1-Ma’ruza. Bolalar jismoniy tarbiyasi texnologiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix05.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#173277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
MA\'RUZA 1-mavzu. (2)

Pedagogik tadqiqot metodlari.
Bu guruhdagi metodlar o‘z ichiga 
pedagogik kuzatishlarni oladi. Kundalik tadqiqotlardan farqli o‘laroq u maxsus 
tashkil etiladi, aniq qo‘yilgan vazifaga, o‘zining aniq belgilangan kuzatish 
iredmetiga, shuningdek, kuzatiladigan faktlarni hisobga olish tizimga ega bo‘ladi, 
Bunda tadqiqotchi pedagogik jarayonning borishiga aralashmaydi. U kuzatishni 
o‘tkazish rejasini avvaldan ishlab chiqadi. Bunda faktlarni to‘plash izchilligi, ularni 
hisobga olish va ishlab chiqish tizim (yozib olishdagi shartln belgilar va boshqalar) 
ko‘rsatiladi. Bundan tashqari kuzatuv natijasida tasdiqlanadigan (gipoteza aniqlab 
olinadi, kuzatish tanlangan, konkret masalan, tushuntirishlar, ko‘rsatmalar, 
jismoniy mashqlarning bajarilish sifati va boshqalar) bo‘lishi lozim. 
Pedagogik kuzatishning afzalligi shundan iboratki, u ob’ektlarni tabiiy 
sharoitlarda o‘rganish imkonini beradi. Bunda faktlar ob’ektiv bo‘lishi va 
tadqiqotchining shaxsiy sifatlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Kuzatishlar 
jarayonida kuzatiladigan narsani aniq qayd etish metodidan foydalanish zarur. 
Masalan, harakat texnikasini qayd etish uchun fotosurat, kinolavha, disk 
materiallari va boshqalardan foydalaniladi. Harakatning ayrim parametrlarini qayd 
etish uchun esa turli apparatlar (kuchni o‘lchovchi dinamometr va boshqalar) 
qo‘llaniladi.
Xronometrik metod bilan esa jismoniy mashqlarni, u yoki bu 
harakatlarni bajarishga sarflanadigan vaqt, shuningdek, butun mashg‘ulot yoki 
uning ayrim qismlari davomiyligi aniqlanadi. Xronometraj xronometrlar, qo‘l 
sekundomerlari va boshqa asboblar yordamida o‘tkaziladi. Tarbiyachining nutqi 
stenografiya qilish, magnit yozuvi yo‘li bilan qayd etib boriladi. Kuzatishlar 
natijalari jurnal, kundalik, protokollarga yozib qo‘yiladi. 
Kuzatuv jarayonida qayd qilinayotgan ma’lumotlarga dastlab baho 
berib borish zarur. Ularni ishlab chiqayotganda tasodifiy faktlar bartaraf qilinishi, 


qonuniyatlari topilishi, umumlashtirib, xulosalar chiqarilishi lozim. Faktlar 
o‘rganilayotgan va umumlashtirilayotganda ular yetarli yoki birbiriga zid bo‘lishi 
va uzilkesil xulosalar chiqarish uchun asos bermasligi mumkin. Bunday holda 
kuzatishlar davom ettirilishi kerak. Takroriy kuzatish chog‘ida olingan 
ma’lumotlar asosida avval chiqarilgan xulosalar shubha ostiga olinishi va eng 
oldingipotezaga, kuzatishni tashkil etishga tuzatishlar kiritilishi mumkin. 
Kuzatish o‘z sog‘lig‘i, ahvolini kuzatish harakteridagi o‘zo‘zini nazorat 
qilish formasida bo‘lishi mumkin. O‘zo‘zini kuzatish jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish jarayonida ham, ulardan so‘ng mashqlarning organizmga ta’sirini 
o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Bunda faqat sub’ektiv sezgilargagina emas, balki 
ob’ektiv ma’lumotlar: puls ko‘rsatkichi, qon bosimi va boshqalarga ham qarab ish 
tutish lozim. O‘zo‘zini kuzatish ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib qo‘yilishi 
va tahlil qilinishi kerak. 
E
ksperimental metodlar.
Tipik sharoitlarning o‘zgarishi darajasiga 
ko‘ra tabiiy va laboratoriya eksperimenti farq qilinadi. 
Tabiiy eksperimentda mashg‘ulotlar odatdagi shartsharoitdan chetga chiqmasdan 
o‘tkaziladi, agarda chetga chiqilsa, juda kam bo‘ladi. 
Laboratoriya eksperimenti maxsus sharoit yaratishda va boshqa ta’sirlarni bartaraf 
qilish, tasodifiy hollarga chek qo‘yish va zarur materialni yig‘ishni 
to‘xtatmaslikdan iborat.
Eksperimentlar muayyan faktlar yoki bog‘likliklarni aniqlash — 
absolyut (mutlaq) eksperimentga erishish maqsadida ham o‘tkazilishi mumkin. 
Ayrim 
eksperimentlarning 
maqsadi 
ko‘rsatkichlarni 
(jismoniy 
tarbiya 
vositalarining samaradorligi, ta’lim usullari va boshqalar) qiyoslashga qaratilgan. 
Bunday eksperimentlar qiyosiy deb ataladi. 
Eksperiment o‘tkazishdan oldin. vazifalarni aniqlab olish, tadqiqot 
rejasini, ishchi ginotezani tuzish, eksperiment mashg‘ulotlari metodikasini
faktlarni qayd etish va qayta ko‘rib chiqish metodikasini ishlab chiqish zarur. 
Qiyosiy eksperimentlarda ikki yoki bir necha turdagi guruhlar (jinsi, 
yoshi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha) ishtirok etadi. Ulardagi mashg‘ulotlar 
o‘zining birorbir omili bilan (masalan, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda 
yordamchi 
mashqlarning 
kiritilishi) 
farqlanadi. 
Eksperiment 
so‘ngida 
harakatlarning o‘zlashtirish bo‘yicha qaysi guruhda yuqoriroq natijaga erishilgani 
aniqlanadi. 
Eksperiment mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan guruhni eksperimental 
guruh deb ataladi. Odatdagi metodika (umumiy qabul qilingan, an’anaviy) 
bo‘yicha shug‘ullanadigan guruh kontrol guruh deb ataladi. 
Eksperiment natijalari juda ishonchli bo‘lishi uchun almashma 
eksperiment degan sxema qo‘llaniladi. Masalan, birinchi eksperimentda bir guruh 


birinchi metodika, ikkinchisi ikkinchi metodika bo‘yicha shug‘ullanadi. Ikkinchi 
eksperimentda birinchi guruh ikkinchi metodika, ikkinchi guruh birinchi metodika 
bo‘yicha shug‘ullanadi. 
Uch va undan ortiq variantlar qiyoslanadigan tadqiqotlarda 
eksperimentlar uch va undan ortiq bosqichda o‘tkaziladi va shu tarzda 
variantlardan birining afzalligi aniqlanadi. 
Eksperiment tadqiqotlari bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Dastlab 
materialni (kuzatishlar va hokazo) yig‘ish metodikasini qo‘llash eksperiment 
mashg‘ulotlari metodikasini aniqlash bo‘yicha izlanish eksperimenti tashkil etiladi. 
Shundan so‘ng tasdiqlovchi eksperiment o‘tkaziladi. Masalan, harakat 
ko‘nikmalari, jismoniy sifatlar, shuningdek, tajriba va kontrol guruhdagi 
bolalarning jismoniy tarbiya haqidagi bilimlari rivojlanishining darajasi 
tekshiriladi. Shundan so‘ng o‘rgatuvchi tarkib toptiruvchi eksperiment o‘tkaziladi 
va mashg‘ulotlar o‘tkazishning ishlab chiqilgan metodikasi tekshiriladi. Tajriba 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish davomida kuzatishlar olib boriladi, foto, video va 
boshqalar yordamida harakat texnikasi qayd etiladi. Kuzatish ma’lumotlari 
bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi. 
Eksperiment tugagandan so‘ng bolalar tasdiqlovchi eksperimentda 
ko‘zda tutilgan parametrlar bo‘yicha qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kuzatish 
ma’lumotlari miqdor va sifat jihatdan tahlil qilinadi, statik (matematik) jihatdan 
ishlab chiqiladi. 
Eksperiment o‘tkazilgandan so‘ng xulosa va tavsiyalarni amalda 
tekshirish tashkil etiladi. So‘nggi bosqichda olingan natijalar bolalar muassasalari 
ishiga tatbiq qilinishi lozim. 
Matematik metodlar. Eksperiment materiallari to‘plangach, ta’sir 
etuvchi faktorlar ta’sirida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishidagi 
individual natijalar chiqarilgan xulosalarning to‘g‘riligini aniqlash (statik jihatdan 
aniq umumiy ma’lumotlar olish) maqsadida matematik jihatdan qayta ishlanishi 
kerak. Eksperiment natijalariga ko‘ra ko‘pincha ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
funksional bog‘lanish o‘rnatishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday holda korreksiya, 
regressiya metodlari va dispersion analiz qo‘llaniladi. Matematik qayta ishlash 
ma’lumotlari jadvallar, diagrammalar va grafik holida keltirilishi mumkin. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin