ana va o‘zgarishlarni aniqlash (trends and variations).

Erkin izlash natijasida tizim aniqlangan qonuniyatlarni “agar- u holda” ko‘rinishidagi qoidalarni shakllantiradi. Bunda maqsad o‘zgaruvchisini berish talab qilinadi.
Erkin izlash bosqichidagi amallar:

  • shartli mantiq qoidalar induksiyasi (klassifikatsiya va klasterizatsiyalash, yaqin va o‘xshash obyektlar guruhlari kompakt shaklda tavsiflash);

  • assotsiativ mantiq qoidalar induksiyasi (assotsiatsiya va ketma-ketlik masalasi va ular yordamida ma’lumotlarni ajratib olish);

  • an’ana va o‘zgarishlarni aniqlash (prognoz masalalaridagi boshlang‘ich bosqich).

Erkin izlash bosqichida qonuniyatlarni validatsiyasi amalga oshirilishi mumkin, ya’ni ularni ishonchligini qonuniyatlarni izlashda ishtirok etmagan berilganlarning qismida tekshirish. Bunday usullar sun’iy neyron to‘rlari va qarorlar daraxtlarida qo‘llaniladi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin