a) maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bola lar
muassasalari) zvenosi;
b) maktab yeshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy urta ta’lim I-IX sinflar)
zvenosi;
v) urta maxsus, kasb-xunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-xunar
kolledjlari) zvenosi;
g) oliy ta’lim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
ye) oliy ta’lim va armiyadan so‘ngi xavasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya
zvenosi;
Jismoniy tarbiya tizimi o‘zida kuydagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari
va prinsiplarining maqsadga
muvofikligi;
b) jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar - gimnas tika, o‘yinlar,
sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llaniladigan metodlar
(ta’lim jarayoni metodlari, sport trenirovkasi va mustakil mashg‘ulotlarida
foydalaniladigan metodlar), vositalar
g) Jismoniy tarbiya maqsadi kishilarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va davlat
talablari (normalar va dasturlar).
5
Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillari - Jismoniy tarbiya nazariyasi
va amaliyotida prinsiplarning xilma-xil guruxlari mavjud. Jismoniy tarbiya
tizimining umumiy va metodik prinsiplari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari
xususiyat larini ifodalovchi (masalan,
sport trenirovkasi, kosmonavtlar, ut
uchiruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, prinsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz
jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy prinsiplari bilan tanishib chikaylik. Ular
quyidagilardan iborat: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan
bog‘liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish prinsipi.
Jismoniy tarbiya jaraenida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini
utasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchini
nazariy va
metodik jixatdan ma’lum ramka (kolip)ga, yo‘nalishga soladi. Pedagogik jarayon
va amaliy faoliyatda prinsip maj buriyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi
mumkin.
Ayrim holatlarda: prinsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir
qismi, yoki faoliyatga yo‘riqchi (ko‘rsatma beruvchi), yoki turli xil aloxida
vazifani bajarish uchun umumiy asos deb karaymiz.
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy negizini, insonni
har tomonlama
rivojlantirish,
shaxsni
har
tomonlama
garmonik
tarbiyalash,
jamiyatni
rivojlantirishda faol insonlarni yetishtirishdagi ilmiy mafkura va ma’naviyat tashkil
etadi.
5
Саломов Р.С. Жисмоний тарбия назарияси ва услубиёти – Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2013.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning fikricha:
«Jamiyat tarakkiyotining asosi uni mukarrar haloqatdan
qutqarib qoladigan
yagona kuch - ma’rifatdir». «Akl – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni
tarbiyalay olsakkina, oldimizga kuygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda
farovonlik va tarakkiyot karor topadi». «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q («Mulokot»
jurnali 1998 yil 5 - son)».
Respublika fukarolarini jismoniy va ma’naviy kobiliyatlarinihar tomonlama
rivojlantirish, akliy,
jismoniy, axlokiy, estetik va mehnat tarbiyasining uzviy
birligi, jismoniy tarbiyani mehnat va Vatan mudofaasi manfaatlariga yo‘naltirish
bo‘yicha olib borilmokda.
6
Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi, birinchidan uning maqsadlari halkning
hayotiy manfaatlariga mehnatga va Vatana mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga
mos kelishidan, ikkinchidan, bolalarning yoshligidan
boshlab gimnastika
mashg‘ulotlariga, o‘yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan
ommaviy jalb etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga
singib borishidan; uchinchidan, jismoniy mashqlarning ko‘pchilik orasida keng
tarqalgan halk milliy sport turlari va o‘yinlari vositalari bilan bir qatorda jismoniy
tarbiya vositalaridan keng foydalanishdan iborat.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya manfaatlari yuqoridagi extiyojlar bilan
tugallanmaydi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya maqsadlarini aniqlashda ularni
asosiy hal kiluvchi extiyojlar deb xisoblash kerak. Shu sababli, jismoniy tarbiyani
turmushda, xususan umumiy ta’lim kishilarning sihat – salomatligini va mehnat
kobiliyatini saklash hamda
mustaxkamlashning, ma’naviy birdamligi va irodasini
chiniktirishning, bo‘sh vaqtini sog‘lom va ko‘ngil ochish vositasi deb yo‘l
ko‘rsatiladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat
madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarni jamiyat kurilishida faol ishtirok
etishini uning talablarini qondiruvchi jismoniy kobiliyatlarini har tomonlama
rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo‘lib xisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning shu
maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni amalga oshiradigan barcha
muassasalar va tashkilotlar uchun bab barovar tegishlidir.
Bu maqsadni amalga oshirishda, shaxsni har tomonlama kamol toptirish
prinsipining amaliy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: