1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə21/44
tarix15.09.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#143839
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
1-ma\'ruza. BITga kirish

Algoritm

Aniqlik

Masshtabla nuvchanlik

Izohlanuv chanlik

Foydalanishga yaroqligi

Chiziqli regressiya

Neytral

Yuqori

Yuqori/neytral

Yuqori

Neyron to‘rlari

Yuqori

Past

Past

Past

Vizuallashtirish usullari

Yuqori

Juda past

Yuqori

Yuqori

Qarorlar daraxti

Past

Yuqori

Yuqori

Yuqori/neytral

k yaqin qo‘shni

Past

Juda past

Yuqori/neytral

Neytral

Algoritm

Qiyinligi

Turli tomonlilik

Tezlik

Ommaviylik

Chiziqli regressiya

Neytral

Neytral

Yuqori

Past

Neyron to‘rlari

Neytral

Past

Juda past

Past

Vizuallashtirish usullari

Juda yuqori

Past

Haddan tashqari past

Yuqori/neytral

Qarorlar daraxti

Yuqori

Yuqori

Yuqori/neytral

Yuqori/neytral

k yaqin qo‘shni

Neytral/past

Past

Yuqori

Past

Shuni xulosa qilish mumkinki, har bir BIT usuli o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Hech bir usul, xususiyatlarining qanday bahosidan qat’iy nazar BIT barcha masalalarini yechishni ta’minlab bera olmaydi.


7-mavzu. Yechimlar daraxti. Bilimni tavsiflash modellari.
Qarorlar daraxti (shuningdek, sinflash daraxti yoki regressiya daraxti deb ham ataladi) – mashinali o‘rganishda, berilganlar tahlilida va statistikada qo‘llaniladigan qarorlarni qabul qilishning qo‘llab-quvvatlash vositasidir.
Daraxt tuzilishi "tugunlar" va "yaproqlar" dan iborat. Qaror daraxtining qirralarida ("tugunlarida") maqsad funksiya bog‘liq bo‘lgan atributlar, "yaproqlarda" maqsad funksiyaning qiymatlari, boshqa tugunlarda turli holatlarni ajratadigan atributlar yozilgan. Yangi bir holatni sinflash uchun daraxtning yaprog‘igacha tushib kelib, mos qiymatni (natijalarni) berish kerak.

1-rasm. Koptokni qaysi o‘yinga ta’lluqli ekanligini aniqlash.

BITda qarorlar daraxtlari ikki asosiy turga bo‘linadi:


Sinflash daraxti, bashorat qilingan natija - bu berilganlar tegishli bo‘lgan sinf;
Regressiya daraxti, bashorat qilingan natijani haqiqiy son sifatida hisoblash mumkin (masalan, uyning narxi yoki bemorning kasalxonada bo‘lish muddati).
Umuman olganda qarorlar daraxti – tugunlar va yaproqlar deb nomlanuvchi ikki turdagi elementlardan tashkil topgan iyerarxik tuzilmali xulosa qoidalarining taqdim etish usulidir.
Eng sodda holatlarda tekshirish natijasida tugunga tushgan namunalar to‘plami ikkita to‘plam ostiga bo‘linadi, biriga qoida shartini qanoatlantiruvchi, ikkinchisiga – qanoatlantirmaydigan namunalar tushadi. Keyinchalik, har bir to‘plam ostiga yana qoidalar qo‘llaniladi va jarayon rekursiv ravishda, toki algoritmni to‘xtatish sharti bajarilmaguncha davom ettiriladi. Natijada oxirgi tugunda tekshirish va to‘plam ostilariga bo‘lish bajarilmaydi va u yaproq deb e’lon qilinadi. Sinflash daraxti uchun – bu tugunga mos keluvchi sinf, regressiya daraxti uchun – yaproqqa mos maqsad o‘zgaruvchisining modal intervali.
Shunday qilib, yaproqda qoida emas, balki ushbu yaproq bilan tugaydigan shoxning barcha qoidalarini qanoatlantiruvchi obyektlar to‘plam ostisi joylashadi. Daraxt tugunidan har bir yaproqqa yo‘l yagona bo‘lganligi va namunani faqat bitta yaproqqa tushishi mumkinligi yechimning yagonaligini ta’minlaydi.
Bunday daraxtlar berilganlarni intellektual tahlilida keng qo‘llaniladi. Maqsad, kirishdagi bir nechta o‘zgaruvchilar asosida maqsad o‘zgaruvchisining qiymatini aniqlab beruvchi modelni yaratishdir. Qarorlar daraxti berilganlarni intellektual tahlilida berilganlar majmuasini tavsiflash, sinflash va umumlashtirishning matematik va hisoblash usullari sifatida ishlatilishi mumkin.
Misol tariqasida avtomobil sug‘urtasidagi tavakkalchilik bo‘yicha maslahat beruvchi qarorlar daraxtini keltirishimiz mumkin.

2-rasm. Avtomobil sug‘urtasidagi tavakkalchilik baholash



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin