1-Ma’ruza.
Bolalar jismoniy tarbiyasi texnologiyasi fanining predmeti va
asosiy tushunchalari
.
REJA:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasining predmeti.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasidagi asosiy tushunchalar.
3. Jismoniy tarbiya nazariyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni.
Tayanch so‘z va iboralar:
jismoniy tarbiya nazariyasi, sport nazariyasi,
pedagogik qonunlar, ta’lim qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ibn Sino,
Amir Temur, Paxlavon Maxmud, ilmiy bilim, nazariy bilim, sintez fan, metodik
bilim, umumiy madaniyat, jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat – faoliyat
sifatida, jismoniy madaniyat – predmet boyligi sifatida, jismoniy madaniyat -
faoliyat natijasi sifatida, jismoniy kamolot, jismoniy madaniyat harakati, jismoniy
tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanish, sport.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi fani
bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy k,onuniyatlaridan bilim beruvchi
fan bo‘lib, bola shaxsining shakllanishi va jismoniy tarbiyalashning umumiy
qonuniyatlarini o‘rgana borib, umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining
g‘oyaviy
va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhum tarmokdaridan biri
hisobla- nadi. Bu fan bolalar jismoniy barkamolligini, xar tomonlama taraqqiy
etgan yuksak madaniyat va axlokri tarbiyalash bo‘yicha ta’lim-tarbiya
jarayonlarini ilmiy asosda ko‘rishni belgilaydi. Shuningdek, amaliy fan
tarbiyachisini (o‘qituvchisini) bolalar jismoniy barkamolligining vositalari,
shakllari va usullari to‘g‘risidagi maxsus bilimlar bilan qurollantiradi, maxsus va
tegishli harakat ko‘nikmasi hamda malakalarni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi har doim jismoniy tarbiya amaliyotiga suyangan
holda rivojlanadi va takomillashadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini bonщarishning umumiy
qonunlari haqidagi fandir. Nazariyani egallash jismoniy tarbiyaning barcha
buishlariga tegishli anik, masalalarni qarab chiqishga to‘g‘ri yondashish imkonini
beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari,
xususiyatlari, tamoyillarini o‘rganadi, jismoniy tarbiyaning milliy g‘oya ruhidagi
tarbiyaning boshqa tomonlari aqliy, axlokiy, estetik va media tarbiyasi bilan
aloqasini ochib beradi. Bunda jismoniy tarbiya vositalarini o‘rganish, jismoniy
mashqlarga o‘rgatishi tamoyillari, usul va metodlarini ochish, harakat ko‘nikma-
larini shakllantirish hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sport mashg‘ulotining
umumiy asoslarini ishlab chiqish, jismoniy mashqlar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar turli shakllarining metodikasi (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari,
ertalabki gimnastika, harakatli o‘yin va boshqalar), shuningdek, jismoniy tarbiya
ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor beriladi. Bundan tashqari,
maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi, katta yoshli bolalar, kattalar va keksa
kishilar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi barkamol insonni tarbiyalash amaliyoti bilan doimo
birgalikda rivojlanadi. U ilmiy tadqiqotlar, mamlakatimiz va mustaqil davlatlar
hamdo‘stligi mamlakatlarida erishilgan ilg‘or amaliyotdan, o‘tmishdagi tajriba va
zamonaviy jahon fanidagi barcha yangiliklardan foydalanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliyotni yagona nazariy asoslar bilan
qurollantiradi va bu bilan uning yanada takomillashishiga yordamlashadi
Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini boshqarishning
umumiy qonunlari hakidagi fandir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi – aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
«Ta’lim tug‘risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Sog‘lom
avlod Dasturi» jismoniy tarbiya bo‘yicha bir qancha vazifalarni amalga oshirishni
nazarda tutadi:
1
1. Bog‘cha va maktab yillaridan boshlab farzandlarini oilaviy hayotga ruhan
va jismonan tibbiy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu maqsadda maxsus
qo‘llanmalar asosida dars o‘tish.
2. Sog‘lom avlod faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. Shu munosabat bilan
sog‘lom avlodning salomatligini o‘rganish, jismoniy kamoloti haqida
tushunchalarni targ‘ib qilish.
3. Onaning homiladorlik davri, hamda farzand tug‘ilgandan keyingi
salomatligini nazorat qilish va uning sog‘ligini mustahkamlash.
4. Bolaning 1 yoshgacha bo‘lgan davrida, ularning sog‘lom rivojlanishi uchun
ma’sul bo‘lgan muassasalarning harakatlarini va vazifalarini aniqlash va ularning
faoliyatini qat’iy nazoratga olish.
5. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sog‘ligini mustahkamlash va
ularga tarbiya berishni tug‘ri yo‘lga qo‘yish.
6. Davlat tomonidan jismonan nogiron bolalar himoyasining kuchaytirilishi,
ularning jamiyatning to‘laqonli a’zolari qilib yetishtirish uchun shart-sharoit
yaratish.
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliyot bilan uzviy bog‘likdir. Jismoniy tarbiya
nazariyasi – jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o‘rgatish
tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga
va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki
badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va
hisobga olishga katta e’tibor beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy
tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasidagi asosiy tushunchalar;
1. Jismoniy rivojlanish.
2. Jismoniy tayyorligi.
3. Jismoniy kamolot.
4. Jismoniy tarbiya.
5. Jismoniy tayyorgarlik.
1
Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида” ги қонуни. // Туркистон. - 1997. - 1 октябр.
6. Jismoniy ta’lim.
7. Jismoniy mashqlar.
8. Harakat faoliyati.
9. Sport.
10. Jismoniy madaniyat.
11. Jismoniy harakatlar.
2
Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish
jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u
antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og‘irligi,
ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddi-qomatining holati) va
boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo‘llanganda unga
jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z
bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy
sifatlarning me’yoriy ko‘rsatkichidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari
bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo‘yiladigan talablar
ishlab chiqilgan. Ular «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturida
ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi
va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy
tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir.
«Jismoniy kamolot» o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish,
shuningdek kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi
amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligidir
(aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U
aniq kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari,
vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va
malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining
murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal
etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir
necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy
mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning
ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi
moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir.
2
Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для
студ. высш. учеб. заведений. М.: Издательский центр «Академия», 2000. 480 с.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar,
tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal, kiradi,
shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari
(adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi
darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib
qo‘ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy
madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini
ko‘zda tutadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni. Jismoniy tarbiya
nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan bog‘liqdir.
Jismoniy tarbiya va sport hamisha jamiyat hayotining ajralmas bir qismi
bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimi, Abu Ali ibn Sino 1002-1011
yillarda «Tozalik haqida risola» nomli asar yozgan. Bu risolada jismoniy
xarakatga rioya etish, kishilarni salomat bo‘lishi va jismonan baquvvat
bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya, fiziologiya,
gigiena, bioximiya, biomexanika…) dan tarkib topadi. I.M.Sechenov va
I.V.Pavlov ta’limotlari, shuningdek harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri qurish
qonuniyatlarini tushunish imkonini beradigan oliy nerv faoliyati haqidagi
zamonaviy tadqiqotlar muhim o‘rin egallaydi.
Jismoniy tarbiya metodikasi pedagogik fanlar tizimiga kiradi va u psixologii
va pedagogika bilan chambarchas bog‘liqdir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ixtisoslashgan fan predmetlarining butun bir
kompleksi bilan aloqadordir. Ularning bir butun turi gumanitar xarakterda
(jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi, umumiy pedagogika maktabgacha
tarbiya pedagogikasi, jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi, bolalar
psixologiyasi) bo‘lib, jismoniy tarbiyani tashkil etish va rivojlantirishning ijtimoiy
qonuniyatlarini, shunindek jismoniy mashqlarning kishi (bola) psixikasiga ta’sirini,
pedagogik ta’sir etishning vositalari, shakl va metodlarini qo‘llash qonunlarini
o‘rganadi.
Ularning ikkinchi bir turi biologik va aralash tabiiy fan predmetlari (jismoniy
mashqlarini fiziologiyasi va dinamik anatomiya, bioximiya, meditsina, pediatriya,
gigiena, vrach nazorati, davolash fizkulturasi bo‘lib, bolani biologik rivojlantirish
jarayonini o‘rganadi.
Jismoniy tarbiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilg‘or
pedagogik tajribalar. Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschilari P.F.Lesgaft,
jismoniy mashqlarni tanlashda bolalarning yoshiga xos anatoma-fiziologik va
psixologik xususiyatlari, harakatlarni asta-sekin murakkablashtirib va xilma-
xillashtirib borish kabi omillarni asos qilib oldi. U jismoniy kamolotni faqat aqliy,
axloqiy, estetik kamolot va mehnat faoliyati bilan o‘zaro aloqadorlikdagina mavjud
deb bildi.
Ye.A.Arkin, L.I.Chuliskaya, D.V.Xuxlaeva, A.V.Keneman … ilmiy tadqiqot
ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslarini
yaratdilar.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlanishiga R.I.Ismailov, O.A.Rixsieva,
X.T.Rafievalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishiga o‘z hissalarini
qo‘shganlar.
Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lgandan keyin jismoniy
tarbiya masalalariga qadriyatlarni tiklashga va uni rivojlanishiga katta e’tibor
berildi. Shu bilan birga Prezidentimiz I.A.Karimov farmonlari bo‘yicha
jumhuriyat aholisini sog‘lomlashtirish, xalq sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun
jismoniy tarbiyaga va sportga katta e’tibor berilmoqda.
1992 yil 14 yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport haqida qonun» qabul qilindi.
Shu orada Milliy Olimpiada Qo‘mitasi tuzilib, uni Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi
tan oldi. Respublika sport Federatsiyalarini Osiyo va jahon federatsiyalari tan olib,
o‘z tarkibiga a’zo qilib oldilar. Endi O‘zbekiston sportchilari jahon miqiyosida
bo‘layotgan musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim tugrisidagi Qonunida (1997,29 avgust)
bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.
3
Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom, baquvvat, xushchaqchaq
bo‘lib, mehnatga, hayotga va Vatanni himoya qilishga tayyor bo‘lib o‘stirishdan
juda manfaatdordir.
Ushbu hujjatda jismoniy tarbiya uchun sharoit yaratish vazifasi ham
qo‘yilgan: sport zallari, maydonchalarni qurish, ularni uskunalar, anjomlar bilan
jihozlash va boshqalar.
Respublikamizda «Umid nihollari», «Universiada» kabi sport musobaqalari
yoshlar o‘rtasida muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda jismoniy tayyorgarlik «Salomatlik», «Alpomish»,
«Barchinoy» me’yoriy to‘plamlari asosida aniklanadi. Bu birlashgan davlatlar
sport tavsifining talablari hamda me’yorlari bilan aniqlanuvchi harakat ko‘nikma,
malaka, jismoniy sifatlar saviyasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarni asosiy turlari
hamda ularni bajarishga oid talablar asosida me’yoriy ko‘rsatkichlar «Uchinchi
mingyillikning bolasi tayanch dasturi» da ko‘rsatilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliyot bilan chambarchas bog‘liq
holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo‘lib mamlakatimizda va qardosh
davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or tajribalar hisoblanadi.
2000 yil «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilindi. Bundan oldin «Sog‘lom
avlod uchun» ordeni ta’sis etildi va «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasi
tuzildi.
«Sog‘lom avlod» dasturi ishlab chiqildi. Sog‘lom avlod deganda, eng avvolo,
sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog‘lom,
3
Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида” ги қонуни. // Туркистон. - 1997. - 1 октябр.
iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar
avlod tushuniladi.
4
«Sog‘lom avlod» dasturi» da quyidagi vazifalar belgilangan:
-sog‘lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish;
- davlat, jamiyat va oila tomonidan sog‘lom farzand tug‘ilishiga e’tibor va
g‘amxo‘rlikni kuchaytirish;
- bolalarning salomatligini mustahkamlash, ta’lim olishi va har tomonlama
kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
- «Mehribonlik» uylarida, maktab-internatlarda va ixtisoslashtirilgan
maktablarda tarbiyalanayotgan bolalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirish.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari. Jismoniy tarbiya tizimining
asosiy xususiyatlari bu:
-
g‘oyaviylik;
-
xalqchilik;
-
ilmiylikdir;
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi va uning yo‘nalganligidir.
(vatanparvarlik, o‘z vatanini sevish, uni boyitish…)
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida ichki dunyoqarash
shakllanib boradi hamda jamiyat a’zolarining ahloqiy sifatlari tarbiyalanib boradi.
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyasi, uning vazifalari, tamoyillari, metodlari
o‘z ifodasini topgan.
Jismoniy tarbiya tizimining mosligi, yo‘nalishi mamlakatimizda butun
fuqorolar uchun yagona bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilganligidir.
Halqning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik borasidagi
muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish mas’uldorligining o‘sishiga, demak xalq
farovonligiga ta’sir etadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismoniy tarbiyalash
davlat uchun muhim ishdir.
Fuqorolar orasida jismoniy tarbiyani targ‘ib etish maqsadida uyingohlar, suv
havzalari qurilmoqda, gimnastika xonalari, maydonchalar jihozlanmoqda, sport
anjomlari, kiyimlari, poyabzallar tayyorlanmoqda. Sportning milliy turlari
tiklanmoqda va rivojlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |