2. Ultrasentrifugalash.
3. Ekstraksiya.
4.Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ,
sedimentasiya,
elektroforez, xromatografiya).Biologik moddalarni ajratib olish va tahlil qilish usuli
ularning xususiyatlariga bog’liq xolda tanlab olinadi.
Ajratib olinadigan moddalarning tuzilmalarini va fizik-kimyoviy xossalarini
aniqlash, uni miqdoriy jihatdan o’rganish uchun turli xil fizik, fizik-kimyoviy,
kimyoviy
tahlil usullari, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron tuzilmasini
kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Bu usullarni qo’llash biologik
moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak.
Biologik materiallarni tekshirishda qo’yilgan maqsadga binoan lozim bo’lgan
usullardan foydalaniladi. Eks’eriment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun har
qanday biologik materialni osonlik bilan olish mumkin, klinikada esa bu imkoniyat
nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik
material sifatida hayvon
to’qimalari va dori preparatlari ishlatiladi. plazma, qon zardobi va boshqa biologik
suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat.
Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni
aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o’zgartiruvchi moddalar qo’shilmaydi,
bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo’lsa, u suyultiriladi.
Agarda biologik
suyuqlikdagi ferment undagi tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga
to’sqinlik qilayotgan bo’lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to’xtatiladi.
Odatda, bu maqsad uchun uch’lorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli,
sulfat
kislotalari yoki termik tao’sir qo’llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa
oqsillar ham cho’kmaga tushadi.
Dostları ilə paylaş: